Bir ta'rifli uch fazali hisoblagichlar. Enhatni tashkil etishni rasmiylashtirish. Avtomatlashtirilgan tizimlarni tayyorlash davrlari. Reja


Avtomatlashtirilgan tizimi(AT)ni yaratish jaryoni i



Yüklə 17,51 Kb.
səhifə2/3
tarix17.03.2023
ölçüsü17,51 Kb.
#88441
1   2   3
Raqamli energetika 1

Avtomatlashtirilgan tizimi(AT)ni yaratish jaryoni ishlarning davrlari va bosqichlarida vaqt bo„yicha tartiblashtirilgan, o„zaro bog„langan, birlashtirilgan ishlar majmuidan iborat bo„lib, ularni bajarilishi berilgan talablarga muvofiq AT ni yaratish uchun zarur va etarli hisoblanadi. Bu standartda o„rnatilgan davrlar va bosqichlarda ishlarning bajarilishi tarkibi va qoidalari AT konkret turlarini yaratishda qatnashadigan tashkilotlarning mos hujjatlarida aniqlanadi.

Avtomatlashtirilgan tizimlarni tayyorlash davrlari.
AT ni yaratish davrlari va bosqichlari umumiy holda 5.1-jadvalda keltirilgan. Davrlar bosqichlari GOST 34.601-90 asosida shartnomalarda va texnik topshiriqda o'rnatiladi. “Eskiz loyiha” davrini va barcha davrlardagi alohida ish bosqichlarini olib tashlashga, “Texnik loyiha” va “Ishchi hujjatlar” davrlarini bitta “Texnik ishchi loyiha” davrga birlashtirishga ruxsat etiladi. YAratiladigan AT o'ziga xos xususiyatlari va ularni yaratish sharoitlariga bog„liq ravishda alohida ish bosqichlarini oldingi davrlar tugaguncha bajarishga, parallel bir vaqtda ishlar bosqichlarini bajarishga, yangi ishlar bosqichlarini kiritishga ruxsat etiladi.
AT ni yaratishda qatnashadigan tashkilotlar ro‘yxati.
AT yaratiladigan va AT ni moliyalashtirish, ishlarni qabul qilish va ishlatishni, shuningdek, AT ni yaratish bo„yicha alohida ishlarni bajarilishini ta‟minlaydigan buyurtmachi-tashkilot (foydalanuvchi);
- AT ni yaratish bo„yicha ishlarni amalga oshiradigan, buyurtmachiga turli yaratish davrlari va bosqichlarida ilmiy-texnik xizmatlarni taqdim etadigan, shuningdek, AT turli dasturiy va texnik vositalarini ishlab chiqadigan va Yetkazib beradigan ishlab chiquvchi-tashkilot;
- ishlab chiquvchi yoki buyurtmachi buyurtmasi bo„yicha dasturiy va texnik vositalarini tayyorlaydigan va Yetkazib beradigan Yetkazib beruvchi-tashkilot;
- AT ni yaratishga bog„liq qurilish, elektrotexnik, sanitar-texnik va boshqa tayyorlash ishlarini olib borish uchun avtomatlashtirish ob‟ekti loyihasining turli qismlarini loyihalashtiruvchi-tashkilotlar;
- qurilish, montaj, yig„ish va boshqa tashkilotlar.



  1. Yüklə 17,51 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin