Mavzu: Kampyuter va uning turlari Reja



Yüklə 0,78 Mb.
səhifə4/5
tarix28.04.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#104446
1   2   3   4   5
Kampyuter va uning turlari





Hulosa
Kompyuter(inglizcha: computer — „hisoblayman“) — oldindan berilgan dastur boʻyicha ishlaydigan avtomatik qurilma. Elektron hisoblash mashinasi (EHM) bilan bir xildagi atama. Biroq, kompyuter hisoblash ishlarini bajarishdan tashqari uning funksiyasi ancha keng. EHMlarning rivojlanishida kompyuter ning bir necha avlodlarini koʻrsatish mumkin. Bu avlodlar element turlari, konstruktiv-texnologik xususiyatlari, mantiqiy tuzilishi, dastur taʼminoti, texnik tafsilotlari, texnikadan foydalanishning qulaylik darajasi bilan bir-biridan farq qiladi. Kompyuterning dastlabki avlodida (Ural-1, Minsk-2, BSEM-2) asosiy element elektron lampa boʻlgani uchun u juda katta joyni egallagan edi. Soʻngra bu lampa oʻrnida tranzistorlar ishlatilgan kompyuter (Razdan-2, M-220, Minsk-22 va boshqalar), integral mikrosxemalar ishlatilgan kompyuter (IBM-360, 1BM-370, (AQSh), YESEVM (Rossiya) va boshqalar, integratsiya darajasi katta boʻlgan integral sxemalar oʻrnatilgan shaxsiy kompyuterlar paydo boʻldi. Shaxsiy kompyuter (mikro va -mikro EHM) tushunchasi 20-asr 70-yillar oxiridan boshlab keng tarqala boshladi. Shaxsiy kompyuterning keyingi avlodlarida mikroelektron va biosxemalardan foydalanildi; ularning hajmi kitob kattaligidek hajmga kichraydi, massasi esa 3,5 kg gacha kamaydi. 1981-yil IBM shirkati shaxsiy kompyuterning yanada takomillashgan modellarini ishlab chikara boshladi. Keyinchalik boshka firmalar IBM bilan PC biriktirilgan kompyuterni, Apple shirkati esa Macintosh (talaffuzi: „Makintosh“) yoki oddiygina „maki“ deb ataladigan kompyuterni yaratishdi. 21-asr boshlarida dunyoda oʻnlab million shaxsiy kompyuterlar, 1 millionga yaqin EHM (shu jumladan, bir necha oʻn superEVM) boʻlgan. Kompyuterlar masalalarni yechishda foydalaniladigan komponentlar (tarkibiy qismlar) tarkibi va tavsifi jihatdan bir-biridan farq qiladi. Murakkab masalalarni yechishda kuchli qurilmalar urnatilgan kompyuterdan, qujjatlarni bosishda harf bosish qurilmasi boʻlgan kompyuterdan foydalaniladi.

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin