Kartaga olinayotgan obyekt (yoki hudud) xususiyatlari. Ushbu omilning generalizatsiyaga ta ’siri kartada o ‘sha obyektning yoki hududning o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettirish, eng xarakterli elementlami berish zaruratida ko‘rinadi. Masalan, qurg'oqehil dasht yoki chala cho‘l rayonlarda hamma mayda ko'llarni ko‘rsatish juda muhim, b a ’zan generalizatsiya vaqtida ular hatto kattalashtirib beriladi. Ko‘l ko‘p bo‘lgan tundra landshaftlarida koMlardan ayrimlarini tushirib qoldirsa ham boiadi, ammo bunda hududning serkolligini saqlab qolib uni to‘g‘ri aks ettirish kerak.
Obyektnio‘rganilganlik ham generalizatsiyaga ta ’sir etadi. Obyekt yetarli darajada o ‘rganilganda tasvirlash maksimal darajada to liq (kartaning ushbu masshtabi va maqsadi uchun) bolishi mumkin. material etishmaganda esa u muqarrar ancha umumiashgan, sxematik bo‘lib qoladi. Bu jihatdan qaraganda to'liq bo‘lmagan manblar asosida tuzilgan prognoz va gipotetik kartalar ancha umumiashgan bo‘ladi, chunki bunda obyekt hali to'liq o'rganilmagan uning tarqalish qonuniyatlari to‘g‘risida faqat taxminiy ma’lumotlar bo‘ladi. Generalizatsiya uchun kartalarning jihozlanishi ham ma’lum ahamiyat kasb etadi. Ko!p rangli kartalar (bir xil, teng sharoitda) oqqora kartalarga qaraganda ancha ko‘p miqdordagi belgilarni ko‘rsatishga imkon beradi. Rangli gullashlar, izoliniyalar, belgilar yaxshi tanlab olinsa, bitta kartada karta o‘qilishi uchun ziyon keltirmasdan oltitagacha bir-birini qoplaydigan belgilarni birga qo‘shib ishlatish mumkin. Bir xil rangdagi kartada yoki ranglami nabori chegaralangan kartada buni qilish qiyin.
Kartografik generalizatsiya omillari Kartografik generalizatsiya yo‘nalishini (xarakterini) belgilovchi asosiy omillar quyidagilar:
Bu belgilovchi omillardan tashqari, generalizatsiya xarakteri va darajasiga asosiylariga bog‘liq omillar ham ta’sir ko‘rsatadi. Ularga quyidagilar kiradi:
xaritani tuzishda foydalaniladigan texnik usul va vositalar hamda undan kartografik axborotni o‘qish usullari.
Kartografik generalizatsiyaning uchinchi muhim omili tasvirlanadigan borliq (joy) xususiyatlari hisoblanadi. Har qanday borliq o‘zaro murakkab bog‘liqlikda bo‘lgan va ko‘plab turli xil uyg‘unliklarni hosil qilgan turli tipdagi obyektlar majmuidan iborat. Masalan, joy uchun bu – aholi punktlari, yo‘l to‘ri, relyef, gidrografiya va h.k. bunday uyg‘unliklarning individual xususiyatlari quyidagi yo‘nalishlarda namoyon bo‘lishi mumkin:
majmua tarkibida, har bir komponentning turli xil salmog‘i bilan ifodalanadigan, masalan, aholi zich rayon va cho‘l yoki tayga;