Mavzu: Kartoshkaning kelib chiqishi, yetishtirish texnologiyasi va biologiyasi Reja



Yüklə 18,83 Kb.
səhifə1/2
tarix12.10.2023
ölçüsü18,83 Kb.
#154936
  1   2
Mavzu Kartoshkaning kelib chiqishi, yetishtirish texnologiyasi -fayllar.org


Mavzu: Kartoshkaning kelib chiqishi, yetishtirish texnologiyasi va biologiyasi Reja


Mavzu: Kartoshkaning kelib chiqishi, yetishtirish texnologiyasi va biologiyasi

Reja:
1. Kartoshkaning xalq xo‘jaligidagi axamiyati, kelib chiqishi, tarqalishi va xosildorligi.

2. Sistematikasi, biologik xususiyati va navlari


3. Kartoshkani ekish: yerni, urug`ni ekishga tayyorlash, ekish usullari, muddati va meyori.
4. Kartoshka ekinini parvarish qilish va xosilni yig`ib olish.

Kartoshka (lotinchaSolanum tuberosum L.) — Solanaceae (茄科, qié kē) oilasiga mansub tuganak mevali koʻp yillik oʻtsimon oʻsimlik; asosiy oziq-ovqat mahsulotlaridan biri boʻlgan bir yillik oziq-ovqat, texnika va xashaki ekin. Vatani — Janubiy Amerika. 150 ga yaqin yovvoyi va madaniy turlari aksariyat Janubiy va Markaziy Amerikada oʻsadi. Dehqonchilikda 2 turi and kartoshkasi (S.andigenum) va chili kartoshka yoki yevropa kartoshkasi (S.tuberosum) bir yillik ekin sifatida ekiladi. Kartoshkani Amerikaning tubjoy aholisi bundan taxminan 14 ming-yil ilgari ekib kelgan. Yevropaga 1565-yil keltirilgan. Rossiyada 18-asr boshlarida ekila boshlagan. Oʻzbekistonga esa 19-asrning 70-yillaridan bu yerga koʻchib kelgan ruslar va tatarlar olib kelishgan. Jahon boʻyicha kartoshka ekilgan umumiy maydoni 17,9 million ga, hosildorlik 16,3 t/ga, yalpi hosil 294,3 million t (1999). Oʻzbekistonda ekin maydoni 52 ming ga, hosildorlik 12,7 t/ga, yalpi hosil 729,8 ming t (2000). Xitoy (3 millionga), Polsha (1,2 millionga)da koʻp ekiladi.
kartoshka oziq-ovqat va yem-xashak sifatida, shuningdek, kraxmal, spirt, glyukoza, dekstrin va boshqa mahsulotlar olishda xom ashyo sifatida ishlatiladi. Kartoshka tuganagi tarkibida 75—80 % suv, 23,7 % quruq modda, shu jumladan, 17,5 % kraxmal, 1—2 % oqsil, 0,5 % qand moddasi, 1 % mineral tuzlar, shuningdek V,, V2, V6, S, RR, D vitaminlari va provitamin A (karotin), poʻstida esa zaharli modda — solonin bor. Kartoshka kishilarning oziq-ovqat ratsionida muhim oʻrinda turadi. Fiziologik tavsiya normalariga koʻra, bir kishi uchun yillik kartoshka isteʼmoli miqdori 45 kg ni tashkil etadi.

kartoshka namsevar (ayniqsa, gullash va tuganak tugish davrida), yorugʻsevar, bir qadar sovuqqa chidamli oʻsimlikartoshka Tuproqda tuganakdagi kurtaklari 5—8° da una boshlaydi. Tuganaklari va urugʻidan koʻpayadi. Meristema usuli bilan virussiz urugʻlik olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.


kartoshka oʻsimligi boʻyi 50—80 sm, 3—6 poyali. Poyasining yer ostki qismida yer osti novdalar — stolonlarda tuganaklar — kartoshka paydo boʻladi. Kartoshkasi okdan to qizil tusgacha va turli shaklda bulib, sirtidagi chuqurcha — koʻzchalaridan kelgusi-yil yangi poyalar oʻsib chiqadi. Ildizi popuk ildiz tipida. Barglari juft patsimon bulingan, sargʻish-yashildan toʻq yashilgacha. Guli 2 jinsli, oq, och binafsha tusda, 2—3 tadan, baʼzan 4 tadan joylashgan. Oʻzidan, goho chetdan changlanadi. Oʻzbekiston sharoitida kartoshkaning koʻp navlari gʻunchalari toʻkilib, gullamaydi. Mevasi 2 chanoqli, koʻp urugʻli, sersuv rezavor.
Vegetatsiya davri 60—150 kun. Kartoshka pishib yetilish muddatlariga qarab tezpishar (maysalashidan yetilishiga qadar 60—65 kun), oʻrtacha tezpishar (70—80 kun), oʻrtacha kechpishar (PO—120 kun), kechpishar (130—150) navlarga boʻlinadi. Tuganagini va urugʻini ekib koʻpaytiriladi. Qora yoki qumloq tuproqli yerlarda moʻl hosil beradi. Kartoshka sabzavot almashlab ekish tizimida karam, bodring, poliz va dukkakli don ekinlardan boʻshagan yerlarda yetishtiriladi. Ertagi kartoshka yetishtirishda urugʻlik 20—40 kun yarovizatsiya qilinadi (maxsus yorugʻ xonada nish chiqarishi taʼminlanadi). Kartoshka ekiladigan yerning gektariga 60-150 kg azot (oziq modda hisobida), 100-200 kg fosfor va 30-60 kg kaliyli mineral oʻgʻit, 15—20 t goʻng solinadi, chuqur haydaladi. Ekish uchun, asosan, oʻrtacha kattalikdagi (50—80 g) kartoshka ajratiladi. Qator oralarini 60, 70, 90 sm, qatordagi tup oraligʻini 25, 30 yoki 35 sm qilib 8—12 sm chuqurlikda ekiladi. Ekish normasi gektariga 2,5—4 t. Intensiv texnologiyada oʻrtacha hosildorlik 42—44 t/ga ni tashkil qiladi.
Oʻzbekiston sharoitida faqat oziqovqat maqsadlarida yetishtiriladi. Ertagi kartoshka fevral oxiri — martda, janubiy rayonlarda hatto kech kuzda (okt,-noyabrda), kechkisi may oxiri — iyunda ekiladi. Kartoshka qator oralari oʻsuv davri davomida bir necha marta yumshatiladi, 500—800 m2/ga normada ertagisi har 7—10 kunda (7—8-marta), kechkisi har 8—10 kunda (10—15-marta) sugʻoriladi, oziqlantiriladi.
Oʻzbekistonda ekiladigan asosiy navlar:Aqrab — Oʻzbekiston sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tekshirish institutida chiqarilgan va respublikada 1996-yildan rayonlashtirilgan. Oʻrtacha kechpishar, poʻsti kizil, eti oq, koʻzchalari chuqurroq, yumaloq, oʻrtacha vazni 100— 130g;3arafshon — Samarqand qishloq xoʻjaligi institutida yaratilgan va respublikada 1985-yildan rayonlashtirilgan, tezpishar, serhosil, kam kraxmalli nav. Choʻziq-oval shaklda, poʻsti och-sargʻish, silliq, serkoʻz; Toʻyimli — Oʻzbekiston sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tekshirish institutida yaratilgan, respublikada 1995-yildan rayonlashtirilgan. oʻrtacha kechpishar, issiqqa chidamli nav. Tugunaklari oq, yumaloq, eti oq, koʻzchalari chuqurroq, ogʻirligi oʻrtacha 110—130 g; Um id — Oʻzbekiston sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tekshirish institutida yaratilgan, 2001-yildan rayonlashtirilgan, oʻrtacha tezpishar, ertagi va kechki muddatlarda yetishtirishga yarokli, tuganagi shakli choʻziq-oval, eti sariq.
Rossiyada chiqarilgan navlardan Sedov (ertapishar, serhosil, yumaloq, yirik, oq, yaxshi saqlanadi, aynimaydi); Lorx (oʻrtapishar, serhosil, tuganaklari yirik, dumaloq-oval, rangi oq, serkraxmal); Falenskiy (oʻrtapishar, eti sargʻish-oq, kam koʻzli, tuganaklari oq, choʻziq oval shaklda); Gollandiyada chiqarilgan navlardan 1998-yildan boshlab Diamant (oʻrtacha kechpishar, tuganaklari tekis, sargʻish, mazali); Kondor (tezpishar, rangi qizil, poʻsti silliq, serkoʻz); Kardinal (oʻrtacha kechpishar, rangi qizil, poʻsti silliq, serkuz) va boshqa ekiladi.
Kasalliklari: soʻlish kasalligi — kasallangan oʻsimlik soʻliydi, keyinroq qurib qoladi. Oʻsimlik poyasi kesib qaralganda zararlangan nay toʻqimalari qoʻngʻir tusda boʻladi. Kasallik issiq kunlarda koʻproq tarqaladi; makrosporioz — barglarida qoʻngʻir toʻgarak dogʻlar paydo boʻladi. Keyinchalik kattalashib, bargni butunlay qoplab oladi, bunday barglar quriydi. Kasallik oʻsimlik poyasiga ham oʻtib, ulardan choʻziq qoʻngʻir dogʻlar hosil qiladi; qora ch i r i sh — poya hamda pastki barglar sargʻayadi, yuqoridagilari qayiqcha shaklida buraladi. Keyinchalik poyaning ostki qismi qorayadi, ingichkalashadi, kartoshka hosil boʻlmaydi; halqasimon chirish —kasallikning boshlanishida kartoshka palagi soʻliydi, tuganagi chiriydi (kesilganda qoʻngʻir halqasimon chirish koʻrinadi). Kartoshkaning aynishi, gotika, mayda barglilik, barglarning buralishi kabi kasalliklar ham kartoshkaning normal oʻsishi, rivojlanishi va hosiliga jiddiy zarar yetkazadi.
Zararkunandalari: Oʻzbekiston sharoitida kartoshka, koʻpincha, Kolorado qoʻngʻizi, shira (oʻsimlik biti), kuzgi tunlam, kartoshka nematodasi, qoʻngʻir kana, chirildoqlar (sikada), simqurt va buzoqboshilardan shikastlanadi.
Kurash choralari. Kolorado qoʻngʻiziga qarshi quyidagi preparatlardan biri 500—600 l/ga suvda aralashtirib purkaladi: detsis-0,5 l/ga, karate-0,35 l/ga, sumi alfa-0,5 l/ga, benzofosfat (fozalon)-2,0 kg/ga, regent-20—25 kg/ga, nurel D-0,7 l/ga. Kuzgi tunlamga qarshi ekishda urugʻlikka, vegetatsiya davrida oʻsimliklarga 0,2—0,5 l/ga detsis, 0,03 % li nurel, 1 % li dendrobatsillin eritmasi purkalanadi. Oʻsimlik biti (shira)ga va chirildoq (sikada)larga qarshi BI-58—1,0—1,5 l/ga, nurel 0,7—0,8 l/ga, tolstar-0,8 l/ga; sumqurt va buzoqboshilarga qarshi zaharlangan xoʻraklar ishlatiladi. Nematodaga qarshi kuzda yoki ekishdan 30 kun oldin gektariga 800-1000 kg dan 20 % li nemagon yoki tiazin, geterofos, karbiation sochilib, tuproqning 15—20 sm li qatlamiga aralashtiriladi.
Kasalliklarning oldini olish choralariga almashlab ekishni toʻgʻri tashkil qilish, yuqori agrotexnika va kaliy oʻgʻitlaridan foydalanish, ekin qoldiqlarini va kasallangan oʻsimliklarni yoʻqotish, urugʻlarni tanlash tadbirlari kiradi. Bulardan tashqari, makrosporiozga qarshi oʻsimliklarga 1 % li bordo suyuqligi, 0,3—0,5 % li mis xlor oksidi eritmasi va 0,5 % li sineb suspenziyasi purkaladi. Chetdan keltirilgan urugʻlarda baʼzan fitoftoroz uchraydi. Bunga qarshi, makrosporiozga qarshi qoʻllanuvchi zaharli preparatlarni ishlatish mumkin.
Kartoshka xalq xo‘jaligida oziq-ovqat, yem-xashak va texnik axamiyatiga ega. Dunyo qishloq xo‘jaligida kartoshka, sholi, bugdoy va makkajo‘xori bilan bir katorda yetakchi urinni egallaydi.

Kartoshkani tuganak mevasi 25% gacha kuruk moddalarga (kraxmal 14-22%, oqsil 1,4-3,0% to‘qima -1,0 moy-0,3% va 0,8-1,0% kul moddalar) xar xil vitaminlarga boy.


Kartoshka oziq-ovqat sifatida ko‘p istemol qilinadigan maxsulot bo‘lib, uni ikqinchi non xam deyishadi. Dunyoda 500 dan ortik taom tayyorlanadi. Kartoshka eng axamiyatli yemxashak o‘simligi xam xisoblanadi. Uning tuganak mevalari va poyasi chorva mollariga ozuka sifatida ishlatiladi. 100 kg tuganagi 29,5 oziq birligiga teng. Kartoshka palagining 100 kg mi 8,5 oziq birligiga teng.
Sanoatda xam kartoshkadan spirt, kraxmal dekstrin, glyukoza, kauchuk va boshqa maxsulotlar olishda, xom ashyo xisoblanadi. Kraxmalligi 17,5% bo‘lgan 1 t kartoshkadan 112 l spirt, 55 kg suyuk karbonot angidrid, 1500 l barda olinadi.
U agrotexnik axamiyatga ega, chunki kartoshka ekilgandan so‘ng tuproq begona utlardan tozalandi. Shu sababli u yaxshi utmishdosh ekin xisoblanadi.
Kartoshkani vatani Janubiy Amerika xisoblanadi, bu mintakada kartoshka bizning eramizdan 1-2 ming yil avval ekib kelingan va uning ko‘pchilik yovvoyi turlari madaniylashtirilgan.
Kartoshka XU1-asrda Yevropaga yani Ispaniyaga keltirilgan va undan boshqa Yevropa mamlakatlariga tarkalgan Rossiyaga kartoshka Gollandiyadan keltirilgan va X1X-asrning yarimlarida Rossiyada kartoshka ko‘p tarkala boshlab,katta maydonlarga ekilgan.
Uzbekistonda kartoshka utgan asrning 60 yillarida tarkaldi va asosan XX-asr boshlarida va undan keyingi yillarda ko‘prok ekila boshlandi.
Kartoshkaning tashqi sharoitga tez moslashishi dunyoda tez tarkalishiga va asosiy oziq-ovqat ekini bo‘lishiga sabab bo‘ldi.
Xozirgi vaqtda kartoshka dunyoning xamma kitalarida ekiladi. Dunyoda FAO malumotlariga karaganda (1994 yil) kartoshka 18 mln gektar yerga ekilgan.
Yevropa mamlakatlarida kartoshka ko‘p ekiladi, Dunyo ekin maydonini 35%ni tashqil qiladi. Bo‘lardan ko‘prok Polsha (2,26 ml.ga), Germaniya (yaqin 1 ml.ga) va boshqalarda ekiladi. Kartoshka AKShda xam ko‘p ekiladi. Xamdustlik mamlakatlardan kartoshka ko‘prok Rossiya. Ukraina, Belorussiya va Baltik buyi mamlakatlarida ekiladi. Uzbekistonda oxirgi yillari kartoshkani eqish maydoni ancha kengaydi va 1998 yil 52,7 ming gektar erga ekilgan Kartoshka yuqori xosilli ekin. Uzbekiston 1998 yil O‘rtacha xosildorlik 121,0 sentnerni tashqil kildi.
2. Kartoshka - ituzumdoshlar oilasiga (Solanecese) oilasiga, unlab yovvoyi xamda madaniy turlarni birlashtiradigan Solanum 1 avlodiga kiradi. Ulardan Solanum tuberosum eng ko‘p ekiladi.
Kartoshka tabiatiga kura tugunakli ko‘p yillik o‘simlik, leqin bir yillik ekin sifatida ekiladi, chunki uning tugunagi o‘sishidan boshlab, yetilgan tuganak xosil bo‘lguncha davom etadigan butun xayot sikli bir vegetatsiya davrida utadi.
Kartoshka odatda vegetativ yo‘l bilan, ya’ni tugunaklaridan ko‘paytiriladi. Ammo uni tugunak bo‘lakchalaridan shuningdek usimtalaridan xam ko‘paytirish mumkin. Seleksiya praktikasidan ko‘pincha urugdan ko‘paytiriladi.
Kartoshka poyasining shakli kovurgali bo‘lib, tuk bilan koplangan. Buyi sharoitga qarab kesqin (30 dan 150sm gacha) o‘zgaradi.
Kartoshka o‘simligining tupi 4-8 ta serbarg poyadan iborat. Kartoshka poyasining yer osti qismidagi kultik kO‘rtaklaridan navdalar stolonlar rivojlanadi, ularning uchi yugonlashadi. (Tuganaklar xosil qiladi).
Kartoshkaning guli to‘pgulga yigilgan bo‘lib, turli uzunlikdagi gulpoyada tutash joylashgan. Kartoshka uzidan changlanadi. Mevasi yumalok, ikki uyali sersuv rezavor meva bo‘lib juda ko‘p maysa yassi urugi bor. 1000 dona urugining vazni 0,5 g keladi.
Tuganakdan ekilgan kartoshkaning ildiz sistemasi popuk ildiz. U ayrim poyalar ildizining yigindisidan iborat. Ildiz sistemasida tuganaklar una boshlaganda paydo bo‘ladigan usuvchi (kuzchali), ya’ni dastlabki ildizlar butun usuv davrida paydo bo‘ladigan va xar Qaysi stalon 4-5 tadan gruppa bo‘lib joylashadigan stalon yoni xamda stalon ildizlari bo‘ladi.
Kartoshka ildizlari yerga uncha chukur kirmaydi. Ularni yarimga yaqini xaydalma katlamda joylashadi.
Kartoshka tuganagi yugonlashgan qisqa poyadan iborat. Tuganagi yoshligida xlorofilsiz mayda bargchalar rivojlanadi, ularning izi kuzcha xosil qiladi. Bargchalar kultigida tinim xolatidagi kO‘rtaklar shakllanadi. Tuganaklardagi xar Qaysi kuzchada 3 ta va undan ortik kO‘rtak bo‘ladi, shulardan O‘rtadagi eng rivojlangan 1 ta kO‘rtak o‘sa boshlaydi, boshqalari zapas sifatida saklanib, birinchi kO‘rtak usimtalari shikastlanganda (singanda) usib chiqadi. Tuganakdagi kO‘rtaklar boshlangich o‘sish konusidan, kultik kO‘rtaklar va boshlangich ildizchalardan iborat. bo‘ladi.
Kartoshkani o‘sish muddati uch davrga bo‘linadi. Birinchi davr maysa paydo bo‘lishdan gullashgacha Bu davrda asosan poya o‘sadi.kuk massa ko‘payadi. Ikqinchi davr-gullash davridan poyaning o‘sishi tuxtaguncha davom etadi. Bu davrda intensiv ravishda tuganak mevalar (67-70%) paydo bo‘ladi. Uchinchi davr poyaning o‘sishi tuxtagandan tabiiy sulish davrigacha davom etadi. Bu davr tuganak mevalar paydo bo‘lishi davom etadi leqin ikqinchi davrga nisbatan seqinlashadi. Bu davrlarni o‘tish muddati kartoshkani navi xam ob-xova sharoitiga boglikdir. Kartoshka yozda yuqori bo‘lmagan xaroratda rivojlanadi. Assimilyatsiya o‘tish uchun 20°S,tuganaklar xosil bo‘lishi 16-19°S issiqlik talab qiladi.,2-3°S sovukda kartoshka nobud bo‘ladi. Xarorat 40S ga yetganda fotosintez assimllyatsiya jarayoni tuxtaydi va xosildorlikka salbiy tasir qiladi.Kartoshka baxorda ekilganda uning tuganak xosil kilish yozda xavo xarorati yuqori davrga to‘gri keladi. Bu vaqtda yangi tuganaklar ona o‘simligini stolonlarida xosil bo‘ladi.Bu xodisa tuganak mevalarni sifatini pasaytiradi. Bundan tashkari yuqori xaroratda tuganak mevalar ayniydi yani ularni uruglik xususiyati yomonlashadi. bunday tuganak mevalar ekilganda kam xosil beradi. Bunday uruglik yomon saklanadi. Shu sababli Uzbekiston sharoitida uruglik ishlari kiyinlashadi.
Kartoshka namga .ugitga va tuproqga talabchan o‘simlik.
Kartoshkaning navlari morfologik va biologik belgilari bilan fark qiladi. Uzbekistonda kartoshkani quyidagi navlari ekiladi: Akrab, Zarafshan, Lorx, To‘yimli, Pikasso, Diamant, Voltman.
3.Kartoshkani eqish.-Kartoshka bir yerda surunkasiga ekilsa u sulish kasali bilan kasallanadi. Shuning uchun uni almashlab eqishda karam, bodring, kovun, tarvuz xamda ildizmevalilardan keyin eqish kerak.Yozda ekilganda kuzgi bugdoy va arpadan keyin ekilishi kerak. Ugitga talabchan tuproq sharoitiga qarab bir gektar kartoshkaga O‘rtacha 100-120 kg azot 80-90 kg fosfor va kam miqdorda 40-60kg kaliy berish kerak. Ugit eqishdan oldin va o‘sish davrida beriladi,uruglik kattaligi jixatidan saralangan bo‘lishi kerak. Uruglikni O‘rtacha kattaligi 60-70 g bo‘lishi kerak.
Kartoshka 3 muddatda ekiladi: ertagi kartoshka fevral oyining oxiri mart oyining boshlarida. O‘rtagi kartoshka aprel oyida va kechki kartoshka may oyining oxiri iyun oylarining boshlarida ekiladi Uruglik uchun uni kechrok iyun oyining oxirida eqish mumkin.
Kartoshka kator orasi 70 sm, o‘simlik orasi 25-30 sm. kilib ekiladi. Kartoshka SK-2,SKG-2, SKG-4 kartoshka ekadigan mashinalarda, bir gektar yerga O‘rtacha 25 sentner urug sarflanadi va uruglar tuproq sharoityaga eqish mudddatiga qarab 6-16 sm. chukurlikga kumilishi kerak.
Xulosa
Ekinni parvarish kilish va xosilni yigish. Kartoshkani parvarish kilish kator oralarini ishlash. chopik kilish,. oziqlantirish va sugorishdan iborat. Kartoshkani kator oralari 3-4 marta kultivatsiya qilinadi. Kartoshkani chopik (kumma) kilish tugunaklarni tugish uchun yaxshi sharoit tugdiradi. Shu sababli kulda ketmon bilan yoki maxsus okuchniklar bilan 2 marta kumma chopik qilinadi. Ertapishar navlar bir marta gullashdan oldin chopik qilinadi.
Kartoshka o‘simligi namga talabchan. Ertagi kartoshka yer osti suvlari chukur joylashgan tuproqlarda 7-9 marta sugoriladi. Kechki kartoshka esa 10-12 marta sugoriladi. Gullash davrigacha kartoshkani xar 12-15 kunda, gullash davrida 6-8 kunda sugorish kerak. Yozda ekilgan kechki kartoshka xar 8-10 kunda sugorilishi kerak.
Kartoshkani TEK-2 maxsus kartoshka kovlagich mashinalarida yigib olinadi. So‘ngra kartoshka saralanadi, kuritiladi va omborlarda saklanadi



Yüklə 18,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin