Mavzu: Kasb-hunar kollejlarida fizika o`qitishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish


Maqsadga yo'naltirilganlik tamoyili



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə29/67
tarix01.02.2022
ölçüsü0,77 Mb.
#51929
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   67
kasb-hunar kollejlarida fizika oqitishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish

4. Maqsadga yo'naltirilganlik tamoyili. O'quv jarayoni maqsadga yo'naltirilgan bo'lishi lozim. Maqsad ham qonun kabi odamning xarakteri va harakat usulini aniqlashi zarur. Buning uchun belgilangan maqsad aniq va o'lchaniladigan bo'lishi shart. Bixeviorizm g'oyalariga tayangan pedagogik texnologiya aynan shu bilan farq qiladi. Psixologiyada bu yo'nalishning xususiyati -organizmning qo'zg'atishga bevosita bog'liqligini shak-shubhasiz tan olish va uni bu qo'zg'alishga undashdan iboratdir.

Bixeviorizm, o'qitish jarayonida organizmda kechadigan jarayonlarni o'rganmaydi, u faqat tashqaridan kuzatiladigan jarayonlarni (ya'ni pirovard natijani) tahlil qiladi, qo'zg'atish (rag'batlash) va yechimlar orasidagi bog'lanishni o'rganish bilan cheklanadi. Bixevioristchilar xulqni o'rganuvchi emperik va matematik usullarni yaratishda, oldingi konsepsiyalarda, faqat ichki aloqa yoki jarayon sifatida qaralgan harakat toifalarini ishlab chiqishda katta hissa qo'shdilar. Bixeviorizm psixologiya sohasini kengaytirdi va ungatashqi ta'sirlarni kiritdi. J.Uotson, E.Torndayn. S.Pressi, B.Skinerlar bixeviorizmning asoschilari edilar. pedagogik texnologiyaning maqsadga yo'naltirilganlik tamoyili - tirik organizm tanasining skletiga o'xshaydi. Umuman o’quv jarayoni uchun, bu tamoyil ahamiyatini baholash haddan tashqari qiyindir. Buning uchun o'qitishning eng ko'p tarqalgan ta'rifini keltirish yetarlidir:

«O'qitish - bu o'qituvchi va o'quvchi orasidagi munosa-batning maqsadga yo'naltirilgan jarayoni bo'lib, uning davomida inson ma'lumotga ega boiadi». Ushbu ifodadan, o'qitish sifati maqsadlarni shakllantirish sifatiga bogiiq ekanligi haqida xulosa chiqarish mumkin.



Pedagogik texnologiyada, maqsadlarni shakllantirish umumiylikdan xususiylikka tizimli yondashish asosida amalga oshi­riladi. Birinchi navbatda, muayyan o'quv fanining ma'lum mutaxassisni tayyorlashdagi o'rni va ahamiyati aniqlanadi.

Buning uchun Davlat ta'lim standartidan foydalaniladi, uning asosida o'quv fanining umumiy o'quv soatlari o'quv mashg'ulotlari turi - ma'ruza, amaliy (seminar), laboratoriya, mustaqil ishlar - bo'yicha bo'linadi. So'ngra, quyidagicha o'quv maqsadlari shakllantiriladi: (2-rasm.).







Tayanch iboralamining o'quv maqsadi













Mavzuning o'quv maqsadi










Bo'limning o'quv maqsadi




Fanning o'quv maqsadi


Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin