Ish bosqichlari
|
Maslahatlar va tavsiyanomalar.
|
1. Keys va uning axborot ta’minoti bilan tanishish
|
Avvalo keys bilan tanishing. “Ma’naviy taxdidlar va ularga qarshi g’oyaviy kurashish” haqida tushuncha hosil qilish uchun bor bo’lgan butun axborotni diqqat bilan o’qib chiqish lozim. O’qish paytida vaziyatni tahlil qilishga shoshilmang
|
2. Berilgan vaziyat bilan tanishish
|
Ma’lumotlarni yana bir marotaba diqqat bilan o’qib chiqing. Siz uchun muhim bo’lgan satrlarni belgilang. Bir abzatsdan ikkinchi abzatsga o’tishdan oldin, uni ikki uch marotaba o’qib mazmuniga kirib boramiz. Keysdagi muhim fikrlarni qalam yordamida ostini chizib qo’ying. Vaziyat tavsifida berilgan asosiy tushuncha va iboralarga diqqatingizni jalb qiling.
|
3. Muammoli vaziyatni tah-lil qilish
|
Asosiy muammo va kichik muammolarga diqqatingizni jalb qiling.
Asosiy muammo: Elektromagnit induktsiya hodissasi.Faradey tajribalarini o’rganish.
Quyidagi savollarga javob berishga harakat qiling.
Elektromagnit induktsiya hodissasi nima?
Ersted tajribasida elektr tokini nima hosil qiladi.?
Faradey tajribasida elektr tokini nima hosil qiladi?
Asosiy muammo nimaga qaratilganini aniqlang. Muammoning asosiy mazmunini ajratib oling. Muammoli vaziyatni tahlil qilish – ob’ektning holatini aniqlang, asosiy qirralariga e’tibor qarating, muammoli vaziyatning hamma tomonlarini tahlil qiling.
|
4. Muammoli vaziyatni yechish usul va vositalarini tanlash hamda asoslash
|
Ushbu vaziyatdan chiqib ketish harakatlarni izlab topish maqsadida quyida taqdim etilgan “Muammoli vaziyat” jadvalini to’ldirishga kirishing. Muammoni yechish uchun barcha vaziyatlarni ko’rib chiqing, muqobil vaziyatni yarating. Muammoning yechimini aniq variantlardan tanlab oling, muammoning aniq yechimini toping. Jadvalni to’ldiring. Keys bilan ishlash natijalarini yozma shaklda ilova eting
|