Мавзу: “Касбий билимлар асосида кўникмаларни шакллантиришнинг психологик жихатлари



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/40
tarix10.04.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#95813
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   40
TA’lim vazirligi

Kasbiy konsultatsiya – individual xarakterga ega bo‘lib, ayrim talabalarga ular 
egallamoqchi bo‘lgan kasbning xususiyatlari va o‘z imkoniyatlarini to‘g‘ri anglashga 
ko‘maklashishni nazarda tutadi. Talabalarga kasb tanlash yuzasidan pedagog, shu soha (kasb) 
mutaxassis, shifokor, psixolog maslahat berishi mumkin. Talabalar kasbiy ma’lumot olish 
chog‘ida nafaqat kasb to‘g‘risida, balki o‘z organizmi, o‘z xarakteri haqida ham ma’lumotga ega 
bo‘ladi. 
Kasbiy diagnostika – talabalarning u yoki bu kasbga tayyorgarligining barcha jihatlarini 
aniqlash (hisobga olish) metodlarini o‘z ichiga oladi. Talabalarning biologik (tug‘ma ma’naviy 
sifatlari), psixologik (qiziqishlari, qobiliyatlari va h.k.), ijtimoiy (hayot tarbiya tarzi, hayotiy 
ma’naviy maqsadlari va h.k.) xususiyatlari ayni diagnostik metodikalar yordamida aniqlab 
olinadi va ular kasbga tayyorgarlikni to‘g‘ri belgilashga, asosli ravishda kasb tanlashga yordam 
beradi. 
Kasbiy tanlash (saralash) – o‘quv muassasalari va ishlab chiqarish (tashkilotlar) 
mutaxassislari tomonidan amalga oshirilib, ularning pedagogik tavsiyalariga binoan o‘quvchilar 
aniq kasblarni tanlaydilar. 
Kasbga moslashtirish (profadaptatsiya) – bu o‘quv-ishlab chiqarish kombinatlarida, 
ishlab chiqarish korxonalarida, fermer xo‘jaliklarida va umuman moddiy ishlab chiqarish 
sohasida o‘quvchilarning ixtisosliklar egallashi jarayonida ularni tanlangan kasbning mehnat 
sharoitlariga moslashtirishdir. Talabalar amaliyot jarayonida o‘qituvchi mehnatini tashkil qilish, 
eng maqbul mehnat usullarini qo‘llash, psixologik qiyinchiliklarni yengishga, ishning yuqori 
natijalariga erishishga o‘rganadilar. 
Prezidentimiz I.Karimov Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining siyosiy-ijtimoiy va 
iqtisodiy istiqbolning asosiy tamoyillarini bayon qilar ekan madaniy-ma’rifiy sohadagi ishlarga 
mustaqil respublikamizda ma’naviyatni rivojlantirish masalalariga ham aloxida to’xtalib, 
quyidagilarni ta’kidladi: “Endigi asosiy vazifa kishilarimizni mustaqil fikrlashga o‘rganishi, 
o’ziga ishonchining ortib borishidir. Chunki tafakkur ozod bulmasa, ong va shukur tarzidan 
qullikdan qutulmasa, inson to’la ozod bo’lmaydi”.
Taraqqiyot taqdirini ma’naviy jixatdan yetuk odamlar xal qiladi. “Aqliy zakovat va ruxiy 
ma’naviy salohiyat ma’rifatli insonning ikki qanotidir”. Ana shu vazifa mutaxassislar 
yetishtiradigan oliy ta’lim muassasalari zimmasiga ta’lim-tarbiya ishlarini hozirgi davr 
talablariga muvofik yanada takomillashtirish buyicha g’oyat muhim majburiyatlarni yuklaydi. 
Hozirgi zamon ishlab chiqarishi va undagi mehnatning mazmuni haqida, fan-texnika 
taraqqiyotini jadallashtirish orqali ishlab chiqarishni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari 
haqida politexnik bilimlarini shakllantirish. 
1. Kasb-hunar kollejiga yaqin korxonalardagi ishlab chiqarish jarayonlarini tipik texnikasi, 
texnologiyasi va tashkil etilishi bilan tanishtirish. 
2. Kasblarning umumiy klassifikatsiyasi va konkret shahardagi, tumandagi kasblar kishining 
professional faoliyatiga quyiladigan talabalar bilan tanishtirish. 
3. O‘quvchilarning qobiliyatlarini aniqlash va rivojlantirish, kasb tanlashning ijtimoiy qimmatli 
motivlarini tarkib toptirish, o’z professional mavqeini belgilashda kumaklashish. 
4. O‘quvchilar 9-sinfda qaysi hunarga qiziqishlarini kelajakda qanday kasb egasi bo’lishni 
oldindan to’g’ri tanlashi uchun ularga VIII sinflarda professional tayyorgarlik ixtisosini 
ommaviy tanlashlarida yordam berish. 
5. O’zbekistondagi kasb ta’lim sistemasi va malaka oshirish yo’llari bilan tanishtirish. 
Ma’lumki kishi o’z qobiliyati, qiziqishi, davatning kadrlarga ehtiyojiga muvofik 
mashg’ulot turi va kasbni tanlash huquqiga ega. 


14 
Mashg’ulotlar jarayonida o‘quvchilar xalq xujaligining strukturasi, kasblarni 
klassifikatsiyalashning turli usullari, ularni egallash yo’llari, kasbning insonga qo’yadigan 
talablar bilan tanishishidan tashqari, o’z qiziqishlari mayl va qobiliyatlarini aniqlashning ba’zi 
amaliy ko’nikmalarini ham o‘zlashtirishi zarur. Shu maqsadda ularga qiziqish kartasi, mayillikni 
baholash kartasi vahokazolarni to’ldirish kabi topshiriqlarini bajartirish ko’zda tutiladi. Bu 
tadbirlar har bir o’smirga o’z imkoniyatlarini xaqiqiy baholash va ularni muayyan kasbning 
insonga qo’yadigan talablari bilan taqqoslash imkonini beradi. 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin