Мавзу: “Касбий билимлар асосида кўникмаларни шакллантиришнинг психологик жихатлари



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/40
tarix10.04.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#95813
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   40
TA’lim vazirligi

2.3. Kasb tanlashda asosiy motivlar. 
XXI asr jamiyat taraqqiyotida yoshlar faolligini oshirish, ularning ijtimoiylashuvining 
o‘ziga xos tomonlarini ochish imkoniyatlari asri sifatida boshlandi. Ularning turli sohalarda o‘z 
bilim va qobiliyatlarini ko‘rsata olish uchun shart sharoitlar yaratilmoqdaki, bu yoshlar faolligini 
mazmunini ifodalab bermoqda. Ta’lim tizimi inson va jamiyatning ta’limga bo‘lgan xilma-xil 
ehtiyojlarini qondirish imkoniyatlarini ochib berishi, ta’limning o‘rni va nufuzini oshirishi, 


22 
iqtisodning o‘zgaruvchan talablari sharoitida shaxsni umumta’lim, kasbiy, madaniy bilimlarini, 
ilmiy salohiyatlarini oshirish asosida ijtimoiy himoya qiladi. 
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yuz berayotgan, inson omilining ro’li kuchayib borayotgan 
sharoitda ilmiy-texnikaviy taraqqiyot nafaqat kasbiy mahoratni oshirish, balki yoshlarning 
kasbga qiziqishini bugungi jamiyat, ilm-fan, ishlab chiqarish va texnikadagi taraqqiyot 
talablariga mos tarzda kuchaytirishni ham talab qiladi. Ana shu moslik bo‘lmasa, yosh avlod 
kasb tanlashda ikkilanib qoladi va bu hol kadrlarning beqarorligiga olib keladi. 
Har bir inson shaxs sifatida kamol topishi uchun ta’lim, ijtimoiy tarbiya va rivojlanish, 
hamda kasbiy shakllanish tizimini bosib o‘tishi talab etiladi. Natijada shaxsning ijtimoiylashuvi 
sodir bo‘ladi, ya’ni ijtimoiy ahamiyatga ega muhim vazifalarni bajara olish qobiliyatiga hamda, 
jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘ladi, o‘zini anglaydi, jamiyatning boshqa a’zolari bilan mustaqil 
munosabatlarga kirishadi. 
Kasbiy qiziqishlar insonda mavjud bo‘lgan kasbiy bilimlar bilan ajralmas uzviy bog‘liq 
bo‘ladi. Inson tomonidan qancha ko‘p bilim orttirilgan bo‘lsa, uning qiziqishlari shuncha 
mazmunli va chuqur bo‘ladi. Bugungi kunda yoshlarni asosan ularning aqliy faoliyatlari 
mazmuniga ega bo‘lgan, ularning rejalari, maqsadlari, tasavvurlari bilan mos bo‘lgan narsalar 
qiziqtiradi. Kasbiy qiziqishning shakllanishi o‘quvchilarni kasbiy bilim, ko‘nikma va 
malakalarga ega bo‘lish jarayonida vujudga keladi. Shu davrda shaxsning o‘zidagi kasbiy 
qiziqishi mazkur kasblarga ega bo‘lishda yordam beradi. Bu holatlarda esa, umumiy qiziqish va 
kasbiy qiziqish orasidagi farqlarni bilib olish kerak. Kasbiy qiziqishlar umumiy qiziqishlardan 
aniqligi, maqsad sari yo‘naltirilganligi va to‘la mazmunli ekanligi bilan farq qiladi. Kasbiy 
qiziqishlar o‘quvchining tanlagan kasbi bilan bog‘liq, shuning uchun u umumiy qiziqishdan 
ko‘ra mustahkamdir. Umumiy qiziqishlar yuzaki, hech qanday ma’suliyatni his qilmagan holda 
bo‘lishi mumkin. Kasbiy qiziqishlar bo‘lajak kasb egasining mehnat faoliyati doirasidagi kasb 
xususiyati bilan bog‘liqdir. Biroq bu boshqa qiziqishlarni inkor etmaydi. Ma’lum mutaxassislik 
bo‘yicha kasbiy qiziqishlar kasb egasining shaxsiy psixologiyasiga mos kelishi maqsadga 
muvofiq bo‘ladi. Bunday qiziqishlar ishlab chiqarish darajasini oshirish malakasiga ega bo‘lishni
kengaytirishga, kasbiy faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan bir qancha hayotiy jarayonlarga kirib 
borishga undaydi. Kasbiy qiziqishlarning xarakteri va ularni shaxsga ta’siri jamiyat rivojlanishi 
bilan rivojlanadi. Jamiyatning rivojlanish davrlarining tahlili shuni ko‘rsatadiki, taraqqiyot ishlab 
chiqarishning rivojlanishi, iqtisodiy rivojlanish jamiyatdagi mehnatga bo‘lgan munosabatlarning 
o‘zgarishiga olib keladi. Keyingi yillarda iqtisodiyotda yuqori malakali mutaxassislarga bo‘lgan 
ehtiyojlar sezilarli darajada oshib bormoqda. Og‘ir va mayda ishlab chiqarish mehnati bilan 
bog‘liq kasblar o‘tmishda qolib, mehnatkashlarning madaniy-texnik darajalari ortmoqda. Kasbiy 
qiziqishning mohiyati kasbning mazmuniga bevosita bog‘liq. Insonning kasbi qanchalik 
mazmunga boy bo‘lsa, kasbiy qiziqishning mohiyati ham shunchalik yuqori bo‘ladi.
Psixologiya fanida intellektual (fikrlash, xotira, tasavvur) hissiy-emotsional va xohish-
istak jarayonlarini o‘z ichiga oluvchi qiziqishlar tizimi qabul qilingan. Shuni ham aytib o‘tish 
kerakki, bu uch tarkibiy tizim nafaqat intellektual, emotsional va xohish-istaklar yig‘indisi, balki 
shaxs faoliyatida barcha psixologik vazifalarni o‘z ichiga oluvchi o‘zaro aloqa va o‘zaro harakat 
sifatida ham qaraladi. Kasbiy qiziqishning tuzilmaviy negizi psixologiyada qabul qilingan 
qiziqishlar tizimi kabi bo‘lg‘usi kichik mutaxassislarning o‘z xususiyatlarini namoyon qiluvchi 
kasbiy qiziqishlari tizimini tashkil etadi. Uning negizida ishtirokchilarning nazariy va amaliy 
tayyorgarligi yotadi. U ishtirokchilarning aniq kasbiy faoliyatga, kasbiy mahoratga ega bo‘lishi 
uchun, shuningdek o‘quv va ishlab chiqarish vazifalarini bajarishga psixologik tayyor turishi 
uchun kerak bo‘lgan bilim va malakalarni oshirish uchun intilishiga tayanadi. Buning tarkibiy 
qismi shaxsning qaysi yo‘nalish bo‘yicha kasbiy tayyorgarlik ko‘rayotganligiga va kasbiy 
faoliyat uchun talab etiladigan kasbiy malakali xususiyatlarida aniqlangan asosiy bilim va 
ko‘nikmalarni aks ettirgani kabi shaxsni ularning muhimligi va faoliyatda foydalanish 
tayyorgarligi bilan birgalikda kasbiy mahoratga ega bo‘lishi uchun kerak bo‘lgan bilimlar, 
ko‘nikma va malakalarni aks ettiradi.


23 
Kasbiy qiziqishning tarkibiy qismlari faoliyatga va ishtirokchining shaxsiga ta’sir qilgan 
holda tor doirada o‘zaro aloqada harakat qiladi. Ta’lim-tarbiya ishlarini olib borishda ta’lim 
jarayonida yo‘l qo‘yilgan xatolarni tahlil qilish katta ahamiyatga ega. Buning uchun har qanday 
yo‘nalishdagi kasbni egallayotgan o‘quvchilarda fikrlash, o‘z-o‘zini tahlil qilish qobiliyati yaxshi 
rivojlangan bo‘lishi kerak. Bu esa o‘quvchilarni kasbga tayyorlash jarayonida intellektual 
komponentga doimo e’tibor berilishi lozimligini taqozo etadi. Bu esa o‘quvchilarning kasbiy 
qziqishlarini 
shakllantirishdagi 
motivlar 
mohiyatiga 
ham 
bog‘liqligini ko‘rsatadi. 
O‘quvchilarning kasbga qiziqishni shakllanishida quyidagi motivlarni ko‘rsatib o‘tish mumkin:
1. Kelajak (karera) motivi: o‘quvchi yoshlar o‘zining vataniga, kelajakda jamiyatga 
foydasi tegadigan inson bo‘lish uchun, ma’lumotga ega bo‘lish uchun, o‘zi istagan kasbini 
egallash uchun, kasb-hunar kollejlariga, oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirish uchun yaxshi 
o‘qishga harakat qiladilar.
2. Obro‘ motivi: egallaydigan kasbi kelgusida jamiyatda, atrofini o‘rab turgan muhitda 
qandaydir e’tiborga ega bo‘lish, atrofdagilarning diqqat markazida bo‘lib yurish va oilada o‘z 
o‘rnini egallash uchun yaxshi o‘qish. 
3. Ta’lim olish motivi: egallaydigan kasbining mohiyatini anglashga qiziqish, o‘qish 
istagidagi o‘quv ishlab chiqarish jarayonining o‘zi bilan qiziqish. Ta’lim jarayoni davomida 
o‘quvchilar o‘quv yoki ishlab chiqarish ta’limining qiyin vazifalarini mustaqil hal qilsalar, ular 
o‘z navbatida o‘zlarining keyingi ishlarini rag‘batlantiradigan qoniqish oladilar. 
4. Burch motivi: bu motivning mazmuni jamiyat tomonidan qabul qilingan insoniy 
burchlarini bajarishga tayyorligi, jamiyatda o‘z o‘rnini anglash, qiyinchiliklarni bartaraf etishga 
tayyorligi, o‘zi tanlagan kasb doirasida mehnat faoliyatini yuritish. 
5.Majburiyat motivi: faqat ko‘ngilsizliklardan qochish uchun o‘qiydilar.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan motivlarining mohiyati teng baholanmaydi. Eng 
ta’sirlilaridan: kelajak motivi, obro‘ motivi va qiziqishni anglash motividir. O‘quvchilarda 
qiziqish motivini jamiyatdagi va shaxsiy hayotidagi maqsadlari bilan bog‘lash orqali, egallashi 
lozim bo‘lgan kasbga tegishli bo‘lgan kasbiy fanlarning nazariy va amaliy asoslarini o‘rgatish 
orqali uni chuqurlashtirish yo‘li bilan intellektual, ongli va erkin qiziqishlarga aylantirishimiz 
mumkin bo‘ladi. Mutaxasslikka kirish davridan boshlab o‘quvchining emotsional-ijobiy 
xususiyatlarini rivojlanishiga yordam beradigan, qiziquvchanlik va emotsional-motorli 
qiziqishlarning rivojlanishiga yordam beruvchi sharoitlarni yaratilishi zarur. Har qanday kasbni 
o‘rganish negizida kasbiy bilimlarni, mahorat va malakalarni egallash bilan bog‘liq o‘ziga xos 
fan faoliyati, shuningdek tanlagan kasb doirasida faoliyat olib borganda paydo bo‘luvchi ilmiy 
qonuniyatlarni o‘rganish va egallash yotadi. Ta’lim jarayonida ta’lim beruvchining asosiy 
vazifasi, ta’lim oluvchining nafaqat o‘quv materiallarini muvaffaqiyatli egallashini ta’minlash, 
balki o‘quvchida uni qiziqish bilan qabul qilish hamda o‘zini anglashiga va kasbiy qiziqishining 
rivojlanishiga ham yordam berish lozim. 
Kasbning insonga quyidagi umumiy talablari “Kasbni to‘g‘ri tanlash shartlari” sxemasi 
yordamida tushuntiriladi. 
Agar qiziqishlar “bilimni istayman” degan formula bilan ifodalaniladigan bo‘lsa, mayllar 
“bajarishni istayman” degan formula bilan ifodalaniladi. Xayvonlar to‘g‘risidagi kitoblarni 
o‘qishga bo‘lgan qiziqish to‘g‘risidagi kitoblarni xayvonot bog’iga borib turishni yaxshi ko‘rish, 
“Xayvonot olamida” deb ataladigan televizion ko’rsatuvning birortasini qo’ymay ko’rib borish 
boshqa-yu haqiqiy jonivorlarni har kuni parvarish qilish natijasida hosil qilinadigan bir olam 
quvonch boshqadir. 
 
Vaqtinchalik - 
Epizodik 
barqaror 
Shaxs qobiliyatlarining kasbiy bilimlarga ega bo‘lishlarida alohida ahamiyatga ega 
ekanligini qator mutaxasisslar o‘z tadqiqotlarida asoslab o‘tganlar. Qobiliyatlar qiziqish va 


24 
QOBILIYAT 
KASB 
TANLASH 
MAILLAR 
mayllar bilan bog‘liq bo‘ladi. Odamning kasbga layoqatini ko’rsatuvchi belgilarning ajralmas 
qismi. Xush, qobiliyatning o’zi nima? Odamning biror faoliyat sohasida muvaffaqiyat 
qozonishga yordam beradigan har qanday individual psixologik xususiyatni qobiliyat deb 
hisoblash mumkin.
Qobiliyatni faqat bilim va malakalardan iborat deb, hisoblab bo’lmaydi. Masalan, agar 
odam xidlarni bir-biridan farqini yaxshi bilsa va ularni esda saqlab qola olsa, u holda bunday 
fazilat – degustator uchun oshpaz va boshqa shunga o’xshash kasbdagi kishilar uchun juda zarur 
bo‘lgan qobiliyat hisoblanadi. 
Hamma uchun zarur bo‘lgan umumiy qobiliyatlar yoki juda ko‘p kasblar va faoliyat 
turlari uchun zarur bo‘lgan qobiliyatlar ayrim kasblar yoki nisbatan tor doiradagi kasblar uchun 
muhim hisoblangan maxsus qobiliyatlar bo‘ladi. 
Maktabda olib boriladigan aktiv o‘quvchi faoliyati sizning har biringizga o’z aqliy 
qobiliyatlaringizni va eng avvalo tafakkur tiniqligini, mantiqan to’g’ri fikrlashni, tafakkurning 
mustaqil va original bo‘lishini, topqirlikni, chuqur mulohaza qilingan, aqliy teranlik va o’ziga 
tanqidiy munosabatda bo‘lishni rivojlantirish imkonini beradi. Irodaviy sifatlarni, ya’ni: dadillik, 
qat’iyat, intizomlik, o’ziga va o’z kuchiga ishonish, o’zini idora qila bilish, og’ir, vazmin bo‘lish 
singari fazilatlarni rivojlantirishga ham harakat qilish kerak. Mana shu sifatlarning hammasi 
birga qo‘shilib, mehnatga bo‘lgan qobiliyatni ta’minlaydi. 
Albatta kasbga doir rejaning yagona bir shaklini tavsiya etish qiyin – uning mazmuni ham 
tuzilish yo’li ham kishining aql-idrokiga, uning umumiy bilim saviyasiga, e’tiqodi va boshqa 
ko‘p narsalarga bog’liq bo‘ladi. Shuning uchun biz mana shu aytilgan omillarning faqat eng 
asosiysi ustida rejada, albatta, ko‘rsatilishi shart bo‘lgan omil to’g’risida to‘xtalib o‘tamiz. 
Ko‘zda tutilgan asosiy maqsad rejaning negizini tashkil etilishi kerak, ya’ni unda nima 
ish bilan shug‘ullanish, kim bo‘lib yetishish, umumxalq ishga qanday hissa qo‘shish, bu ishda 
kimlarga tenglashishi o‘z aksini topmog‘i kerak. Shundan keyin mazkur maqsadga erishmoq 
uchun har bir kishi o’z imkoniyatlariga, qiziqishlariga, mayllariga va qobiliyatlariga, 
salomatligiga, irodaviy sifatlariga real baho berishga harakat qilib ko‘rish zarur. O‘z 
maqsadingizga yetishish yo’lida uchrashish mumkin bo‘lgan qiyinchiliklarni ham oldindan ko‘ra 
bilish kerak, bu holda iztirob chekishning oldini olish va mabodo zarur bo‘lib qolsa, tanlangan 
kasbni boshqasi bilan almashtirish imkonini beradi. Shuning uchun bir nechta zapas variantlarni 
ham nazarda tutish maqsadga muvofiq. 
Kasbga doir rejada kishining o‘z-o‘zini tarbiya qilish programmasi: kishini professional 
jihatidan muhim bo‘lgan qanday fazilatlarni, shakllantirishga va rivojlantirishga, o‘z sog‘ligini 
qanday qilib mustahkamlash mumkinligini va shu singari tarbiyalar ham o‘z ifodasini topish 
kerak. O‘quvchilarning bilish-kasbkorlik faoliyatining asosiy sifatlari va jarayonlarini kasbiy 
qiziqishning to‘rtta jihati bo‘yicha “Mezonlar jadvali” tegishli ballar bilan hisobga olinadi. 
Jadvallar plakatdan ko‘rsatiladi, tushuntiriladi. 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin