Мавзу: “Касбий билимлар асосида кўникмаларни шакллантиришнинг психологик жихатлари



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/40
tarix10.04.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#95813
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   40
TA’lim vazirligi

Ikkinchi bob bo‘yicha xulosa. 
Demak, o‘quvchilarning kasbiy layoqatlari va ularning kasbga bo‘lgan munosabatlarini 
rivojlantirish uchun kasb ko‘nikmalarini shakllantirish asoslari, kasb tanlashga yo‘llash 
sistemasining bosqichlari va kasb tanlashda asosiy mezonlarga e’tibor berish maqsadga 
muvofiqdir. 
Bu jarayonlarning nazariy jihatdan o‘rganar ekanmiz, kasbiy bilimldarni egallashlarida 
o‘quv jarayonining amaliyot bilan uyg‘unligini ta’minlash kasb hunar kolleji o‘quvchilarini 
kasbiy qiziqishlarini rivojlantirish bilan birga ularning kasbiy ko‘nikmalarini ham rivojlantiradi. 
O‘quvchilarning qobiliyatlarini aniqlash va rivojlantirish, kasb tanlashning ijtimoiy qimmatli 
motivlarini tarkib toptirish, o‘z professional mavqeini belgilashda ko‘maklashish ularning kasbiy 
bilimlariga tayanishi o‘qtirish zaruriy holatdir. 
Kasbga yo’llash ishlarining ijtimoiy ahamiyatini oshirish, mutaxassislarga qanday 
talablar qo‘yilishini aniqlashtirish, kasbga yo‘naltirish ishlarini o‘tkazish zaruriyatidan kelib 
chiqib kasbiy bilim va ko‘nikmalarning ijtimoiy psixologik mazmunini va ahamiyatini belgilab 
beradi. 
O‘quvchilarning kasb faoliyati har xil turlariga bo’lgan qiziqish va maylni rivojlantirish 
kasbga yo’naltirishning muhim tarkibiy qismi ekanligini e’tirof etish maqsadga muvofiqdir. 
Yoshlarni mehnatga tayyorlash yangi masala emas, hozir bu masalani ta’lim-tarbiya nazariyasi 
bilan uzviy birlikda ko’rib chiqish lozim, Kasbga yo’naltirish muammosiga ko‘ra tarkib topgan, 
ilmiy yo’nalishlarni rivojlantirish – eng muhim vazifalardan biridir. 


26 
III BOB. Kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirishni amaliy asoslari 
3.1 Kasbiy bilimlar asosida ko‘nikmalarni shakllantirish usullari 
(ko‘nikma, malaka) 
Tug‘ma instinktlardan farqli o‘laroq inson xatti-xarakatining ko‘p qismi hayot tajribasida 
ortirilgan ko‘nikmalardan iboratdir Kasbiy ko‘nikmalar haqida gapirar ekanmiz kasbga 
tayyorgarlik bosqichi ishtirokchisining o‘z funksiyasi va rolini bajarishi uchun talab etiladigan 
usul, uslub, kasbiy madaniyatdagi odatlarni, stereotiplarni tushuniladi. 
Ongli xarakatlar kasbiy malaka va ko‘nikmalarning alohida shakli bo‘lib, u kasbga 
tayyorgarlikga nisbatan ong xarakatining maqsadlari uchun xizmat qiladi. 
Kasbiy bilimlar bilan ko‘rollantirishning maqsadi ijtimoiy xarakterga ega bo‘lishini 
ta’minlash, har xil ishtirokchilarni birlashtirish uchun turli usullar qo‘llaniladi. Avvalo bu 
masalani turli dasturlar, sxemalar, tadbirlar, korxona ta’lim muassasasining o‘zaro xamkorligi 
asosida yechadilar. 
Kasbiy bilimlarga ega bo‘lish va ko‘nikmalarni shakllantirish uchun talabalarning 
mustaqil faolligi, qiziqishlari va ta’sir darajalari alohida axamiyat kasb etadi. 
Yuqorida ko‘rsatilgan kasbiy bilimlarning uch shakli:

instinktlar,

ko‘nikmalar va

ongli xarakat-analitik maqsadda qo‘llaniladi. 
Zamonaviy ijtimoiy psixologiya va kasb psixologiyasining kasbiy madaniyatning 
ko‘plab nazariy modullarida namoyon bo‘ladi. Lekin barcha yo‘nalishlar, tadqiqotlar 
strategiyalarga kiritiladi. 
Birinchisi shaxsni ta’sir ob’ekti sifatida mashina vintchasi deb tasavvur qiladi. Ikkinchisi 
guruh tadqiqotchilari boshqa fikr, ya’ni inson faqat tashqi ta’sir ob’ekti bo‘libgina qolmasdan, 
faoliyatning rivojlanishining maqsadi, uning faol sub’ekti deb hisoblaydilar. Bu esa o‘z 
navbatida ijtimoiy psixologiya va kasb psixologiyasida shaxsni yoki guruhni kasbiy faoliyatga
kirish mexanizmi, ob’ektiv qonuniyligi va faktorini ochish tarzida o‘rganishni taqozo etadi. 
Ijtimoiy – siyosiy jarayonni individ tomonidan psixologik qabul qilishi milliy omilga xam 
bog‘liq bo‘ladi.Talabalarning kasbiy bilimlarini oshirish orqali ulardagi kasbiy ko‘nimalarni 
shakllantirida ularning qiziqishlarini alohida ahamiyatga ega ekanligi yuqorida e’tirof etilgan edi. 
Kasbiy qiziqishlarning o‘quvchilar faoliyatidagi o‘rnini yuqoridagi tahlillar asosida 
muhim ekanligiga ishonch hosil qildik. Kasbiy qiziqishlarni o‘rganish psixologiyada juda ko‘p 
ilmiy tadqiqotlar mavzusi sifatida o‘rganilgan va amaliy tahlil qilingan ekan, biz o‘z 
tadqiqotimizni ana shu tadqiqotlarning bugungi o‘quvchilar faoliyatidagi kasbiy qiziqishlarni 
o‘rganish orqali qiyosiy tahlil qilishga harakat qildik. Ma’lumki shaxsning barcha qobiliyatlari 
uning qiziqishlarining qay darajada shakllanganliga bog‘liq holda rivojlanadi. Shu nuqtai-
nazardan o‘quvchilar kasbiy qiziqishlari ularning ehtiyojlari, kelib chiqishi, kasblar haqida 
qanchalik ma’lumotlarga egaligi, kelajak orzulari bilan bog‘lik bo‘ladi. 
Shaxsning kasbiy bilimlarini aniqlash muammosi X1X asrning oxiri – XX asrning 
boshlariga kelib izchil hal qilina boshlandi. Xorijda bunday ishlar Spirmen, Bine, Ayzenk va 
boshqalar tomonidan o‘rganildi. Ular kasbiy bilim va ko‘nikmalarni o‘rganish uchun maxsus 
testlardan foydalandilar. Bu testlarning umumiy mohiyati shundaki, ularda topshiriqlar tizimi 
tobora qiyinlashib boruvchi testlar-topshiriqlar batareyasidan iborat bo‘ladi.
Kasblarni klassifikatsiyalashning turli usullari, ularni egallash yo’llari, kasbning insonga 
qo’yadigan talablar bilan tanishishidan tashqari, o’z qiziqshlari mayl va qobiliyatlarini 
aniqlashning ba’zi amaliy ko’nikmalarini ham o‘zlashtirishi zarur. Shu maqsadda ularga qiziqsh 
kartasi, mayillikni baholash kartasi va hokazolarni to‘ldirish kabi topshiriqlarini bajartirish 
ko’zda tutiladi. Bu tadbirlar har bir o‘quvchiga o‘z imkoniyatlarini haqiqiy baholash va ularni 
muayyan kasbning insonga qo‘yadigan talablari bilan taqqoslash imkonini beradi. Kasbiy 
bilimlarni egallash va kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirishda o‘quvchi qobiliyatlarining har bir 
yo‘nalishga hos shakllanganlik darajasi ham muhim ahamiyatga ega. Bu boradagi psixolog 
olimlarning olib borgan tadqiqot natijalariga e’tibor berganimizda, masalan, Ayzenkning 


27 
mashxur intellekt testi 40 ta topshiriqdan iborat bo‘lib, u intellektual jarayonlarning kechishi 
tezligini o‘lchaydi. Bu yerda vaqt mezoni muhim hisoblanadi. Boshqa mualliflar sekin ishlash – 
qobiliyatsizlik belgisi emas deb, boshqacharoq usullarni o‘ylab topganlar. Ko‘pchilik olimlar 
uchun, masalan, rus olimlari uchun qobiliyatni o‘lchashning ishonchli mezoni – bu shaxs 
yutuqlarini va uning qobiliyatidagi o‘zgarishlarni bevosita faoliyat jarayonida qayd etishdir.
Rus olimi Ye.A. Klimov yoshlar iqtidorining yo‘nalishini aniqlash maqsadida faoliyat va 
kasb-hunar sohalarini asos qilib olib, metodika yaratdi va uning “Professional-diagnostik 
so‘rovnoma” deb atadi. Shunday qilib, u barcha kasblarni ularning yo‘naltirilgan sohasiga ko‘ra 
5 toifaga bo‘ldi:
P(T) - tabiat (usimlik, hayvonlar, mikroogranizmlar);
T - texnika (mashina, materiallar, energiyaning turlari) ;
Ch(O)- odam (odamlar guruhi, jamoalar); 
Z (B)- belgilar (turli ma’lumotlar, belgili simvollar); 
X (I)- badiiy, ijodiy obrazlar (tasviriy san’at, musiqa). 
Bu metodik yordamida o‘quvchilarning kasbi yo layoqatlari aniqlanadi va ularning to‘g‘ri 
kasbga yo‘naltirish imkonini beradi. 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin