Мавзу: “Касбий билимлар асосида кўникмаларни шакллантиришнинг психологик жихатлари


Differensial-diagnostik so‘rov va uni qo‘llash usullari



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/40
tarix10.04.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#95813
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   40
TA’lim vazirligi

 
Differensial-diagnostik so‘rov va uni qo‘llash usullari 
O‘quvchilarni hunar ta’limiga munosabati ularning shu tanlagan kasblari faoliyatining har 
xil turlariga nisbatan bo‘lgan oldindan shakllangan moyilliklari va qiziqishlariga mos kelishiga 
juda kuchli bog‘iliq bo‘ladi. 
Proforiyentatsiya masalalari bilan uzoq yillar shug‘ullangan yetakchi psixolog olim Ye. 
A. Klimov kasblarining bob asosiy tipini farqlaydi: 
- odam-tabiat (qishloq xo‘jaligi, biologiya, zologiya, geologiya va sh.i) 


30 
- odam-texnika (mashinasozlik) 
- odam-odam (maishiy xizmat soxasi, savdo, maorif va boshqalar) 
- odam-belgilar sistemasi (operatorlik tipidagi kasblar, transportchilik va boshqalar) 
- odam-badiiy obraz (artislik, tasviriy san’at va boshqa) 
- o‘quvchi faoliyatining u yoki shunga bog‘liq holda kasbga yo‘nalishi bu turini ma’qul ko‘rishni 
???vaganligini??? aniqlash uchun Ye.A.Klimos Diffrentsial-diagnostik so‘roq (DDS)ni ishlab 
chiqqan. Ushbu metodika maktablarda, maktablararo o‘quv ishlab chiqarish kombinatlarida keng 
qo‘llanilgan. Bundan ayniqsa guruhlarga o‘quvchilarni tanlab olishda, ya’ni mehnat ta’limining 
boshlanish bosqichlarida (qachonki xal kasbni o‘zgartirish mumkin bo‘lgan davrlarda) qo‘llash 
yanada maqsadga muvofiq bo‘lgan uslubiyatdir. 
Bu uslubiyat qulay, ixcham va uni bajarish, natijalarni qayta ishlash o‘quvchilardan va 
tadqiqotchidan katta qiyinchilik va ko‘p vaqt talab qilmaydi. O‘quvchilar so‘roq varaqasida 
keltirilgan takliflardan birini tanlashi kerak. Tasdiqlar quyidagilardan iborat. 
 
“Men ma’qul ko‘raman” Differentsial-diagnostik so‘roq. 
Agar sizga taklif etilgan ikki imkoniyatdan faqat birinigina tanlashingizga (ularning har 
ikkalasining yoqish yoki yoqmasligidan qat’iy nazar) to‘g‘ri kelgudek bo‘lsa, siz qaysi birini 
ma’qul ko‘rgan bo‘lardingiz? 
1. a. Xayvonlarga qarash ularni boqish, 
1. b. Mashina, priborlarga xizmat qilish (ularni kuzatib turish, qayd qilish). 
2. a. Bemor kishilarga yordam berish, parvarish qilish,
2. b. Jadvallar, sxemalar, hisoblash mashinalari uchun dasturlar tuzish. 
3. a. Kitob bezaklari, plakatlar, badiiy otkritkalar, gramplastikalar sifatini kuzatib borish, 
3. b. O‘simliklarning xolatini o‘sishini kuzatish. 
4. a. Materiallarni (yog‘och, gazlama, metall, plastmasa va x.k.) qayta ishlash, 
4. b. Mahsulotlarni iste’molchilarga yetkazish (reklama qilish, sotish). 
5. a. Imiy ommabop kitob, maqolalarni muhokama qilish, 
5. b. Badiiy kitoblarni (p’esa, konsertlarni) muxokama qilish. 
6. a. Biron-bir zotli (porodali) kichik xayvonni boqish, parvarish qilish, 
6. b. O‘rtoqlaringiz (yoki o‘zingizdan kichik bolalar)ni biron-bir faoliyati, mehnat, o‘qish, 
sportni bajarish uchun shug‘ullanish. 
7. a. Rasm, tasvirlardan nusxalar ko‘chirish (yoki musiqa asboblarini sozlash, tuzatish), 
7. b. Biron-bir yuk tashuvchi (ko‘taruvchi vositalarni) kran, traktor, teplovoz va boshqalarni 
boshqarish. 
8. a. Odamlarga (ma’lum berish, xayotdan saboqlar) kerakli ma’lumotlarni berish, tushuntirish, 
8. b. Jadvallar, matnlar, rasmlardan xatolarni qidirib topish va tuzatish. 
9. a. Buyumlar, narsalar (qiyin texnika)ni, uy-joyni ta’mirlash, tuzatish, 
9. b. Jadvallar, matnlar, rasmlardan xatolarni qidirib topish va tuzatish. 
10. a. Xayvonlarni davolash, 
10. b. Hisob-kitob ishlarini bajarish. 
11. a. O‘simliklarni yangi navlarini yaratish, 
11. b. Sanoat mahsulotlari (mashinalar, kiyimlar, uy, oziq-ovqat mahsulotlari va sh.q)ning yangi 
turlarini loyihalashtirish, tuzish. 
12. a. Odamlar o‘rtasidagi nizo, janjallarni xal qilish (ishontirish, tushuntirish, rag‘batlantirish), 
12. b. Chizmalar, sxemalar, jadvallarni o‘rganish (tekshirish, aniqlash, tartibga keltirish). 
13. a. Badiiy xavaskorlik to‘garaklari ishlarini o‘rganish, kuzatish, 
13. b. Mikroblar hayotini o‘rganish, kuzatish. 
14. a. Tibbiyot uskunalarini, apparatlarini ishlatish, ularga xizmat qilish, 
14. b. Odamlarga yaralanganda shikastlanganda, kuyganda va sh.q. tibbiy yordami ko‘rsatish. 
15. a. Kuzatilayotgan xodisalar, voqealar, o‘lchanilayotgan ob’ektlar va boshqalar haqida aniq 
hisobotlar yozib borish. 
15. b. Voqealar (kuzatilayotgan yoki ular haqida o‘qigan)ni badiiy ifodalash. 


31 
16. a. Kasalxonada laboratoriya analizlarini qilish, 
16. b. Bemorlarni qabul qilish, ularni tekshirish, ular bilan suhbatlashish va ularni davolashga 
yo‘llash. 
17. a. Xona devorlarini, detallar sirtini bo‘yash va bezash, 
17. b. Binolarni montaj qilish yoki mashina priborlarini yig‘ish. 
18. a. Tengdoshlaringiz yoki kichik yoshdagi bolalarni (teatr, muzeylarga) madaniy 
sayoxatlarini, ekskursiyalarini va sh. k. tashkil etish, 
18. b. Saxnada o‘ynash, konsertlarda ishtirok etish. 
19. a. Chizmalar bo‘yicha (detallarni, buyumlar, mashina kiymlari)ni tayyorlash, binolar qurish, 
19. b. Chizmachilik bilan shug‘ullanish, chizmalar, kartalardan nusxalar ko‘chirish. 
20. a. O‘simliklar kasalliklari va bog‘, o‘rmon zararkunandalariga qarshi kurashish, 
20. b. Klavishli mashinalarda (yozuv mashinasi, teletayp va boshqalar) ishlash. 
Sinaluvchilarga (o‘quvchilarga) quyidagicha javob varaqasi tarqatiladi va ularga u yoki bu 
savolning tegishli javobi, harfi to‘g‘risiga “ + “ belgisini qo‘yib javob berishlari lozim. 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin