20
sinflar bo’yicha targ’ib qilishni tavsiya etish juda ham qiyin. Bu narsa maqsadga muvofiq
bo’lmasa ham kerak.
Bunda kasbni targ’ib qilishning ba’zi yo‘nalishlarigina qayd qilib o’tish mumkin. Bu
mehnat faoliyatining sevimli turiga muhabbatni shakllantirish,
boshqa oddiy kasblar bilan,
so’ngra o‘quvchilarning yoshi va bilimlariga qarab, mamlakat xalq xo’jaligi va konkret
mintaqani yaqin 10-15 yil mobaynida kadrlarga bo‘lgan talab ehtiyojini hisobga olib, bir muncha
murakkab kasblar bilan tanishtirishdir. Targ’ibot mazmuni jihatidan chuqur bo‘lishi, yoshlarning
ko’z o’ngida unchalik ommabop bo’lmagan kasblar nufuzuni oshirishi ham muhimdir.
O‘quvchilarning kasb faoliyati har-xil turlariga bo‘lgan qiziqish va maylni rivojlantirish
kasbga yo‘naltirishning muhim tarkibiy qismidir. Agar shunday qiziqish bo‘lmasa,
yigit yoki
qizni kasbni to‘g‘ri tanlashga tayyorlash mumkin emas. Kasbga bo‘lgan bunday mayl va ishtiyoq
kasbga bo‘lgan qiziqishni shakllantiradi va tarbiyalash, ushbu kasbga hurmat bilan qarash,
mehnatga muhabbatni, ishga psixologik shaylikni tarbiyalash singari elementlardan tarkib topadi.
Bir qancha maktablarning tajribasi shuni ko‘rsatadiki, o‘quvchilarda kasbiy
faoliyatning har-xil
turlariga bo‘lgan qiziqish va ishtiyoqni rivojlantirishga o‘quvchilarni bir maqsadni ko‘zlab
mehnat ta’limini berish va ularni ijtimoiy foydali mehnat bilan band qilish ta’sir o‘tkazmoqda.
Ko‘p kasblar bilan nazariy tanishib qolmay, balki bir muncha ommaviy kasblarni bilish, ishlab
chiqarish jamoalariga qo‘shilish uchun zarur bilim va ko‘nikmalarni egallash o‘quvchilarning
kasb tanlashiga imkon beradi. Maktab o‘quvchilariga mehnat ta’limini berish va tarbiyalashning
sobitqadamliligi har bir iqtisodiy rayonning va mamlakatning ijtimoiy ishlab chiqarishni
rivojlantirish tendentsiyalariga muvofiq ularning kasbiy ideallarini shakllanishini ta’minlaydi.
Faoliyatning samarali bo‘lishi uchun o‘quvchilar bilan ishlashga e’tibor berish, har bir kishining
shaxsiy xislatlari va imkoniyatlariga mos bo‘lgan mashg‘ulotni topish mumkin.
Dostları ilə paylaş: