Мавзу: “Касбий билимлар асосида кўникмаларни шакллантиришнинг психологик жихатлари


II BOB. Kasbiy bilimlar asosida ko‘nikmalarni shakllantirishning psixologik jihatlari



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/40
tarix10.04.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#95813
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   40
TA’lim vazirligi

II BOB. Kasbiy bilimlar asosida ko‘nikmalarni shakllantirishning psixologik jihatlari. 
2.1. Kasbiy ko‘nikmalarini shakllantirish asoslari 
Prezidentimiz Islom Karimovning ta’kidlashicha, "Ma’naviyat turli xalqlar va mamlakatlar 
kishilarini qon-qarindosh qiladi. Ularning taqdirini o‘zaro hurmat asosida yaqinlashtiradi. 
Bizning ma’naviyatimiz asrlar davomida million-million kishilar taqdiri bilan shakllangan. Uni 
o‘lchab ham, poyoniga yetib ham bo‘lmaydi. U inson uchun butun bir olam". 
Aqliy kamolotga erishish irodaviy xatti-harakatlar, uzluksiz faollik, fidoiylik, bilimga 
chanqoqlik kabilarning bosqichma-bosqich, asta-sekinlik bilan amalga oshadigan jarayondir. 
Mustaqil fikrlash bu faxmlash, anglash, fikr yuritishdan boshlanadi. Anglash biror-bir 
g‘oyani tub mazmuniga tushunib yetish. Mushohada – shu g‘oyani mantiqan talqin qilish. 
Tafakkur – inson ongidagi mavjud ilmiy va hayotiy bilimlar majmualaridan keragini 
saralab olish va amaliyotda qo‘llash. 
Yuqorida sanab o‘tilgan yo‘nalishlar asosida talaba yoshlarning hulq madaniyatini 
shakllantirish muhimdir. Chunki, talaba ana shu ma’naviy muhitda o‘z faoliyatini amalga 
oshiradi, o‘zligini anglaydi. Ma’naviy bilimi bilan muloqotga kirishadi. Shuning uchun talaba 
yoshlarning hulq madaniyatini shakllantirish samaradorligini ta’minlash ma’naviy muhitga 
bog‘liqdir. 
Talaba yoshlarning hulq madaniyati, ma’naviy harakatlarining samarasi o‘qituvchi (rahbar) 
va talabaning o‘z faoliyatlariga bo‘lgan munosabatlari bilan belgilanadi. Shuning uchun ham 
o‘qituvchi yoki rahbar ma’naviy merosning tarixiy taraqqiyot bosqichlarini o‘rganishi, amaliy 
faoliyatda ularga tayanishi shaxsning hulq madaniyatini shakllantirishda beqiyosdir. Bunday 
yondashuv ta’lim-tarbiya jarayonining ishtirokchilaridan o‘qituvchi-talabalardan ijodkorlikni 
talab qiladi. 
Talabalarning ma’naviy sifatlarini shakllantirishda ularga o‘tmish, adabiyot, tarix, milliy 
urf-odatlar, an’analar haqida bilim berish o‘qituvchidan doimo faollik bilan munosabatda 
bo‘lishni talab qiladi. Talabaning ma’naviy ehtiyojini qondirish, qiziqishini o‘stirish mustaqil 
ishlar, har xil ijodiy ishlar (insho, referat va boshqa) orqali amalga oshiriladi. Mustaqil ishlar 
o‘qituvchi va talaba faoliyatining uzviy bog‘langan tamonlaridir. Mustaqil va ijodiy ishlarda 
talaba o‘z ustida mehnat qiladi, ijodiy izlanadi, o‘z nuqtai nazari, qarashlarini shakllantirish bilan 
birga dunyoqarashi va ma’naviy saviyasini namoyon etadi. Mustaqil ishlash ko‘proq darslik 
ustida ishlash, manbalarning mazmunini tahlil etish, ma’ruza, referat, konspekt tayyorlash, ijodiy 
insho yozish (chet tilida ham) kartochkalarga yozma javob berish, turli jadvallar, diagrammalar 
sxemalar tuzishni taqozo etadi. Bularning bari izlanuvchanlikni talab qiladi. Mustaqil ishlar
seminarlarni tashkil etishda 4 xil manbaalarga asoslanadi. 
1. Darslik materiallariga. 
2. Ma’naviy meros, hisoblangan xalq og‘zaki ijodi diniy manbalar, mumtoz adabiyot va 
boshqalar. 
3. Ommaviy axborot vositalari materiallariga (jurnal, gazetalar, radio, eshittirishlar, oynai 
jahon ko‘rsatuvlari); 
4. Hayotiy misollarga (oilaviy-maishiy an’analar, urf-odatlar, rasm-rusmlar, ma’naviy 
qadriyatlar va h.k).
Og‘zaki mustaqil ish turlari va o‘rganilayotgan mavzuning mohiyatini talabalar amaliy 
faoliyatida mustahkamlashtirishga yo‘naltirilgan ba’zi bir yozma shakldagi mustaqil ishlar 
(insho, savollarga yozma javob topish, jadval, diagramma, kartochkalarni to‘ldirish)dan aralash 
dars shaklida keng foydalanish yaxshi natija beradi. Chet-tili, adabiyot darslarida, o‘yin 
holatlaridan foydalanish samarali foyda beradi. Masalan, adabiyot darslarida "Allomalar 
mehmonimiz", "Temuriy ijodkorlar", "Bugungi davr – allomalar ko‘zi bilan" kabi munozaralar, 
bahslarni tashkil etish mumkin. Metodika darslarida esa "Sharq allomalarining tarbiya haqidagi 
fikrlari va ularning ma’naviy merosi haqida talabalarning o‘zaro fikr almashishlarni tashkil etish 
juda foydali.


19 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin