Mavzu Kasbiy psixologiya mutaxassislik fani haqida tushuncha. R
Sub’ektiv asosga nisbatan ob’ektiv asosning birlamchiligi tamoyili psixika moddiy bo‘lmasa ham moddiylikdan ayri holda yashay olmasligidan kelib chiqadi. SHaxsni o‘rganishda biz psixik faoliyatning ko‘plab tashqi ko‘rinishlariga duch kelamiz. Ulardan asosiylari:
og‘zaki va yozma nutq. Psixolog uchun shaxsning o‘zi (shaxsiy hisobot ma’lumotlari) haqidagi mulohazalari g‘oyat muhim hisob- lanadi. Nutq orqali shaxslarning fikrlari, hissiyotlari, qarash- lari, intilishlari, bilimi va boshqalar haqida xulosaga kelish mumkin;
shaxs faoliyatining mahsuli. SHaxslar psixikasi haqida ularning o‘z qo‘llari bilan yasagan buyumlar, asbob-uskunalar, turli yasamalar, rasmlar va boshqalar aniqroq ma’lumot beradi;
psixik faoliyatning tashqi ko‘rinish va tanada namoyon bo‘lishi. Bu ko‘z qarashining ma’nodorligi, yuz mimikasi, imo-ishora, nafas olish va qon aylanishining o‘zgarishi, miya elektr faolligining o‘zgarishi va hokazo.
SHuni ham ta’kidlab o‘tish zarurki, bunday holatda faqat psixikaning tashqi namoyon bo‘lishigina emas, balki psixikaning o‘zi tashqi namoyon bo‘lishiga qarab ham o‘zgaradi. Bu fanda determenizm tamoyili deb nomlanadi.
Psixikani tashqi namoyon bo‘lish shakli orqali o‘rganish vositali bilish deyiladi. Psixologiya fani tarixida uzoq yillarga qadar psixikani o‘rganishning asosiy metodi sifatida o‘z-o‘zini kuzatish (introspektsiya) metodidan foydalanib kelingan. Biz o‘z ichki dunyomizni bevosita his qilamiz. Psixologiya uchun o‘z-o‘zini kuzatish metodi o‘ta qulay tuyuladi. Lekin masalaga bunday qarash xatodir, chunki o‘z-o‘zini kuzatish ko‘pincha umumiydan oddiy yoki tasodifiyni farqlash imkonini bermaydi, psixik faoliyat jarayonini noto‘g‘ri ko‘rsatadi.
Psixika taraqqiyotida faoliyatning etakchi o‘rin tutishi tamoyili inson psixikasining mehnatda yuzaga kelishi va faoliyatda tarkib topishidan kelib chiqadi. SHunga ko‘ra, psixikani kishining amaliy faoliyatidan ayri holda o‘rganish mumkin emas.
Nazariya bilan amaliyotning bog‘liqligi tamoyili nazariya amaliyot uchun asos ekanligini, u o‘z qobig‘iga o‘ralib olmasdan amaliyot uchun yangi-yangi yo‘nalishlar ko‘rsatishni anglatadi.
Kasbiy psixologiya fanining bu tamoyillari birgalikda qo‘llaniladi va ular har bir aniq psixologik metodning asosini tashkil qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
1.Qodirov B.R., Qodirov I.B. “Kasbiy tashxis mеtodikalari to`plami”Toshkеnt, 2003 yil 28 bet
2.Qoziеv E.Q., Mamеdov K.K. “Kasb psixologiyasi” Toshkеnt 2003 yil 30 bet 3.Z.Ibodullaev. Tibbiet psixologiyasi. T., 2008 yil darslik. 60 bet
Xulosa Kasbiy psixologiya fani ham ma’lum bir psixologik qonuniyatlarni o‘rganadi va ularni amalda qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi. Psixologik qonuniyat u yoki bu ruhiy hodisani keltirib chiqaruvchi va rivojlantiruvchi sabab bilan natijaning ichki bog‘liqligidan iboratdir. Bunday psixologik qonuniyatlardan biri ma’lum sharoitda u yoki bu ruhiy hodisaning takror namoyon bo‘lishidir. Psixologik qonuniyatlarni bilish – muayyan psixik hodisani tushunish, oldindan ko‘ra olish va ularni qayta tiklash imkonini beradi. SHuningdek, muxandis xodimlariga fuqarolarning ruhiy faoliyatlari umumiy xususiyatlarini chamalab ko‘rishga, fikr yuritish va xulq-atvorlarini belgilashga, ayniqsa, jinoyatchi shaxsining qilmishlarini ochish ishlarini tashkil qilishda xatoga yo‘l qo‘ymasliklarida yordam beradi. Har bir xodim shaxsning individual xususiyatlarini, sof tasodifiy holatlarni keltirib chiqaradigan boshqa narsalarni hamisha o‘rganib borishi va hisobga olishi shart.