Mavzu Kasbiy psixologiya mutaxassislik fani haqida tushuncha. R
Kasbiy psixologiya fanining shakllanish tarixi, predmeti va maqsadi
Iqtisodiyotning jadal rivojlanishi, mutaxassislarning kasbiy sifatlari va shaxsiy salohiyatiga talablarning yuqoriligi, shaxs hayot faoliyatining turli sohalarida psixologik fanlar ma’lumotlaridan keng qamrovli foydalanishni talab etmoqda. Hozirgi kunda ko‘pgina insonlar o‘z kasbiy faoliyatlarini hayotiy muvaffaqiyatga erishish uchun shaxsiy shakllanishning asosi deb tushunib, psixologik qo‘llab-quvvatlanishga ehtiyojlari mavjudligini tan olmoqdalar. O‘z kasbining bilimdoni bo‘lish uchun nafakat texnik fanlarni, balki shaxslarning ruhiy holati va kechinmalarini ham yaxshi bilish kerak bo‘ladi. Bu esa har bir xodimdan psixologiya ilmining sir-asrorlaridan xabardor bo‘lish va shu asosda qonuniy xatti-harakatlarni amalga oshirishni taqozo etadi. Har qanday inson kundalik hayotida odamlar bilan uchrashib, muloqotga kirishar ekan, u o‘zining bosiq yoki qiziqqon, beparvo yoki qiziquvchan, mehribon yoki bag‘ritosh, jahldor yoki bosiq va hokazolardan iborat ichki va tashqi ruhiy olamini namoyon qiladi. Bu ruhiy holatlar ongli va ongsiz tarzda namoyon bo‘ladi. Ana shu holatlarning barchasi insonning psixikasini tashkil qiladi. Inson psixikasi moddiy va ma’naviy borliqdagi narsa va hodisalarni jonli aks etuvchi murakkab jarayon bo‘lib, u uzoq davom etgan fiziologik rivoji uyg‘unligining mahsuli hisoblanadi.
Psixika – yuqori darajada tashkil topgan materiyaning tizimli xossasi (xususiyati), sub’ekt tomonidan ob’ektiv borliqni faol aks ettirish, mazkur borliq manzaralarini sub’ekt o‘zidan uzoqlashtirmay ifodalashi, xuddi shu asnoda o‘z xulqi va faoliyatini shaxsan boshqarishdir. Psixikada o‘tmishning, hozirgi davr va kelgusi zamonning hodisalari ifodalangan, tartibga solingan1. Psixikaning asosiy vazifalari – aks ettirish – munosabat va xulq atvroni boshqarish –nazorat etishdir. Ruxiyatning namoyon bo‘lish shakllari va ularning o‘zaro bog‘liqligi ruxiy (bilish) jarayonlar (sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol, nutq va diqqat), ruxiy holatlar (hissiyot, emotsiya, bardamlik, tetiklik, qiziquvchanlik, hayratlanish, ishonchlilik, ijodiy ruhlanish), shaxs xususiyatlari (yo‘nalishlar, temperament, xarakter, qobiliyat, iqtidor, aqliy salohiyat, xulq motivatsiyasi, ish uslubi, mas’uliyat)da kuzatiladi.
SHuningdek, psixologiyada etnopsixologiya, oilaviy hayot psixologiyasi, boshqaruv psixologiyasi, shaxs psixologiyasi, sport psixologiyasi, psixodiagnostika, siyosiy va tashkiliy psixologiya kabi ko‘plab sohalar mavjudki, ularning har biri jamiyatdagi real ehtiyojlar va ularni qondirishda psixologiyaning fan sifatidagi o‘rni va maqsadidan kelib chiqadi. Texnik muxandis xodimlarning faoliyati jamiyatda mavjud bo‘lgan barcha kasblardan, avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari sifatida ish ko‘rishi bilan ajralib turadi. Ana shu faoliyat ma’lum psixologik qonunlar, usullar asosida ish ko‘rishni talab etadi. Bu esa texnik muxandis xodimlarning faoliyatida yuz beradigan psixik holat va jarayonlarni alohida fan – kasbiy psixologiya sifatida o‘rganishni taqozo etadi.
Xo‘sh, kasbiy psixologiya fanining bahs mavzui nima?
Kasbiy psixologiya, o‘z mohiyatiga ko‘ra, ijtimoiy psixologiya fani tarkibiga kiradi. SHu nuqtai nazardan qaraganda kasbiy psixologiya o‘ziga xos predmet bo‘lib, odam-texnika o‘rtasida funktsiyalarni taqsimlash va muvofiqlashtirishning xususiyatlarining nozik tomonlarini qamrab oladi. Insonning xulq-atvorini, xatti-harakatlari bilan bog‘liq jarayonlarni o‘rganadi. Psixologiya esa muayyan shaxs, uning jamiyatdagi xulq-atvori va turli faoliyatlarining o‘ziga xos tomonlarini o‘rganadi. Bundan ko‘rinadiki, har ikkala fanning ob’ekti va sub’ekti shaxs, inson hisoblanadi.
YUqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, kasbiy psixologiya ijtimoiy psixologiya tarkibida yuzaga kelgan bo‘lib, aniq faoliyat, ya’ni soxaviy, masalan, texnik muxandis xodimlarning faoliyatidagi psixologik jihatlarning muhim tomonlarini o‘rganishga bag‘ishlangan fan hisoblanadi.
Kasbiy psixologiya ilmiy-amaliy fan bo‘lib, umumiy psixologiyaning qonuniyatlarini o‘rganadi va bu faoliyat samaradorligini oshirish uchun tavsiyalar ishlab chiqadi.
Kasbiy psixologiya fani texnik muxandis xodimlarining munosabatlari, odamlarning psixik faoliyatini texnik boshqarish mexanizmlari va qonuniyatlarini o‘rganuvchi fandir. Bunda texnik muxandislik faoliyatining psixologik asoslarini o‘rganish maqsad qilib qo‘yilgan.
Kasbiy psixologiya fanining maqsadi – texnik muxandis xodimlar faoliyatining taraqqiyot qonuniyatlari, turli toifadagi shaxslar bilan o‘zaro munosabatlar jarayonida psixologik bilimlardan foydalana olish ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdan iboratdir.
Kasbiy psixologiya fanining predmeti quyidagilardan iborat:
texnik muxandis xodimlarining psixikasini har tomonlama o‘rganishdan hosil bo‘lgan bilimlar;
texnik muxandis xodimlarining ongi, ruhiyati, onglilik va ongsizlik holatidan hosil bo‘lgan xulosalar;
texnik muxandis xodimlarining shaxsining tuzilishi, uning faoliyati va faolligini o‘rganish orqali olingan nazariy va amaliy xulosalar.
Barcha fanlar singari kasbiy psixologiya fanining ham o‘z ob’ekti mavjud, ular quyidagilardan iborat:
texnik muxandis idoralar xodimlarining psixologiyasi;
texnika inson munosabatlarida inson omili va psixologiyasi;
fuqarolarning onglilik va ongsizlik holatlari;
shaxsning tuzilishi;
shaxsning faoliyati;
shaxsning faolligi va uning shakllari.
Kasbiy psixologiyaning mustaqil fan sifatida rivojlanishining 3 bosqichi mavjud:
bosqich - XIX asrning oxirida mehnatni ilmiy tashkil etishning psixologik masalalarini hal qiladigan psixotexnika yo‘nalishlarini paydo bo‘lishi, shuningdek psixotexnika taraqqiyotning asosiy masalalari bu mehnat sharoitlari va usullari, ratsionalizatsiya qilish jarayonlarni kamaytirish, ishlab chiqarish talimining shakllantirishi masalalariga etiborni ortishi.
bosqich - XX asrning boshlarida mustaqil ilmiy soha mehnat psixologiyasining rivojlanishi va bu boradagi kasbiy tadqiqot masalalari, inson psixologiyasining mehnatda namoyon bo‘lishi va shakllanishi, shuningdek kasbiy tanlov, kasbiy maslahat va mehnat ekspertizasi masalalariga doir bilimlarni yuzaga kelishi.
bosqich - XX asrning 70 yillarida inson va kasb hamkorligi muammolarning xal qiluvchi mehnat psixologiyasi va muhandislik psixologiyadagi vazifalarni paydo bo‘lishi mehnat psixologiyasining bu sohasi kasblar psixologiyasi deb nomlana boshlandi. Kasbiy psixologiya doirasida kasbiy maslahat, kasb tanlash bo‘yicha tadqiqotlar birlashtirilgan. Mustaqil fan sifatida kasbiy psixologiya yuzaga keldi va birinchilardan bo‘lib AQSHda olimlar J.Kritets va R Super ishlarida ko‘zga tashlangan.
Rus psixologi E.A Klimov tadqiqotlarida “Kasb tanlash”, “kasbga yo‘naltirish” kabi masalalarga etiborni qaratib, bu borada tadqiqot ishlarini olib borgan. Xususan, “Differentsial diagnostik so‘rovnoma” (DDS) metodikasini ishlab chiqqan. Kasbiy psixologiyaning ajralib chiqishi xozirgi kunda shaxsning kasbiy mehnatga o‘rganib ketishi emas, balki alohida kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalar hamda umuman kasblar olamiga kirib borishga asoslanadi. Kasb psixologiyasi masalalarini o‘rganish bo‘yicha G.V.Kudryavtsev, E.A.Klimov, B.F.Lomov, K.K.Platonov, K.M.Gurevich va boshqalar shug‘llanganlar.
SHunday qilib, kasbiy psixologiya fani texnik muxandis xodimlarining faoliyatidagi psixika, ong, ongsizlik kabi fenomenlarning
kelib chiqishi, rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganuvchi fandir.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati 1. .Kondakov I.M. “Diagnostika profеssionalno`x ustanovokpodrostkov” 1997y. 9-15 bet 2.Qoziеv E.Q., Mamеdov K.K. “Kasb psixologiyasi” Toshkеnt 2003 yil 26-27bet 3.Z.Ibodullaev. Tibbiet psixologiyasi. T., 2008 yil darslik. 90 bet 4. P.I.Ivanov va M.Zufarova Umumiy psixologiya. T., 2008 yil darslik. 76-80 bet 5.Z.Nishonova va Sh.Asomiddinova. Psixologik maslahat.T. 2010 yil.6-bet 6.G‘oziev E.G‘. Umumiy psixologiya. Toshkent 2010 4-8 bet 7 Qodirov B.R., Qodirov I.B. “Kasbiy tashxis mеtodikalari to`plami”Toshkеnt, 2003 yil. 10-be