Mavzu: Kasbiy psixologiya mutaxassislik fani haqida tushuncha. Reja: Kirish



Yüklə 35,23 Kb.
səhifə1/7
tarix03.04.2023
ölçüsü35,23 Kb.
#92745
  1   2   3   4   5   6   7
Mavzu Kasbiy psixologiya mutaxassislik fani haqida tushuncha. R


MAVZU: Kasbiy psixologiya mutaxassislik fani haqida tushuncha.
Reja:

  1. Kirish

  2. Asosiy qism
  1. Kasbiy psixologiya fanining shakllanish tarixi, predmeti va maqsadi

  2. Kasbiy psixologiyaning boshqa fanlar bilan bog‘liqligi.

  3. Kasbiy psixologiya mutaxassislik fani sifatida



  1. Adabiyotlar

  2. Xulosa



Kirish
Psixologiya – psixikaning kelib chiqishi, rivojlanish qonuniyatlari, shuningdek insondagi onglilik va ong osti fenomenlarining xilma-xil ko‘rinishlarini o‘rganuvchi fan. Psixologiya yunoncha “psyche” va “logos” so‘zidan olingan bo‘lib, «jon», «ruh» haqidagi fan, ta’limot degan ma’noni anglatadi. Hozirgi davr ilmida «jon» tushunchasi o‘rniga
«psixika» atamasini qo‘llash qabul qilingan. CHunki lingvistik nuqtai nazardan «jon»,
«psixika» tushunchalari aynan bir ma’noni bildiradi. Lekin «psixika» atamasi bugungi kunda «jon»ga nisbatan kengroq ma’noga, ko‘lamga ega bo‘lib, inson ruhiyatining ham ko‘zga ko‘rinuvchi, ham ko‘zga ko‘rinmas tomonlarini o‘zida aks ettiradi. Psixologiya fanining o‘rganadigan sohasiga psixika, ong va ongsizlik, shaxs va uning faolligi kirsa, uning predmetini ana shu ob’ekt haqidagi muayyan bilimlar tashkil qiladi (Ob’ekt – kishilarning diqqatini o‘ziga tortadigan moddiy va ma’naviy borliq. Predmet – moddiy va ma’naviy borliq haqidagi bilimlar).
Psixologiya fani: umumiy psixologiya, ijtimoiy psixologiya, pedagogik psixologiya, zoopsixologiya, yosh davrlari psixologiyasi, muhandislik psixologiyasi, yuridik psixologiya, harbiy psixologiya, tibbiyot psixologiyasi, savdo psixologiyasi kabi tarmoqlarga bo‘linadi. Bunda:

  • umumiy psixologiya psixik faoliyatning umumiy qonuniyatlari va ularning o‘ziga xos jihatlarini o‘rganadigan maxsus soha hisoblanadi;

  • pedagogik psixologiya kishiga ta’lim va tarbiya berishning psixologik qonuniyatlarini o‘rganishni o‘z predmeti deb biladi;

  • yosh davrlari psixologiyasi turli yoshdagi odamlarning tug‘ilganidan to umrining oxirigacha psixik rivojlanish jarayonini, shaxsning shakllanishi va o‘zaro munosabatlari qonuniyatlarini individning yoshiga mos tarzda o‘zgarishi tamoyillarini o‘rganadi;

Yüklə 35,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin