O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTAMAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI
19.20 guruh talabasi Abdumalikov Dostonbek Dilshodjon og'li Tibbiyot psixologiyasi fanidan
“Tibbiyot psixologiyasi va psixoterapiya fani metodlari” mavzusidagi
KURS ISHI
Ilmiy rahbar: ----------------------
Farg‘ona- 2022
M U N D A R I J A
KIRISH..............................................................................................................
I TIBBIYOT PSIXOLOGIYASI FANI METODLARI , PREDMETI VA TARIXI
1.1. Tibbiyot psixologiyasi fani predmeti ...........................................................
1.2. Tibbiyot psixologiyasi fani metodlari ..........................................................
1. Bob yuzasidan xulosa....................................................................................
II BOB TIBBIYOT PSIXOLOGIYASI VA KLINIK PSIXOLOGIYA TUSHUNCHALARI
2.1. Tibbiyot psixologiyasi va klinik psixologiyaning uzviy aloqalari ..................
2.2. Tibbiyot psixologiyasi fanining muammolari .................................................
2.Bob yuzasidan xulosa........................................................................................
XULOSA VA TAVSIYALAR...........................................................................
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI........................................
ILOVALAR……………………………………………………………………...
Kirish
Mavzuning dolzarbligi: Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ta’lim siyosatining muhim masalalaridan biri yosh avlodni har tomonlama barkamol insonlar qilib tarbiyalashdir. Albatta, barkamol inson deganda ma’naviy jihatdan yetuk o’z Vatanining tarixi buguni va kelajagi uchun qayg’uradigan, shuningdek jamiyatning iqtisodiy taraqqiyotiga o’z hissasini qo’shish ishtiyoqida yonib yashaydigan shaxsni tushunish bugungi kun talabiga mos keladi. Lekin ushbu tushunchaga tahliliy yondashilsa, uning naqadar serqirra murakkab va har tomonlama umuminsoniy qadriyatlarga mos kelishini idrok etish mumkin. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek: “Kelajakda O’zbekiston yuksak darajada taraqqiy etgan iqtisodi bilangina emas, balki bilimdon ma’naviy jihatdan yetuk farzandlari bilan faxrlanib kelishi lozim”.
Tibbiyot psixologiyasi tom ma’noda bemorning psixologiyasini o'rganuvchi fandir. Lekin bu ta’rif uning barcha imkoniyatlarini qamrab ololmaydi, albatta. Chunki u sog‘lom kishilarda kasallik keltirib chiqaruvchi barcha tashqi va ichki omillami ham o‘rganadi, ularning sabablarini izlaydi. Tibbiyot psixologiyasi chegara bilmas, keng qamrovli fandir. U uzoq tarixga ega bo'lib, o'zining rivojlanish bosqichida bir nechta davrlarni bosib o‘tgan. Tibbiyot psixologiyasi quyidagi asosiy masalalarni o‘rganadi: 1) bemor va tibbiyot xodimining shaxsi, ular orasidagi o'zaro munosabatlarni; 2) psixoprofilaktika, psixogigiyena va deontologiya muammolarini; 3) shifokor siri va etikasini; 4) yosh bilan bog‘liq tibbiy-psixologik muammolarni; 5) sezgi va idrok, diqqat va xotira, shaxs, xulq-atvor, temperament, stress, hissiyot, tafakkur, ong va ularning xususiyatlarini; 6)psixologik tekshirish usullarini. Shuningdek, ushbu fan psixogen va organik kasalliklarda kuzatiladigan psixologik o‘zgarishlarning etiologiyasi, klinikasi va diagnostikasini o‘rganib, davolash choralarini ishlab chiqadi. Tibbiy psixologiyaning asosiy yo‘nalishlaridan biri bu psixosomatik sindromlarni o‘rganishdir. Tibbiyot psixologiyasini boshqa tibbiyot fanlaridan ajratib o‘rganish xato bo‘lur edi.
Dostları ilə paylaş: |