Mavzu: Kasbiy psixologiyaning tadqiqot metodlari klassifikatsiyasi



Yüklə 117,13 Kb.
səhifə2/9
tarix31.03.2023
ölçüsü117,13 Kb.
#91877
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Mavzu Kasbiy psixologiyaning tadqiqot metodlari klassifikatsiya

Pedagogika bilan psixologiyaning o‘zaro hamkorligi va aloqasi an’anaviy va azaliy bo‘lib, ularning yosh avlod tarbiyasini zamon talablari ruhida amalga oshirishdagi roli va nufuzi o‘ziga xosdir. Respublikamizda amalga oshirilayotgan «Ta’lim to‘g‘risidagi Qonun» hamda «Kadrlar tayyorlashning Milliy Dasturi»ni amalga oshirish ham ikki fan hamkorligi va o‘zaro aloqasini har qachongidan ham dolzarb qilib qo‘ydi. Milliy dasturda e’tirof etilgan yangicha modeldagi shaxsni kamol toptirish, uning chuqur bilimlar sohibi bo‘lib etishishi, barkamolligini kafolatlovchi shart - sharoitlar orasida yangi pedagogik texnologiyalarini ta’lim va tarbiya jarayonlariga tadbiq etishda pedagogikaning o‘z uslub va qoidalari etarli bo‘lmaydi. SHuning uchun ham psixologiya u bilan hamkorlikda yosh avlod ongining ta’lim olish davrlaridagi rivojlanish tendensiyalaridan tortib, toki yangicha o‘qitish texnologiyalarini bola tomonidan o‘zlashtirilishi va undagi aqliy hamda intellektual qobiliyatlarga nechoglik ta’sir ko‘rsatayotganligini o‘rganish va shu asosda ishni tashkil etish psixologiyadagi metodlarni didaktik metodlar bilan uyg‘unlashtirishni taqozo etadi. Ayniksa, ma’naviy barkamollik tamoyillarini maktabda va yangi tipdagi ta’lim muassasalarida joriy etish ham shaxs psixologiyasini teran bilgan xolda o‘qitishning eng ilg‘or va zamonaviy shakllarini amaliyotga tadbiq etishni nazarda tutadi. SHaxsga ta’lim va tarbiya berishning alohida emas, birgalikda qaralishida pedagogika va psixologiya fanlarining o‘zaro uzviyligi muhimdir. Hozirgi kunlarda ta’lim sifati va samaradorligini oshirish uchun ta’lim oluvchining psixologik xususiyatlarini bilgan xolda, unga pedagogik ta’sir etish va uni yangi bilimlarga yo‘naltirish texnologiyasi joriy etilganligi ham bu ikki fan bir-biriga chambarchas bog‘liq ekanligini ko‘rsatadi.
Tabiiy fanlar: biologiya, fiziologiya, ximiya, fizika va b.k. psixik hodisalar va jarayonlarning tabiiy fiziologik mexanizmlarini tushunish va shu orqali ularning kechishi qonuniyatlarini ob’ektiv o‘rganish uchun material beradi. Ayniksa, bosh miyaning hamda markaziy asab sistemasining psixik faoliyatlarini boshqarishda va ularni muvofiklashtirishdagi rolini e’tirof etgan xolda psixologiya fani tabiiy fanlar erishgan yutuqlar va ulardagi tadqiqot uslublaridan omilkorona foydalanadi. Masalan, shaxs qobiliyatlarini diagnostika qilish uning tug‘ma layoqatlari hamda orttirilgan sifatlarini bir vaqtda bilishni taqozo etgani sababli, o‘sha tabiiy layoqatning xususiyatlarini aniqlashda psixofiziologiyaning qator usullaridan (miya assimetriyasi qonunlari, miya bioritmlarini yozib olish, neyrodinamik hodisalarni aniqlash, qon aylanish va tana haroratini o‘lchash metodlari) o‘z o‘rnida foydalanadi va biologiya, anatomiya, fiziologiya, neyrofiziologiya kabi fanlarning shu kungacha erishgan yutuqlaridan foydalanadi. SHuning uchun tabiiy fanlar sohasida erishilgan barcha yutuqlar psixologiyaning predmetini mukammalroq yoritishga o‘z hissasini qo‘shgan xolda uni boyitadi.

Yüklə 117,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin