Mavzu:Kasbiy psixologiyaning ilmiy tadqiqot metotlari
Akbarjonov Muhammadsodiq
Kasb psixologiyasi faniga metodologik asos - bu shaxsning kasbiy layoqat konsepsiyasi ekanligi. Kasb psixologiyasi uchun metodologik asos bu O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risidagi” va kadrlar tayyorlash milliy dasturi, shuningdek davlat hujjatlari. Har bir fan uchun va uning izlanish olib borayotgan o‘rganish predmeti uchun yo‘nalish beruvchi, fanning maqsadi va vazifalami belgilab olish uchun zarur boigan ma’lum bir metodologiya mavjud boiadi. Metodologiya so‘zi yunoncha - metodos - bilish yoki tadqiqot yoii, nazariya, ta’limot va logos - so‘z degan ma’noni bildiradi.Metodologiya - tadqiqotchining nazariy va amaliy faoliyatini tashkil etish,tiklash tamoyillari va usullari tizimi hamda bunday 44 tizim haqidagi ta’limot. Metodologiya metodlar haqidagi ta’limot yoki yalpi - umumiy bilish metodi, deb ham ta’riflanadi.
Kasb psixologiyasiga metodologik asos bo‘lib shaxsni kasbni egallashi bilan bog‘liq konsepsiya yotadi. Bu konsepsiyaning mohiyati shundan iboratki ya’ni kasb tanlab, kasbni o‘zlashtirib, kasbiy mahoratga ega bo‘lib borayotgan shaxs bilimlarini boyib borishi, malakasi va bilimlari shakllanib borishi, kasbga xos zaruriy sifatlari rivojlanishi nazarda tutiladi. Kasbga layoqatlikni shaxsda ikki yo‘nalish bo‘yicha muhokama qilish mumkin deb ko‘rsatadi K.M. Gurevich. Buning biri kasbni muvaffaqiyatli egallay olish bilan, ikkinchisi insonni о‘zini mehnatidan qoniqishi orqali. Bu ikki tomon ham nisbiy bo‘lib, u subyektivlikni ko‘rsatadi. Shunga qaramasdan shu ikkala ko‘rsatilgan yo‘nalish kasbiy layoqatlilikni psixologik xarakteristikasini beradi.