Business Intelligence sinfidagi ma’lumotlar bazasini tahlil qilish
Business intelligence(biznes-analitika) - aniq strukturaga ega bo'lmagan juda katta hajmdagi ma'lumotlarni qayta ishlash natijasida muqobil biznes yechimlar izlashga aytiladi.
Effektiv biznes-analitika ichki va tashqi ma'lumotlarni analiz qiladi - ham bozor axborotlarini, ham mijoz-kompaniyaning hisobotlarini hisobga oladi. Bu biznesni butunlay tushunishga yordam beradi, shu bilan birga, strategik va operatsion qarorlar qabul qilishga zamin yaratadi(mahsulot narxini aniqlashda, kompaniya rivojlanishining asosiy yo'nalishlarini belgilab olishda).
Bu atama 1958-yilda IBM taqdiqotchisi Xans Piter Lun maqolasida birinchi bo'lib ko'rsatilgan. 1996-yilda axborot texnologiyalari bozorini o'rganishga asoslangan Gartner analitik agentligi business intelligence tarkibiga data mining metodikasini ham qo'shgan.
Ilk marta «business intelligence» atamasi muloqotga 1980 yillar oxirida Gartner tomonidan “axborotlarni olish va tadqiq etish, uni tahlil qilish, yaxshilangan va rasmiy bo‘lmagan qaror qabul qilishga olib keluvchi sezgi va tushunishni tanlash” sifatida kiritildi. Ushbu atama shuningdek, “maxlumotlarni tahlil qilish, biznesfoydalanuvchiga ma’lumotlarning juda katta hajmiga ulardan muhim axborotlarni sintezlash uchun qayta ishlashda yordam berishi mumkin bo‘lgan hisobot va so‘rovlarni o‘rnatish uskunalari , bugun, bu uskunalar umumiylikda biznes-intellekt (Business Intelligence) deb nomlanuvchi toifaga mos keladi” tushunchasining mavjudligini ham taxmin qiladi.
BI ning bunday belgilanishi ushbu fan sohasiga axborot va bilimlar bilan ishlash usullari va uskunalarining etarlicha ko‘p miqdorini qamrab olishni, shuningdek ularni biznesda qo‘llashga imkon beradi (3.3.16-rasm). Ularning ko‘lami nihoyatda keng. Hozirgi vaqtda dasturiy BI mahsulotlar ikkita asosiy sinfga bo‘linadi: BI-uskunalar va BI- ilovalar. Birinchi toifaga so‘rov va hisobotlar generatorini kiritish mumkin. BIuskunalar rivojlanishi — bu, eng avvalo, OLAP tezkor tahliliy qayta ishlash uskunalari, korporativ BI – to‘plamlar (Enterprise BI Suites — EBIS), shuningdek turli ixtisoslashtirilgan V1-platformalar.
Ko‘plab BI-uskunalar oxirgi foydalanuvchilar tomonidan ko‘p o‘lchamli va strukturalangan ommaviy ma’lumotlar va axborotlarga omborlarda (Data Warehouse), ma’lumotlar kioskasi va vitrinalari (Data Mart) yoki ma’lumotlarning tezkor omborlarida (Prompt Data Base) joylashgan ma’lumotlar bo‘yicha hisobotlarni tahlil qilish va generezatsiyalash uchun kirishda qo‘llaniladi. Stol ustida foydalaniladigan OLAP-uskunalar (Business Object Explorer, Cognos Power Play, MS Data Analyzer) vaziyatni ko‘p maqsadlarda tekshirish, amalga oshirish ehtimolini rivojlantirish va baholashning ssenariysini tayyorlash uchun foydalanuvchiga ko‘p o‘lchamli va birlashtirilgan ma’lumotlarni tezkor manipulyasiyalashga imkon beradi.
Ikkinchi toifaga keladigan bo‘lsak, BI-platformalar uskunalar to‘plamidan BIilovalarni yaratish, joriy etish, qo‘llab quvvatlash va kuzatish uchun foydalanadi. Ilova so‘nggi foydalanuvchining o‘ziga xos biznes-muammolari atrofida to‘liq tahlil qilish va iqtisodiy vaziyatlar modellari tashkillashtirilgan “buyurtma” interfeyslari bilan rivojlanishga ega. BI-platformani tanlashda arxitekturaning taqsimlanganligi, modullanganlik, o‘tkazuvchanlik, mashstablilik, XML, OLE DB for OLAP, CORBA, COM/DCOM umu3m qabul qilingan standartlarni qo‘llab quvvatlash va Internetda ishlash imkoniyati kabi tavsiflarni hisobga olish zarur.
Amaliy BI-ilovaga qarorlarni amalga oshirishni qo‘llab quvvatlash tizimining (Executive Support Systems — ESS) bir qismi hisoblangan rahbarning axborot tizimi EIS misol bo‘ladi. ESS kompaniya boshqaruvining strategik bosqichida strukturalanagan qarorni qabul qilishda va istalgan amaliy va ixtisoslashtirilgan ATga qaraganda tashqi muhitdan axborotni yaxshiroq tizimli tahlil qilishga yordam beradi.