Mavzu: keys stady o’qitish texnologi kirish mavzuning dolzarbligi


Didaktik maqsadlariga ko’ra keyslar turlari



Yüklə 50 Kb.
səhifə6/7
tarix12.10.2023
ölçüsü50 Kb.
#154308
1   2   3   4   5   6   7
KEYS STADY O’QITISH TEXNOLOGIYASI

2.2. Didaktik maqsadlariga ko’ra keyslar turlari

Muammo, yechim yoki konsepsiyani izohlovchi keys. Taniqli va muvaffaqiyat bilan ishlaydigan korxonalar (kompaniyalar)ning uzoq muddat davomidagi ish faoliyatini bayon qiladi (maqsadlari, strategiyalari, mahsulot modifikasiyalari, turli bozorlardagi ishi va boshqalar).


Bunday keysning ta’limiy maqsadi – misol orqali o’qitish. Rejalashtiriladigan o’quv natijalari – to’g’ri qabul qilingan qarorlarni eslab kolish, taniqli va muvaffaqiyat bilan ishlaydigan korxonalar va tarmoqlarning amaliyoti bilan tanishish.
Treningli, o’quv fani, mavzu bo’yicha malaka va ko’nikmalar orttirishga mo’ljallangan keys. Uning ta’limiy maqsadi – tinglovchilarga biror-bir harakatlarni bajarish algoritmini o’rgatish.
Tinglovchi quyidagilarni o’rganishi kerak: muayyan model, formula, hisob-kitob algoritmini qo’llash, berilgan odatiy vaziyatda yagona to’g’ri qarorni qabul qilish.
Tahlil va baholashga o’rgatuvchi keys. Bunday keysda aniq vaqt davridagi vaziyat bayon qilingan, vaziyat sub’ekti oldida turgan muammolar aniqlangan va aniq ifodalangan bo’ladi.
Tinglovchi vaziyatni tushunishi, tahlil qilishi va baholashi, qo’yilgan muammo yuzasidan qaror qabul qilishi lozim.
Muammoni ajratish va yechish, boshqaruvchilik qarorlari qabul qilishga o’rgatuvchi keys. Murakkab shaklda bayon qilingan vaziyatga ega. Muammo vaziyatga kiritiladi-yu, lekin aniq namoyon bo’lmaydi. U statistik ma’lumotlar, korxona hisobotlari, bo’linmalar rahbarlari nutqlari va shu kabilarda taqdim etilgan.
Tinglovchilar muammoni aniqlashi va ifodalashi, uni hal etish usullari va vositalarini ko’rsatishi kerak.
Vaziyat sub’ekti rivojining yangi strategiyalari va yo’llari, yangicha baholash uslublari va shu kabilarni ishlab chiqishga rag’batlantiruvchi keys. Bunday keysning o’ziga xos xususiyati shundaki, boshqaruvchilik muammosi korxona faoliyatining muayyan turiga, muayyan asosiy shart-sharoitlarga bog’lab bayon qilinadi.
Tinglovchidan vaziyat sub’ektini rivojlantirishning yangi strategiyasi va yo’llarini topish talab qilinadi. Bunday keysdagi vaziyatda axborotning bir qismi bo’lmasligi mumkin. Axborotga extiyojni aniqlash va uni topish – tinglovchining yana bir vazifasidir.
Bezatish usuliga qarab keyslar turlari. Keyslar tinglovchilarga turli shaklda taqdim etilishi mumkin: bosma, elektron, video-keys, audio-keys, multimedia-keys.
O’qitish amaliyotida, odatda, bosma shakldagi va elektron tashuvchilardagi keyslar qo’llaniladi – bunday shakldagi axborot bilan ishlash audio yoki video variantlardagiga nisbatan qulay va tahlil qilish osonroq. Bundan tashqari, ko’p martalab interfaol kuchdan kechirish imkoniyatlarining cheklanganligi birlamchi axborotning buzilishi va xatolarga olib kelishi mumkin. Multimedia – keyslarning imkoniyatlari yuqorida ko’rsatilgan qiyinchiliklarning oldini olishga imkon beradi va o’zlarida matnli axborot va interaktiv video tasvir ustunliklarini mujassam etadi.
KEYSNI ISHLAB CHIQISH JARAYONINING PROSESSUAL TIZIMI
Keysni ishlab chiqish modeli. Keysning yaratilish jarayoni murakkab prostessual tizimdan iborat bo’ladi. Keysni ishlab chiqish modelining umumiy sxemasi quyidagi 1-sxemada keltirilgan.
Sxemadan ko’rinib turganidek, keysning shakllantirilishiga bir qator omillar ta’sir qiladi. Ulardan asosiylari quyidagilar:
O’quv fani bo’yicha Davlat ta’lim standarti (DTS)dagi keysni ishlab chiqishga asos bo’lgan ta’lim tizimi talablari – keysning fanni o’qitish tizimidagi o’rni, uning maqsadlari va o’quv natijalari, tinglovchilar keysni hal qilish uchun oldindan egallashi lozim bo’lgan bilimlarni belgilaydi.
Ushbu fan bo’yicha nazariy, amaliy va didaktik talablar – ta’lim mazmuni; ta’lim maqsadlarining amalga oshirilishi va bashorat qilinadigan o’quv natijalariga erishishni ta’minlaydigan vositalar, o’qitish uslublari va shakllari, axborot-kommunikastiya va boshqaruv usullari va vositalarini; ta’lim jarayonining kechishi va natijalarini belgilaydigan qonuniyatlar, tamoyillar, koidalar va me’yorlarni belgilaydi.
Sostium, institustional tizimdan iborat keys ob’ektida hamda DTSda yuz berishi mumkin bo’lgan o’zgarishlar – bu omillar keysga o’zgartishlarni kiritish orqali axborot ta’minotida tezkorlik bilan aks etishi kerak.
Keysologning kasbiy mahorat – bu keysni bajaruvchining o’quv predmeta bo’yicha bilimlari majmui, keysni ishlab chiqish, ta’limning keys-texnologiyasini loyihalashtirish, rejalashtirish va amalga oshirish qobiliyatidan iborat bo’ladi.
Keysni ishlab chiqish jarayonining o’zi keysologning maqsadni faraz qilishidan boshlab to keysni ta’lim jarayoniga joriy etishgacha bo’lgan jami harakatlarining muayyan izchillikda amalga oshirib borilishidan iborat.
Maqsadning qo’yilishi. Keysni ishlab chiqishning ushbu birinchi bosqichi quyidagi harakatlarni o’z ichiga oladi:Keysolog faoliyati mazmunini bosqichma-bosqich ko’rib chiqamiz.
keysning o’quv kursi tuzilmasidagi o’rnini belgilash;
uning ta’limiy maqsadini ifodalash (tinglovchilarni tanishtirish, keys mavzusi bo’yicha haqidagi bilimlarni shakllantirish, chuqurlashtirish, o’rgatish, malakalarni orttirish, ko’nikmalarni rivojlantirish va hokazo);
keysda tinglovchilarning ta’limdagi yutuqlari natijalari uchun «mas’uliyat zonasi»ni aniqlash;
o’zlashtirilishi, kengaytirilishi, rivojlantirilishi lozim bo’lgan bilim, malaka va ko’nikmalar ro’yxati (… ni tahlil etadi, tuzadi (biznes-reja), ishlab chiqadi (marketing strategiyasi),… ga tayyorlik, ko’nikmani namoyon etadi va hokazo);
yechimi tinglovchilarning mo’ljallangan o’quv natijalariga erishishini ta’minlaydigan pedagogik vazifalarning belgilanishi (… ni o’rgatish, … ni bir tizimga solish, … ni tushuntirish va hokazo).
Tinglovchi – keysologning aniq va bir xilda ifodalangan ta’limiy maqsadlari, o’quv natijalari va vazifalari vaziyatga doir mashqni «qurish» uchun asos bo’ladi.
Muammoning ifodalanishi. Muammo qandaydir harakatlar qilish uchun etilgan zarurat bilan uni amalga oshirish uchun shart- sharoitlar etishmasligi o’rtasidagi ziddiyatning amal qilishi va ifodalanishi shaklidan iboratligi sababli muammoning ifodalanishi ana shu ziddiyatni belgilash, so’ngra uning asosiy tarkibiy qismlari – muammo tuzilmasini (kichik muammolarni) belgilashni nazarda tutadi.
Keys dasturiy kartasining qurilishi. Keys dasturiy kartasining qurilishi keysni ishlab chiqishning eng muhim bosqichlaridan biri. Keysning dasturiy kartasi keys uchun axborot yig’ish va vaziyatni bayon qilish uchun asos bo’ladigan asosiy masalalar (tezislar)ning tuzilmalangan ro’yxatidan iborat bo’ladi.
Quyida keltirilgan misoldagi keysning dasturiy kartasi savollar shaklida ishlab chiqilgan. Bu tinglovchi – keysologning axborot yig’ishi, shu jumladan, intervyu shaklida yig’ishi va uni baen qilishi vazifasini engillashtiradi.
Institusional tizimning izlanishi, tanlanishi. Keysni ishlab chiqishning ushbu bosqichiga kirishishdan oldin keysolog quyidagi qarorlarni qabul qiladi:
Keysning qanday (hayotiylik, kabinetli yoki ilmiy- tadqiqotchilik) tusida bo’lishini belgilash.
Keys ob’ekti kimlar, nimalar (muayyan shaxs (shaxslar) yoki korxona yoxud ko’p ob’ektli) bo’lishini belgilash.
Faqat shundan keyin keysni ishlab chiquvchi tegishli institustional tizimni tanlaydi (kabinetli keys uchun) yoki topadi (hayotiy yoki ilmiy-tadqiqotchilik keysi uchun).
Institusional tizim – keysologning keys dasturiy kartasini amalga oshirishiga bevosita daxldor bo’lgan ob’ektdir.
Ular quyidagilar bo’lishi mumkin:
firma;
tashkilot;
korxona va hokazo.
Axborot yig’ish usullari va vositalarining tanlanishi.
Keys uchun axborot yig’ish usullari sifatida quyidagilar tanlanishi mumkin: intervyu, suhbat, o’rganish (arxiv xujjatlari, hisobotlarni),kuzatuv va hokazo.
Quyidagilar axborot yig’ish vositasi bo’lib xizmat qilishi mumkin: so’rovnoma varag’i, intervyu olish varag’i, anketa, har xil jadvallar, me’yoriy xujjatlar, ilmiy maqola, monografiya, OAV materiallari va boshqa manbalar bilan ishlash usullari.
Axborot yig’ish. Keysga asos bo’ladigan axborotlarni izlash va yig’ish uni yozishdagi muhim muammodir. Quyidagilar axborot manbalari bo’lishi mumkin.
statistik materiallar, hisobotlar;
vaziyat ob’ekti faoliyati haqidagi ma’lumotnomalar, axborotlar, prospektlar va boshqa ma’lumotlar;
Internet;
ommaviy axborot vositalari;
korxonaning raqobatchilari, ularning ta’minotchilari va iste’molchilari, tarmoqdagi ekspertlar yoki turli investistion fondlar tahlilchilari bilan muloqot;
tinglovchilarning o’quv va diplom loyihalari, magistrlik dissertastiyalari;
ilmiy maqolalar, monografiyalar va boshqalar.
Vaziyat. Vaziyat – keysning asosiy tuzilmaviy komponenti hisoblanadi.
Keysda bayon qilingan vaziyat korxonaga shu paytda hal qiluvchi ta’sir ko’rsatadigan parametrlar, o’zgaruvchan omillarning aniq turkumi shaklida ifodalanadi. Boshqacha aytganda, u vaziyat ob’ekti haqidagi relevant (muammoni hal etish uchun muhim) ma’lumotlar ro’yxatidan iborat bo’ladi.
Vaziyat mazmuni tinglovchilarning kelgusidagi faoliyati uchun xos bo’lgan ishlab turgan korxonalar yoki modellashtirilgan korxonalarning hayotidagi real voqealarga asoslanadi.
Muvaffaqiyatli vaziyatli mashqlar turli ishtirokchilar o’rtasidagi suhbatlarni o’z ichiga olishi mumkin, tinglovchilar (keysdan foydalanuvchilar) vaziyatning realligini his etishlariga yordam beradigan boshqa publististik usullar va vositalar ham ishlatiladi.
Vaziyatning keysdagi bayoni va uning axborot ta’minoti quyidagilarga ko’ra turlicha bo’lishi mumkin:
xajmiga ko’ra: bir necha jumladan tortib, to yuzlab sahifali matngacha;
detallashtirish darajasi va axborotga boyligiga ko’ra: tahlil predmetiga bevosita tegishli bo’lmagan axborotning mavjud bo’lishi yoki, aksincha, vaziyat elementlaridan biri haqidagi axborotning bo’lmasligi ham mumkin.
Keysning mavzusi va maqsadiga qarab vaziyatda sheriklar, raqiblar va (yoki) vaziyat sub’ekti birgalikda faoliyat yuritadigan boshqa harakat qiluvchi shaxslar, vaziyat amal qilishi va o’zgarigaiga asos bo’ladigan shart-sharoitlar haqidagi ma’lumotlar ham bo’lishi mumkin.
Vaziyatning bayon qilinishida ishlatilgan to’ldiruvchi materiallar, bir tomondan, keysdan foydalanuvchilarni uni hal etish uchun zarur muayyan tuzilmaga keltirilgan axborot bilan ta’minlaydi, boshqa tomondan esa, vaziyatning ko’rgazmali axborotli negizini tashkil etadi.
Vaziyat modelining qurilishi. Keysologning keysni ishlab chiqish bo’yicha faoliyatining ushbu bosqichidagi mazmunini uning quyidagi qarorlari belgilaydi:
Keys qanday bo’ladi: syujetli yoki syujetsiz?
Keysdagi voqealar axborotni bayon qilishning vaqt bo’yicha izchilligi o’tmishdan hozirgi keladigan yoki keys-xotira yoxud bashoratli bo’ladimi?
Vaziyatga oid mashq qanday janrda bayon qilinadi: hikoya yoki esse yoxud tahliliy yozishma yoki boshqacha shaklda?
Keysolog qabul qilingan yechim asosida vaziyat modelini ko’radi.
Keysdagi vaziyat modeli vaziyat sub’ekti faoliyatining ideal in’ikosidan iborat bo’ladi va ifodalangan muammo tashuvchisi rolini bajaradi. Tashqi ko’rinishiga ko’ra bu hodisalarning muayyan zanjiri yoki hodisalar doirasi, hodisalar bog’lami va shu kabilar bo’lishi mumkin.
Model vaziyatning turga oid belgilarini tanlash asosida shakllantiriladi (…-jadvalga qarang).
Vaziyat modelini qurish muvaffaqiyati uning o’rganilayotgan mavzu yoki o’quv predmetiga muvofiq bo’lishi darajasiga qarab, shuningdek, unda nostandart, muayyan nuqtai nazarlar borligiga ko’ra belgilanadi. Bu esa, unga muammoning noodatiy yechimini baxsh etib, tadqiqotchilik motivastiyasini hosil qiladi.
Keys matnining yozilishi. Keysolog keysni yozishga kirishishdan oldin quyidagi masalalarga doir yechimlarni qabul qiladi:
Keys o’z hajmiga ko’ra qisqa yoki o’rtacha miqdorda yoxud katta bo’ladimi?
Bu savolli keysmi yoki keys-topshiriqmi?
Keysda muammo qanday usulda beriladi?
usul – muammoni keysolog ifodalaydi.
usul- vaziyatdagi muammo yaqqol ifodalanadi, lekin bunda vaziyatning zarur elementlaridan biri (masalan, sheriklar haqidagi) axborot bo’lmaydi.
usul-matnda vaziyat sub’ektlari o’rtasidagi ziddiyat mavhum ifodalanadi.
Keys tuzilmasi bo’yicha qanday bo’ladi?
Gap shundaki, keys bu shunchaki mohirona bir hikoya yoki muayyan voqealarning optimal sonli sahifalardagi oddiy bayoni emas. Yuqorida qayd qilinganidek, u avvalo, muayyan o’quv maqsadlariga erishish uchun qo’llaniladigan pedagogik vositadir.
Shu sababli keys tuzilmasi uch asosiy tarkibiy qism bilan belgilanadi:
motivastion – keysning dolzarbligi, uning maqsadi va tinglovchi keysni hal qilishda erishadigan o’quv natijalarini belgilaydi;
syujetli – u keysdagi amaliy vaziyat mazmunini ochib beradigan harakatlar, voqealar majmuidan iborat bo’ladi;
informasiop – u vaziyat tahlili uchun zarur axborotni o’z ichiga oladi.
Syujetli va informastion qismlar nisbatan mustaqil tarzda va chambarchas bog’liq holda ham amal qilinsh mumkin (…-sxema).
Tinglovchining hal qilishi uchun taklif etiladigan har qanday keysda uning maqsadi va topshirig’i, savollari aniq ifadalangan bo’lishi lozim. Ular topshiriqni hal etish uchun zarur va etarli axborot xajmini o’z ichiga olishi kerak.
XULOSA

Keys-stadi texnologiyasi dars jarayonini, o‘qituvchi va talaba faoliyatiga yangicha ruh bag’ishlovchi ta’lim texnologiyalardandir. O‘quv jarayonida qo‘llaniluvchi barcha texnologiyalar kabi keys –stadi texnologiyasi ham o‘ziga xos ta’limiy imkoniyatlariga ega. Shuningdek keys-stadi texnologiyasini qo‘llashda o‘qituvchining o‘rni va ahamiyati muhim ahamiyat kasb etadi. Keys-stadi texnologiyasini qo‘llashda ta’lim maqsadlarni to‘g‘ri qo‘ya olish ustuvor masalardan biridir. Keys-stadi texnologiyasini tashkil qilishda yuqorida keltirilgan o‘n birta bosqich asosiy o‘rini egalaydi. Asosan texnologiyani tashkil qilishda vaziyatlarni to‘g’ri qo‘yish, muammoning sabab –oqibatlarini to‘liq ochib berish lozim. Keysni to‘g’ri tanlay olish, talabalarning qiziqishi va ularning tayyorgarligini e’tiborga olish, vaziyatni tahlil qilish usullari bilan tanishtirish muhimdir. Keys-stadi texnologiyasini qo‘llashda o‘qituvchi vazifasi uning jarayoni odilona to‘g’ri boshqara bilishi bilan baholanadi. Ya’ni o‘qituvchi jarayoni tashkil qilishi, mavzuga xos va mos vaziyatni tuza olishi va o’quvchilar faoliyati boshqara olishi lozim.


Keysni tahlil qilishga o‘rgatishda Talabalarga sabab va oqibat aks etgan tayyor keyslar umumiy tarzda beriladi. Bu orqali talabalar keys bilan ishlash ko‘nikmalarini egallaydilar. Talabalar tajribasida tahlil qilingan keyslarning ko‘payib borishi, yangi vaziyatlarni hal qilinishida katta yordam beradi. Ta’lim tizimida keys-stadi texnologiyasidan foydalanish o‘quv jarayoni faollashtiradi, talabalarning bilim olish imkoniyatlari kengaytiradi. Keys-stadi texnologiyasini qo‘llashdan oldin, texnolgiya metodik jihatdan tasdiqlangan bo‘lishi, ta’lim dasturiga nisbatan umumlashgan, o‘qituvchining ish rejasiga kiritilgan bo‘lishi lozim. O‘qituvchi ish rejasida o‘quv fanlarining qaysi bo‘lim, mavzularida keys-stadi uslubidan foydalanishi ko‘rsatilib o‘tilishi kerak. Bu masalalarrni tahlil qilish metod birlashmalarning zimmasiga yuklanadi.

Yüklə 50 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin