Mavzu: Kiberjinoyat va kiberhuquq Fan nomi


Kiberjinoyatning tarqalishi



Yüklə 61,83 Kb.
səhifə8/8
tarix07.01.2024
ölçüsü61,83 Kb.
#207886
1   2   3   4   5   6   7   8
Kiberjinoyat va kiberhuquq

Kiberjinoyatning tarqalishi 
[tahrir | manbasini tahrirlash] 
Kiberjinoyatchilik faoliyatining
keng tarqalishi kompyuter
jinoyatlarini aniqlash va jinoiy
javobgarlikka tortish
masalasidir. Xakerlik hamjamiyatlari oʻz bilimlarini
Internet orqali sezilarli darajada tarqatganligi sababli
xakerlik kamroq murakkablashdi.

Bloglar va hamjamiyatlar maʼlumot almashishga katta hissa


qoʻshdilar: yangi boshlanuvchilar eski xakerlarning
bilimlari va maslahatlaridan foydalanishlari mumkin.
Bundan tashqari, xakerlik har qachongidan ham
arzonroq: bulutli hisoblash davridan oldin spam yuborish
yoki firibgarlik qilish uchun maxsus server, serverlarni
boshqarish, tarmoq konfiguratsiyasi va texnik xizmat
koʻrsatish boʻyicha koʻnikmalar, Internet-provayder
standartlarini bilish va boshqalar kerak edi. Taqqoslash
uchun, xizmat sifatida pochta dasturi marketing maqsadlari
uchun kengaytiriladigan, arzon, ommaviy va tranzaksiyaviy
elektron pochta xabarlarini yuborish xizmati boʻlib, spam
uchun osongina sozlanishi mumkin. Bulutli hisoblash
kiberjinoyatchi uchun parolni qoʻpol ravishda
majburlash, botnetga kirishni yaxshilash yoki spam
kampaniyasini osonlashtirish nuqtai nazaridan oʻz
hujumidan foydalanish usuli sifatida foydali boʻlishi
mumkin.
Asrimizning global muammolari qatoriga yangidan-yangi
turlari bilan tilga olinayotgan kiberjinoyatchilik kirib
kelganiga ham ancha bo'ldi. Uning bizga ma'lum bo'lgan
virusli dasturlarni tarqatish, parollarni buzib kirish, kredit
karta va boshqa bank rekvizitlaridagi mablag'larni
o'zlashtirish talon-toroj qilish, shuningdek, internet orqali
qonunga zid axborotlar, xususan, bo'hton, ma'naviy buzuq
ma'lumotlarni tarqatish bilan bashariyat hayotiga katta xavf
solayotganidan ko'z yuma olmaymiz.
«Kiberjinoyatchilik» tushunchasi axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari vositalaridan foydalangan holda, virtual
tarmoqda dahshat solish, virus va boshqa zararli dasturlar,

qonunga zid axborotlar tayyorlash va tarqatish, elektron


xatlarni ommaviy tarqatish (spam), xakerlik hujumi, veb-
saytlarga noqonuniy kirish, firibgarlik, ma'lumotlar butunligi
va mualliflik huquqini buzish, kredit kartochkalari raqami
hamda bank rekvizitlarini o'g'irlash (fishing va farming) va
boshqa turli huquqbuzarliklar bilan izohlanadi.
Shu o'rinda kiberterrorizm va uning jamiyat hayotiga
solayotgan xavfining ko'lami ham oshib borayotganini
ta'kidlash joiz. Kiberterroristik harakat (kiberhujum) -
komp`yuterlar va axborot kommunikatsiya vositalari
yordamida amalga oshirilgan, odamlarning hayoti va
sog'lig'iga bevosita xavf tug'diradigan yoki potentsial xavf
tug'dirishi mumkin bo'lgan, moddiy ob'ektlarga katta zarar
etkazishi yoki shunga olib kelishi mumkin bo'lgan, ijtimoiy
xavfli oqibatlarning boshlanishi yoki maqsadi bo'lgan
siyosiy
sababdir.
Zamonaviy
terrorchilar
uchun
kibermakondan foydalanishning jozibadorligi kiberhujumni
amalga oshirish katta moliyaviy xarajatlarni talab qilmasligi
bilan bog'liq.
ekspertlarning
xulosasiga
ko'ra,
bu
rivojlanayotgan
davlatlarning taraqqiyotiga ko'maklashish, umuminsoniy
demokratik tamoyillarni qaror toptirish niqobi ostida
fuqarolar ongiga ta'sir o'tkazish, ularni turli yo'llar bilan o'z
maqsadlari sari bo'ysundirish orqali amalga oshirilmoqda.
Afsuski, bu jarayonda kiberhujumlarni uyushtirish, bu yo'lda
internet global tarmog'ining mislsiz imkoniyatlaridan
«samarali» foydalanishga urinishlar tobora avj olmoqda.
Internetda mavjud ijtimoiy tarmoqlar, ularning ishlab
chiqaruvchilari va homiylarining suveren davlat ichki
ishlariga «aralashishlari» qanday rol` o'ynashi oxirigacha

o'rganilmaganligi bois ba'zan bunday «aralashuv» mazkur


davlatga qarshi ekanligi hali hanuz e'tirof etilgani yo'q.
Ijtimoiy tarmoqlar egalari ushbu tarmoqlar sahifalarida
davlat tuzumini ag'darishga da'vat qilingani uchun
javobgarlikka tortilishining xalqaro miqyosdagi huquqiy
asoslari yaratilmagan. Vaholanki, har bir qilingan jinoiy
xatti-harakat yoki harakatsizlik mazmun-mohiyatiga ko'ra,
albatta, javobsiz va jazosiz qolmasligi kerak.
Internet saytlari to'satdan paydo bo'lib, ko'pincha formatini,
so'ngra manzilini o'zgartiradi. Shu bois ayrim ekspertlar
internetning
butkul
ochiqligi
kabi
dastlabki
kontseptsiyalardan voz kechib, uning yangi tizimiga o'tishni
taklif etmoqda.
Yangi
modelning
asosiy
mohiyati
tarmoqdan
foydalanuvchilarning anonimligidan voz kechishdir. Bu
tarmoqning
jinoiy
tajovuzlardan
yanada
ko'proq
himoyalangan bo'lishini ta'minlashga imkon berdi.
Misol tariqasida, yopiq tarmoq tizimiga o'tgan Xitoy
davlatini va bunday jarayonga tayyorgarlik ko'rayotgan
Rossiya davlatini keltirishimiz mumkin.
Jahon
hamjamiyatiga
integratsiyalashayotgan
mamlakatimizda axborot kommunikatsiya texnologiyalari,
axborot
tizimlari
va
zamonaviy
komp`yuter
texnologiyalaridan samarali foydalanish bo'yicha izchil
davlat siyosati olib borilmoqda.
Bugungi
kunda
mamlakatimizda
joriy
etilayotgan
zamonaviy raqamli texnologiyalar, fuqarolarimizga qator
qulayliklar va imkoniyatlar eshigini ochmoqda.

Mazkur jarayon bilan bir qatorda, yaratilayotgan raqamli


texnologiyalar va axborot tizimlarining xavfsizligini
ta'minlash muammosi ham mavjud, albatta.
Bu eng dolzarb masalalardan biri - kiberxavfsizlikni
ta'minlash, sodir etilishi mumkin bo'lgan kiberjinoyatlarning
oldini olish va unga qarshi kurashish masalasi hisoblanadi.
Kundan-kunga
takomillashib
ketayotgan
kiberjinoyatchilikka qarshi kiberxavfsizlikni ta'minlashda
quyidagi
asosiy
talablarni
bajarish
orqali
ulardan
himoyalanish,
ya'ni
kiberxavfsizlikni
ta'minlashimiz
mumkin:
xodimlarga axborot xavfsizligi asoslarini o'rgatish;
foydalanayotgan dasturiy mahsulotlarning zaifliklarini
doimiy sinovdan o'tkazish;
ishonchli antivirus dasturidan foydalanish;
litsenziyalangan rasmiy dasturlardan foydalanish;
axborot
tizimlarini
himoyalashda
ko'p
faktorli
autentifikatsiyadan foydalanish;
parollardan foydalanishda kuchli parolni saqlash siyosatiga
rioya qilish;
muntazam
ravishda
komp`yuter
qattiq
disklaridagi
ma'lumotlarni shifrlash.
Shu o'rinda, mamlakatimizda kiberjinoyatlarning oldini olish
va unga qarshi kurashni olib boruvchi vakolatli davlat
idoralariga ham muayyan vazifalar yuklanishini alohida
ta'kidlash lozim.
Xususan, ular kiberjinoyatchilikka qarshi kurash faoliyatida
O'zbekiston Respublikasi va uning xalqini axborot

texnologiyalari va kommunikatsiyalari orqali amalga


oshirilayotgan yoki bunga imkon berayotgan shaxs, jamiyat
va davlat xavfsizligini va ularning manfaatlari tashqi hamda
ichki kibertahdidlardan himoya qilinishini ta'minlash,
mazkur sohada qonuniylik va qonun ustuvorligini
mustahkamlash,
kiberjinoyatlar
va
kiberhuquqbuzarliklarning oldini olish, ularni aniqlash va
barham berish kabi vazifalarni amalga oshirishi darkor.
Shuningdek, kiberjinoyatlar va kiberhuquqbuzarliklarni
tergov qilish va ularni aniqlash, bartaraf etish hamda oldini
olish
bo'yicha
zarur
qarorlar
qabul
qilish,
kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish bo'yicha normativ-
huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish,
kiberterrorizm, kiberekstremizm, uyushgan jinoyatchilikka
qarshi kurashish, davlat organlari manfaatlariga hamda
kiberxavfsizligiga tahdid soluvchi kiberhatarlarni aniqlash
va ularga qarshi kurashish, kiberjinoyatlar bo'yicha tergovga
qadar tekshiruv va dastlabki tergovni o'tkazish, tezkor-
qidiruv faoliyatini amalga oshirish, fuqarolarning huquq va
erkinliklariga tahdid soluvchi kiberjinoyatlarning sodir
etilishiga imkon yaratuvchi sabablar hamda shart-
sharoitlarni aniqlash va bartaraf etish kabi muhim vazifalarni
bajarishlari lozim.
XULOSA
Bu mustaqil ishni yozish davomida men kiberjinoyatlar va
kiberhujumlarga qarshi kurashishda qilinishi kerak bo’lgan
ishlar va kiberjinoyat turlari haqida yoritib o’tganman.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


1.
Zehra Ali - Mandatory Data Retention Worldwide
2.
„Computer and Internet Fraud“ © Legal Information Institute
3.
Carback, Joshua T. - Toward a More Effective Prosecutorial Response
4.
Gordon, Sarah - On the definition and classification of cybercrime
5.
Lewis, James - Economic Impact of Cybercrime - No Slowing Down
6.
Moore, R - Cyber crime: Investigating High-Technology Computer Crime
7.
www.iiv.uz
sayti
8.
Csonca P – Kompyuter jinoyatlari va xavfsizlik to’g’risidagi hisobot



Yüklə 61,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin