O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI FARG’ONA FILIALI
Mavzu:Kiberjinoyat va kiberhuquq
Fan nomi: Kiberxavfsizlik asoslari
Mustaqil ish
Guruh: 616-22
Bajardi:
REJA:
1. Kiberjinoyat haqida tushincha, kiberjinoyat turlari
2. Kiberjinoyatlarga qarshi kiberhuquqlar
3. Dunyoga mashhur kiberjinoyatlar, faktlar
4. O’zbekistonda kiberjinoyatlarga qarshi kurashlar
5. Xulosa
Kiberjinoyat — bu kompyuter va tarmoqning birgalikdagi
aloqasi ostida sodir etiluvchi jinoyat turidir. Kompyuter
jinoyat paytida maqsadli yoʻnaltirilgan qurol vazifasini
bajarib beradi. Kiberjinoyat kimningdir xavfsizligi va
moliyaviy saviyasiga zarar yetkazishi maqsadida osodir
etiladi.
Maxfiy maʼlumotlar qonuniy tarzda himoyalangan holatda
yuz beruvchi kiberjinoyatlar bilan bogʻliq koʻpgina
jinoyatlar mavjud. Xalqaro miqyosda hukumat ham,
nodavlat ham subyektlar kiberjinoyatlar, jumladan,
josuslik, moliyaviy oʻgʻirlik va boshqa transchegaraviy
jinoyatlar bilan shugʻullanadi. Xalqaro chegaralarni kesib
oʻtuvchi va kamida bitta milliy davlatning xatti-
harakatlarini oʻz ichiga olgan kiberjinoyatlar baʼzan
kiberurush deb ataladi. Uorren Baffet kiberjinoyatni
„insoniyatning birinchi raqamli muammosi“ deb taʼriflaydi
va „insoniyat uchun real xavf tugʻdiradi“, deya qoʻshimcha
qilib oʻtadi.
2014-yilda chop etilgan hisobotda (McAfee homiyligida)
jahon iqtisodiyotiga yetkazilgan yillik zarar 445 milliard
dollarni tashkil qilgan. Cybersecurity Ventures tomonidan
2016-yilgi hisobotda kiberjinoyatlar natijasida yetkazilgan
global zararlar 2021-yilga kelib yiliga 6 trillion dollargacha,
2025-yilga kelib esa 10,5 trillion dollargacha koʻtarilishi
bashorat qilingan edi.
2012-yilda AQShda onlayn kredit va debet kartalaridagi
firibgarlik oqibatida taxminan 1,5 milliard dollar
yoʻqotilgan 2018-yilda Strategik va xalqaro tadqiqotlar
markazi (CSIS) tomonidan McAfee bilan hamkorlikda
oʻtkazilgan tadqiqot shuni koʻrsatadiki, har yili global
YaIMning qariyb bir foizi, yaʼni 600 milliard dollarga
yaqini kiberjinoyatlar tufayli yoʻqoladi. Jahon Iqtisodiy
Forumi 2020 Global Risk hisobotida uyushgan
kiberjinoyatlar idoralari jinoiy faoliyatni onlayn qilish
uchun kuchlarni birlashtirayotganini tasdiqladi, shu bilan
birga ularning aniqlash va jinoiy javobgarlikka tortilish
ehtimoli AQShda 1 foizdan kamroqni tashkil qiladi.
Anʼanaviy jinoyatchilikning kamayishi bilan global
hamjamiyatlar kiberjinoyatlarning muntazam oʻsishiga
guvoh boʻlishda davom etmoqda. Kiberjinoyat moliyaviy
jinoyatlardan tortib firibgarlikgacha, kiberpornografik
savdo va reklama firibgarliklari orqali keng koʻlamli
faoliyatni oʻz ichiga oladi.