Mavzu: Kiberxavfsizlikning asosiy tushunchalari. Reja



Yüklə 134,11 Kb.
səhifə1/6
tarix07.01.2024
ölçüsü134,11 Kb.
#207742
  1   2   3   4   5   6
1 Kiberxavfsizlikning asosiy tushunchalari


Mavzu: Kiberxavfsizlikning asosiy tushunchalari.
Reja:

  1. Axborot xavfsizligining hayotdagi timsollari, kiberxavfsizlik, axborot xavfsizligi.

  2. Konfidensiallik, yaxlitlik, foydalanuvchanlik, risk, hujumchi kabi fikrlash, tizimli fikrlash.

  3. Aktiv, tahdid, zaiflik, boshqarish vositasi, kiberxavfsizlikning bilim sohalari.

Axborotni ishlash, uzatish va to‘plashning zamonaviy usullarining rivojlanishi foydalanuvchilar axborotini yo‘qolishi, buzilishi va oshkor etilishi bilan bog‘liq tahdidlarning ortishiga olib kelmoqda. Shu sababli, kompyuter tizimlari va tarmoqlarida axborot xavfsizligini ta’minlash axborot texnologiyalari rivojining yetakchi yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.


Axborot xavfsizligi hayotda mavjud timsollarga asoslanadi. Hayotda qonuniy faoliyat olib boruvchi shaxslar mavjud, ular 1.1-rasmda Alisa va Bob timsolida akslantirilgan. Biroq, hayotda qonuniy faoliyat yurituvchi insonlarning faoliyatiga qiziquvchi, ularning ishlariga xalaqit beruvchivchi insonlar ham mavjud va ular 1.1- tasvirda Tridi timsolida tasvirlangan. Tridi timsoli barcha g‘arazli niyatlarnii amalga oshiruvchi shaxslarni ifodalaydi.




1.1-rasm. Axborot xavfsizligining hayotdagi timsollari

Ushbu hayotiy senariy Alisaning onlayn banki (AOB) deb ataladi. Bunga ko‘ra, Alisa onlayn bankning biznes faoliyatini amalga oshiradi. Mazkur senariyda Alisaning xavfsizlik muammosi nima? Alisaning mijozi bo‘lgan Bobning xavfsizlik muammosichi? Alisa va Bobning xavfsizlik muammolari bir xilmi? Tridi nuqtai nazaridan qaraganda qanday xavfsizlik muammolari mavjud? Ushbu savollarga keyingi qismlarda javob berib o‘tiladi.
Kompyuter tizimlari va tarmoqlarida axborotni himoyalash va axborot xavfsizligiga tegishli bo‘lgan ayrim tushunchalar bilan tanishib chiqaylik.
Kiberxavfsizlik hozirda yangi kirib kelgan tushunchalardan biri bo‘lib, unga berilgan turlicha ta’riflar mavjud. Xususan, CSEC2017 Joint Task Force manbasida kiberxavfsizlikka quyidagicha ta’rif berilgan: kiberxavfsizlik - hisoblashlarga asoslangan bilim sohasi bo ‘lib, buzg ‘unchilar mavjud bo ‘lgan sharoitda amallarni to‘g‘ri bajarilishini kafolatlash uchun o‘zida texnologiya, inson, axborot va jarayonlarni mujassamlashtiradi. U xavfsiz kompyuter tizimlarini yaratish, amalga oshirish, tahlillash va testlashni o‘z ichiga oladi. Kiberxavfsizlik ta’limning mujassamlashgan bilim sohasi bo‘lib, qonuniy jihatlarni, siyosatni, inson omilini, etika va risklarni boshqarishni o‘z ichiga oladi.
Tarmoq sohasida faoliyat yuritayotgan Cisco tashkiloti esa kiberxavfsizlikka quyidagicha ta’rif bergan:

Yüklə 134,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin