Mavzu: Kiberxavfsizlikning asosiy tushunchalari. Reja


Aktiv - himoyalanuvchi axborot yoki resurslar. Yoki, tashkilot uchun qimmatli barcha narsalar. Tahdid



Yüklə 134,11 Kb.
səhifə4/6
tarix07.01.2024
ölçüsü134,11 Kb.
#207742
1   2   3   4   5   6
1 Kiberxavfsizlikning asosiy tushunchalari

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Zaiflik
Aktiv - himoyalanuvchi axborot yoki resurslar. Yoki, tashkilot uchun qimmatli barcha narsalar.
Tahdid - tizim yoki tashkilotga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan istalmagan hodisa. Yoki, tahdid - axborot xavfsizligini buzuvchi potensial yoki real mavjud xavfni tug‘diruvchi sharoit va omillar majmui. Tahdid tashkilotning aktivlariga qaratilgan bo‘ladi.
Zaiflik - bir yoki bir nechta tahdidlarni amalga oshirishga imkon beruvchi tashkilot aktivi yoki boshqaruv tizimidagi kamchilik.
Boshqarish vositasi - riskni o‘zgartiradigan harakatlar bo‘lib, natijasi zaiflik yoki tahdidlarni o‘zgarishiga ta’sir qiladi. Bundan tashqari, boshqarish vositasining o‘zi turli tahdidlar foydalanishi mumkin bo‘lgan zaiflikka ega bo‘lishi mumkin.
Axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik o ‘rtasidagi farq. “Kiberxavfsizlik” va “axborot xavfsizligi” atamalaridan, ko‘pincha o‘milari almashgan holda, foydalanishadi. Ba’zilar kiberxavfsizlikka axborot xavfsizligi, axborot texnologiyalari xavfsizligi va (axborot) risklarnii boshqarish tushunchalariga sinonim sifatida qarashsa, ayrimlar esa, xususan hukumat sohasidagilar, kompyuter jinoyatchiligi va muhim infrastrukturalar himoyasini o‘z ichiga olgan milliy xavfsizlik bilan bog‘liq texnik tushuncha sifatida qaraydilar. Turli soha xodimlari tomonidan o‘z maqsadlariga moslashtirish holatlari mavjud bo‘lsada, axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik tushunchalari orasida ba’zi muhim farqlar mavjud.
Axborot xavfsizligi sohasi, axborotning ifodalanishidan qat’iy nazar (qog‘oz ko‘rinishidagi, elektron va insonlar fikrlashida, og‘zaki va vizual) intelektual huquqlarni himoyalash bilan shug‘ullanadi. Kiberxavfsizlik esa elektron shakldagi axborotni (barcha holatdagi, tarmoqdan to qurilmagacha bo‘lgan, o‘zaro birga ishlovchi tizimlarda saqlanayotgan, uzatilayotgan va ishlanayotgan axborotni) himoyalash bilan shug‘ullanadi. Bundan tashqari, hukumatlar tomonidan moliyalashtirilgan hujumlar va rivojlangan doimiy tahidlar ham aynan kiberxavfsizlikka tegishli.

Yüklə 134,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin