Mavzu: Kichik biznesda innovatsion faoliyat


Kichik biznesda innovatsion faoliyatni rivojlantirishning xorij tajribasi



Yüklə 28,48 Kb.
səhifə3/3
tarix03.05.2023
ölçüsü28,48 Kb.
#107108
1   2   3
Mavzu Kichik biznesda innovatsion faoliyat

Kichik biznesda innovatsion faoliyatni rivojlantirishning xorij tajribasi
Xorijiy mamlakatlarda kichik biznesni har tomonlama qo’llab-quvvatlashning mukammal va puxta ishlab chiqilgan tizimi mavjud bo’lib, bu tizim iqtisodiyotning globallashuvi, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi va raqobatning kuchayishi sharoitida ijtimoiy-iqtisodiy muhitning barqaror taraqqiy etishini ta’minlaydi. Bu holat esa, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash mexanizmining to’la darajada rivojlanganligini ko’rsatadi.
Rivojlangan mamlakatlarda davlat sektori muhim manbalardan hisoblansada, biroq innovatsion faoliyatni amalga oshirishda va moliyalashtirishda ikkinchi darajadagi o’rinni egallaydi. Uning ulushi ko’pchilik rivojlangan davlatlarda xususiy sektorga nisbatan 1.3-2.5 marta kam.
Kichik biznes va tadbirkorlikka oid birinchi qonun 1953-yilda qabul qilingan va undan so’ng esa ko’plab huquqiy hujjatlar qabul qilingan. Ushbu qonunlarning bajarilishini shu ma’muriyat qoshida tuzilgan Advokatura qattiq nazorat qilib boradi. Bu Advokatura ma’muriyat kabi yuqori maqomga ega hisoblanadi. Uning rahbari AQSh Prezidenti tomonidan tayinlanadi va faqat Prezident hamda Kongressga hisobot beradi. Advokatura vakillari Kongress yig’ilishida biznes va tadbirkorlik manfaatlarini himoya qiladilar hamda xususiy sektorga ma’muriy bosim ko’rsatish holatlarini bartaraf etadilar. Qonunlarga davlat idoralari ham, kichik biznes va tadbirkorlik vakillari ham birdek amal qiladilar. Kichik biznesni qo’llab-quvvatlovchi tashkilotlar vakillarining fikricha, tadbirkorlar oldida vujudga keladigan muammo pulning yetishmasligidan emas, balki aksar hollarda bilimning yetishmasligidan kelib chiqadi. Shu sababdan ham joylarda tadbirkorlar uchun bepul kutubxonalar va maslahatxonalar tashkil etilgan. AQSh da innovatsion tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash bilan Kichik biznes ma’muriyatidan tashqari yana boshqa tashkilotlar ham shug’ullanadi. Milliy ilmiy fond, NASA, universitetlar hamda tarmoq vazirliklari shular jumlasidandir.
Jahonning rivojlangan davlatlaridan biri Yaponiyada ham kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish, uning innovatsion faoliyatini har tomonlama qo’llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Dunyodagi rivojlangan mamlakatlar ichida Yaponiya ilm-fanning yuqori darajada rivojlanganligi bilan ajralib turadi.
Yaponiyada XX asrning 40- yillarida mamlakat hukumati tarkibida “Kichik va o’rta korxonalar boshqarmasi” tashkil etilgan. Kichik biz­nesni qo’llab-quvvatlashni milliy davlat markazlari kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish umumdavlat dasturini bajarish yo’li orqali amalga oshiradilar. Shunday markazlardan 170 ta tuzilgan hamda faoliyati yo’lga qo’yilgan. Bundan tashqari, kichik korxonalarning raqobatbardoshligini yuqori darajada ushlash
maqsadida davlat texnologik das­turlarini amalga oshirishga javob beradigan davlat texnologik marka­zlari ham bor. Barcha markazlar ishini Kichik va o’rta korxonalar boshqarmasi muvofiqlashtirib boradi. Yaponiyada kichik va o’rta korxonalarni qo’llab-quvvatlashda davlat, o’zini o’zi boshqarish hududiy organlari, moliyaviy tuzilmalar hamda o’quv yurtlari ishtirok etadilar.
Davlat kichik va o’rta korxonalarni turli xil imtiyozlar hamda soliqlarni kamaytirishni moliyalashni, oliy maktabga qarashli o’quv yurtlarida boshqaruvchilar, sohiblar, ma’murlar stajirovkasini yo’lda qo’yish orqali qo’llab-quvvatlab boradi. Mintaqaviy madad o’zini o’zi boshqaruvchi jamoat tashkilotlari tomonidan moliyaviy ta’minotni, savdo va sanoatda rahbarlik qilish markazi yordamida savdo-sanoat palatasi hamda kichik va o’rta korxonalar uyushmasi Markaziy jamiyati mutaxassislarining bepul maslahatlarini yo’lga qo’yishni o’z ichiga oladi. Moliyaviy tuzilmalar ham kreditlashni, ham banklarda maslahat markazlarini tashkil etishni amalga oshiradilar. O’quv yurtlari kichik va o’rta biznes uchun malakali kadrlar tayyorlab beradi.
Yaponiyada sanoat rivojlanish strategiyasini aniqlashda, sanoat ishlab chiqarishda hamda ularni ishlab chiqarishga joriy qilishda tashqi savdo va sanoat vazirligi muhim o’rin egallaydi, ilmiy texnika siyosati aniq yo’nalishlarining bajarilishini fan va texnika boshqarmasi nazorat qiladi.
Yaponiya sanoat texnologiyalari assotsiatsiyasi tashqi savdo va sanoat vazirligiga bo’ysungan bo’lib, litsenziyalarni eksport va import qilish ishlari bilan shug’ullanadi. Yaponiyada ilmiy texnika taraqqiyotning uzoq muddatli dasturi mavjud bo’lib, amaliy tadqiqotlarni rag’batlantirish hamda chet ellardan litsenziyalarni sotib olish bilan shug’ullanadi. Yaponiyada fan, ishlab chiqarish va ilmiy texnika taraqqiyotining integratsiyalshgani, ilmtalab ishlab chiqarishni qamrab olgani tufayli ushbu mamlakat jon boshiga to’g’ri keladigan YaIM, sanoati rivojlangan mamlakatlar orasida iqtisodiy rivojlanish darajasi bilan oldingi o’rinlarni egallab turibdi. Ushbu yutuqlar Yaponiyada innovatsion faoliyatning faolligi natijasida bo’lmoqda.


Xulosa
Ishlab chiqarish faoliyati bilan shug’ullanadigan har qanday korxona, shu jumladan, kichik biznes subyektlari o’zining bozordagi o’rni va ulushi hamda ko’zlagan strategik maqsadlariga erishish uchun innovatsiyalarga katta ahamiyat beradi. Chunki aynan innovatsiya korxonani inqirozdan saqlab qoladi, unga yangi hayot baxsh etadi, istiqboldagi maqsadga erishishda yo’lchi yulduz vazifasini o’taydi. Mamlakatda innovatsiya faoliyatining tashkil etilishi va rivojlanishi uchun, eng avvalo, quyidagi shartlarning mavjud bo’lishi va ta’minlanishi maqsadga muvofiqdir: davlat innovatsiya siyosati, investitsiya salohiyati, innovatsiya sohasi, innovatsiya infratuzilmasi, innovatsiya dasturi.
Yüklə 28,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin