Mavzu: Kichik biznesda innovatsion faoliyat



Yüklə 28,48 Kb.
səhifə1/3
tarix03.05.2023
ölçüsü28,48 Kb.
#107108
  1   2   3
Mavzu Kichik biznesda innovatsion faoliyat


Mavzu: Kichik biznesda innovatsion faoliyat

Reja:


  1. Innovatsion faoliyatning mohiyati va mazmuni.

  2. Kichik biznes korxonalarida innovatsion faoliyat va uning xususiyatlari.

  3. Kichik biznesda innovatsion faoliyatni rivojlantirishning xorij tajribasi.

  4. Xulosa.


Innovatsion faoliyatning mohiyati va mazmuni.
O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo’nalishlari bo’lib hisoblanadi. Xususan, tarkibiy o’zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda zamonaviy ilm-fan yutuqlaridan samarali foydalanish, ishlab chiqarishda eng ilg’or va so’nggi avlod texnologiyalarini joriy etish, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida innovatsiyalarning rivojlanishiga e’tiborni yanada kuchaytirish va bunda innovatsiyalar sohasida xorijda yaratilayotgan yangiliklar va tajribalarni o’rganish, yangiliklarni joriy etishda barcha imkoniyat va salohiyatmizni ishga solish muhim ahamiyat kasb etadi.
Innovatsiya nazariyasining rivojlanishiga asos solgan olim avstriyalik iqtisodchi Y.A. Shumpeter hisoblanadi.Y.A. Shumpeter ilgari surgan g’oyaga ko’ra, joriy etilgan har qanday yangi texnik qaror, texnologiya, ishlab chiqarishni tashkil etish, yangi bozorlarning tarkib topishi, xomashyolar manbai innovatsiya hisoblanadi.
“Innovatsiya” atamasi lotincha “innovato” so’zidan olingan bo’lib, yangilash va yaxshilash degan ma’noni bildiradi. Umumiy mazmunda mazkur atama Ko’pchilik odamlar tomonidan ushbu atama, asosan, ayni paytda va muayyan vaqtda yangi deb qabul qilingan madaniyatning moddiy yoki nomoddiy qadr-qiymati sifatida tushuniladi. “Innovatsiya” atamasining texnik-texnologik yangiliklarni joriy etish sohasida qo’llanilishida keyinchalik kirib kelishi kuzatiladi.
“Innovatsiya” atamasining bugungi kunda ijtimoiy-iqtisodiy hayotning barcha sohalarida juda keng qo’llanilishi uning mazmunini har tomonlama o’rganishga bo’lgan talabni kuchaytirmoqda. Shu sababli mazkur atamaning iqtisodiy mazmun-mohiyatini ochib bergan ba’zi iqtisodchi-olimlarning qarashlarini o’rganish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Rus iqtisodchi olimi Balabanov I.T. fikriga ko’ra: “Innovatsiya – kapitalni yangi texnika yoki texnologiya, ishlab chiqarishni tashkil qilish, mehnat, xizmat ko’rsatish va boshqaruvning yangi shakllariga, jumladan, yangicha nazorat va hisob shakllari, rejakashtirish va tahlil usullariga kiritishdan olingan, moddiy tus olgan natijadir”.
Innovatsiya atamasining mazmun-mohiyati va uning iqtisodiyotda tutgan o’rni hamda innovatsiyalarning o’ziga xos xususiyatlarini ochib berishda O’zbekistonlik iqtisodchi-olimlar izlanishlar olib borganlar va bugungi zamonning talabidan kelib chiqqan holda ta’rif berganlar. Xususan, R.I. Gimush va F.M. Matmurodovlar tomonidan innovatsiya deganda “yangilik va yangilik kiritish degan ma’noni bildiradi. Bu yangilik zamirida yangi tartibni, yangi odatni, yangi uslubni, kashfiyotni tushunish lozim”, deya ta’rif berilgan.
Mahsulot innovatsiyasi foydaning o’sishini ta’minlaydi. Ushbu holat yangi yoki modernizatsiyalashgan mahsulotga yuqori bahoning o’rnatilishi hamda mahsulotni sotish hajmining ko’payib borishi hisobiga ro’y beradi.
Texnik-texnologik innovatsiya ishlab chiqarish faoliyatida iqtisodiy ko’rsatkichlarni yaxshilash uchun xizmat qilishini ko’rish mumkin. Bular quyidagilarda namoyon bo’ladi:
ishlab chiqarish samaradorligini oshirish;
an’anaviy texnologiya asosida olish mumkin bo’lmagan yangi
mahsulot va xizmatlarni o’zlashtirish imkoniyati sababli;
tijorat nuqtai nazaridan istiqbolda an’anaviy texnologiyalar asosida
o’zlashtirish imkoni bo’lmagan uglevodorod zahiralarini aniqlash imkoniyatining mavjudligi va boshqalar.
Ijtimoiy-iqtisodiy innovatsiya: sanoat va ekologik xavfsizlikni ta’minlash, mehnatni muhofaza qilish tizimini takomillashtirish, ish sharoitini yaxshilash va boshqalar hisobiga iqtisodiy ko’rsatkichlarni yaxshilash imkonini beradi.
Radikal innovatsiya esa korxonalarning uzoq muddatga mo’ljallangan raqobatbardoshlik qobiliyatini saqlab qolishni ta’minlaydi hamda bozordagi mavqeini mustahkamlashga yordam beradi. Radikal yangilik texnologik va tijorat innovatsiyalar singari aksariyat hollarda xavf-xatar hamda noaniqlik darajasi yuqori bo’lishi bilan ajralib turadi.
Evolyutsion innovatsiya orqali mahsulotning iste’mol qiymatining oshib borishi ta’minlanadi, minimal xavf-xatar bilan ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish imkoni paydo bo’ladi.
Kombinatsiyalashgan innovatsiya esa turli xildagi innovatsiyalarni o’zida aks ettirib, xavf-xatarni oldindan ko’rib bilishi bilan ajralib turadi. Kombinatsiyalashgan innovatsiya barcha muhim yangiliklarning kirib kelishi, korxonalarda keng miqyosda qo’llanilishi, ishlab chiqarishni bozorga moslashishini ko’ra bilishi bilan alohida ahamiyatlidir.

Yüklə 28,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin