KICHIK GURUH BOLALARINI FAOLIYAT MARKAZLARIDAGI FAOLIYATLARINI LOYIHALASHTIRISH
Kichik guruhlarda applikatsiya qilishga o‘rgatish. Applikatsiya so‘zi lotincha so‘zdan olingan bo‘lib, «joylashtirish» degan ma’noni anglatadi. Applikatsiya tasviriy faoliyatning bir turidir. Applikatsiyada ishlatiladigan ashyo o‘ziga xosligi bilan ajraladi. Qog‘oz, somon, quritilgan o‘simlik o‘ramga joylashtirilib, turli xil elim bilan elimlanadi. Mato, charm, jun, paxmoq -ularga esa tikiladi. Applikatsiya bir xil rangli yoki rangli bo‘ladi. Bir xil applikatsiya grafik tus bersa, ko‘p ranglisi esa go‘zallik. Uni ham buni ham badiiylik bo‘ladi. Applikatsiyaing chamalash asosiy belgisi bo‘lib hisoblanadi.
Applikatsiya o‘ziga xosligi katta doirachalardan iborat. Rang applikatsiyaning ifodalash darajasini oshiruvchi vositadir. SHuning uchun applikatsiya ishida ranglarning uyg‘unlashuviga mos tushishi xayoliy va dekorativ kompozitsiyaning ifodaliligi garmoniyasini izlab topishdir.
Applikatsiya qog‘ozda kompozitsion uquvni bilishga sharoit yaratadi.
Tarbiyalanuvchi tayyorlagan applikatsiya ishi estetik talabga javob berishi kerak. Applikatsiya predmetning umumiy, tipik va individualdan belgisini ko‘ra olishiga o‘rgatadi, ularni o‘zaro bog‘liqligi, butun, qismlar, simmetrik chamalash
rivojlanadi, predmetning shaklini, rangini bosqichma-bosqich ko‘rsatish malakasini ko‘rsata oladi.
Maktabgacha ta’lim muassasasida applikatsiya mashg‘ulo tlari birinchi kichik guruhdan boshlab olib boriladi.
Bu guruhda barcha mashg‘ulotlarda bolalar kattalar tomonidan qilib berilgan tayyor shakllarni qog‘ozga to‘g‘ri, turli xil joylashishda terib chiqib va yopishtirshga qaratilgandir. Bu guruhda asosiy vazifa - bolalarni elimlash usullarini o‘rgatishdir. Kattalar uchun oddiy hisoblangan, bu malaka qator harakatlarni ketma-ket bajarishdan iborat bo‘ladi, ya’ni mo‘yqalamni to‘g‘ri ushlab, unda ozgina elim olish, shaklni teskarisi bilan qo‘yib, elimni butun shaklga tekis qilib surib chiqish, surayotgan chap qo‘lining barmog‘i bilan shaklni tutib turish, so‘ng mo‘yqalamga ehtiyotkorlik bilan qo‘yib, shaklni sekin rang tomoni bilan o‘girib, qog‘oz varag‘ining kerak joyiga qo‘yish va salfetka yordamida sekin bosish, chetlaridan chiqib ketgan ortiqcha elimni sekingina artib olish.Bu yoshdagi bolalarga ana shu harakatlarni egallab olish, albatta oson emas.Eng sodda shakl - kvadrat va doira uning uchun shu shakllardan ishni boshlash__ lozim.
Yil davomida bolalar shu shakllarni nomini to‘g‘ri aytishni egallab olishlari lozim. Lekin butun yil davomida o‘tkazila digan applikatsiya mashg‘ulotlarida faqat shu shakllar bilan kifoyalanib qolish bo‘lmaydi. Bu guruhda bolalarda dastlab bir; keyin 2-3 qismdan tuzilgan predmetlarni (qo‘ziqorin, bayroqcha, qorbobo, uy) yopishtirishga o‘rganadilar.
SHuningdek, yil oxiriga borib bolalar olti- etti xil rangni qizil, ko‘k, sariq, yashil, jigarrangni to‘g‘ri aytib berishlari lozim.
Bu guruh bolalariga qaychi berilmaydi, chunki bolalarning qo‘l harakati etarli taraqqiy etmagan va hali qurish nazorati etarli bo‘lmaganligi sababli bolalar qo‘lidagi qaychi xavf tug‘dirishi mumkin. Kichik guruhda bolalarni applikatsiya qilishga o‘rgatishida ish uchun beriladigan materiallar va mashg‘ulotni tashkil etish ahamiyatiga egadir. materialning rangi bolalarni dikkatini tortib ularni chalg‘itadi. SHuning uchun dastlabki mashg‘ulotlarda material alohida paketlarda, tushuntirilib bo‘lgandan so‘ng tarqatiladi. Tarbiyachi mavzuni tushuntirib bo‘lganidan so‘ng material tarqatilib, bolalar materialni topshiriqqa mos ravishda kesmaga terib chiqadilar.
Tarbiyachi dastlab elementlarni qo‘yib chiqilganini tekshiradi, shundan keyingina bolalarga elim ishlatish uchun beriladi. Bu guruhda tarbiyachi bolalar bilan naturani kuzatish namuna bilan birgalikda olib borish kerak. namunani ko‘rsatish jarayonida tarbiyachi shaklning rangini aniq atash va barmog‘i bilan uni ko‘rsatib, shu shaklning xususiyatlarini bolaga aniq ko‘rsatib beradi. Tarbiyachi tomonidan ishni bajarilishini ko‘rsatib berilishi, bolalarni turli malaka va o‘quvini vujudga kelishida muhimdir. SHuningdek, tarbiyachi ish tartibini ham boshidan ko‘rsatib boradi. Qanday shaklni oldi, qanday ishlab qo‘yib elim surtdi va boshqalar.
Tarbiyachi o‘zining har bir harakatini so‘z bilan birgalikda olib boradi. Kichik maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalar esa tayyor shakllarni va ularning rangini bir-biriga moslab, tanlab yopishtiradilar. Juda yaxshi estetik effekt bilan qilingan ishlar, ayniqsa dekorativ bezaklar guruh xonasini bezatish mumkin. SHunday qilib, olib borilgan tekshirish ishlari shuni ko‘rsatadiki, yaxshi uyushtirilgan appilikatsiya mashg‘ulotlari, bolalarni boshqa mashg‘ulotlarga, dekorativ, predmetli va syujetli mashg‘ulotlariga ijobiy ta’sir etadi. Bolalarda sensor madaniyat oshadi, qo‘l bilan tahlil qobiliyati o‘sadi va badiiy didlari shakllanadi.
O ‘rta guruhda applikatsiyaga o ‘rgatish. Tasviriy faoliyat (4-5 yosh)
Bola hayotining 5yoshida ham psixologik, ham jismoniy tomondan o‘sadi. Bu esa bolaning applikatsiya bo‘yicha bajaradigan ishning sifat jihatidan o‘zgarishiga olib keladi.Bolalar tuzilish jihatdan ancha murakkab bo‘lgan predmetlarni tasvirlashga o‘rganadilar. O‘rta guruh bolalari kichik guruhga nisbatan malaka va ko‘nikmalarini ancha egallagan bo‘ladilar. Bu guruh bolalari 23 qismli emas, balki 4-5 qismdan iborat predmetlarni tuzishga o‘rganadilar. Dastlab, bu guruhga qaychi bilan ishlash kiritiladi. Bolalar qaychini to‘g‘ri ushlashga, uni richagini yopishga va ochish to‘g‘ri qirqim olishga o‘rganadilar. Buning uchun oldin eskiz, keyin esa enli yoki keng qog‘oz lentalar qirqishga o‘rganadilar. Bu guruhda bolalar elimlash malakasini egallashi davom ettiradilar. Bola hayotining 5 yilida doira, kvadratdan tashqari uchburchak, oval, o‘zun to‘g‘ri to‘rtburchakni biladilar. Trapetsiya shaklini esa kichik guruhda bo‘lgani kabi obrazli tasvirida davom etadi. Masalan: tom, qayiqcha, kichik guruhga yana qo‘shimcha havo rang, pushti, kulrangni sezishga va to‘g‘ri aytishga o‘rganadilar. Ular qog‘oz varog‘ida tez va osonlik bilan mo‘ljal olishga o‘rganadilar. Ular orqada, ketma-ket, teng masofada va boshqa fazoviy tushunchalarni egallaydilar. Bolalar to‘g‘ri kesmalar qirqishdan tashqari aylanaviy shakllar qirqishga o‘rganadilar. Ular kvadrat va to‘g‘ri to‘rtburchakning burchaklarini dumaloqlashga o‘rganadilar. Ana shu qirqib olingan aylanaviy shakllardan qo‘ziqorin, minorcha, qorbobo kabi predmetlarni hosil qilishga o‘rganadilar.YOpishtiriladigan qismlar soni ham ko‘payadi, masalan: uychani tasvirida faqat devori emas, balki eshik va derazalarni ham tasvirlaydilar. SHakl va rang bilan ishlash ham rivojlanadi: to‘rtburcha, kvadrat, doira, uchburchak, pushti rang, kulrang, havo rang va boshqalar. Bu guruhda qog‘oz varag‘ida to‘g‘ri mo‘ljallashga o‘rganadilar va quyidagi tushunchalar bilan tanishib boradilar.
Masalan, orasida, chekkada, bir xil masofada va boshqalar. O‘rta guruhda tarbiyachi o‘zining asosiy diqqatini bolalarni qaychi bilan ishlashga qaratiladi. Yil davomida tarbiyachi bolalarni qirqishning turli usullari bilan tanishtiradi. Tarbiyachi qaychini, qog‘ozni to‘g‘ri ushlashga o‘rgatib boradi. YOpishtirish malakasi esa mustahkamlanib boradi. Bu guruhda asosiy vazifa bolalarni qirqish texnikasini egallab olishga qaratilgandir. Bu guruhda tarbiyachi bolalarni predmetli dekorativ, mazmunli applikatsiyaga o‘rgatib boradilar. Sodda predmedlardan murakkab predmedlarni tasviriga o‘rgatiladi. Tarbiyachi bolalarni qaychi bilan ishlashga, uni to‘g‘ri ushlashga o‘rgatib boriladi.
Bolalar qaychi bilan ishlashga darhol o‘zlashtira olmaydi. SHuning uchun tarbiyachi qaychi bilan ishlashga o‘rgatishda dastlab enli, ensiz kesmalar qirqishga o‘rgatib, mashqlantiradi, har bir applikatsiya mashg‘ulotlarining mavzu va mazmuni turlicha bo‘lishi lozim. Masalan: dastlabki mashg‘ulotlarda tarbiyachi bolalarga «do‘kon» uchun chipta, cheklar qirqishni taklif etadi. Qirqilgan kesmalardan uycha, daraxt, panjara, narvon kabi predmetlarning oddiy ko‘rinishi tasvir etishi mumkin. Bu esa, bolalarni mashg‘ulotga qiziqishini oshiradi va mashg‘ulotni bir xil tarzda bo‘lishini oldini oladi. Bir-ikkita mashg‘ulotni o‘tkazgach, keyingi mashg‘ulotlarni bolalarni ijodiy faolligini o‘stirish uchun tavsiya etish mumkin. Masalan, bolalarni o‘zlari qirqib olgan rangli kesmachalardan turli xil predmedlarning ko‘rinishini tasvir etadilar. Masalan: yulduzlar, bayroqchalar, gullar. Keyingi applikatsiya mashg‘ulotlarida bolalarni to‘rtburchak, kvadratni diagonali bo‘yicha, trapetsiya va uchburchak hosil qilishga o‘rgatiladi. SHarf, sochiqni kvadrat va uchburchaklar bilan bezaydilar, shuningdek, kvadrat - gilamga, dastrumolcha, doira-taxsimchani ham bezaydilar. Tayyor siluetlar ham berish mumkin. Bolalar oval va doira shaklni hosil qilib qirqishga ancha qiynaladilar. Ular doiraviy shakldagi predmetlardan: tursa yiqilmas qo‘g‘irchoq, meva-sabzavotlar, piramida va boshqalarni qirqib yopishtiradilar. O‘quv yilining davomida bolalarga mazmunli applikatsiya ishlarini ham taklif etishi ham mumkin. Masalan: Bo‘g‘irsoq yo‘ldan dumalab ketayapti, o‘tloqdagi jo‘jalar, qo‘ziqorinlar va hokazo.__ Bu guruhda bolalarni jamoa bo‘lib ishlashga o‘rgatamiz. Masalan: katta gilam yoki sabzavot mevalardan tashkil topgan vitrinani yoki havoda, osmonda samalyotlarni tasvir etishlari mumkin.
Bundan tashqari bolalar o‘z xohishlari bo‘yicha xilma-xil applikatsiya ishlarini bajaradilar. Masalan: onam uchun sovga, tayyor siluetni naqshlar bilan bezatish mumkin. Masalan: fartuk, qo‘lqop, shapkani qirqib yopishtirish yoki bezatish mumkin.
Tarbiyachi bu guruhda ham hilma-xil metod va usullardan foydalanadi. Muhim bo‘lgan metodlardan biri inshaklsion - retseptiv hisoblanadi. Bu metod tasviri lozim bo‘lgan predmetni har tomonlama ko‘rib chiqish va tahlilni o‘z ichiga oladi. Tarbiyachi bu guruhda ko‘proq bolalarning o‘zlariga tasvirlanayotgan predmeti haqida gapirib berishni, uning sifat, belgisini konkret aytib berishga, tasviriy yo‘llarini mustaqil bilishga o‘rgatib boradi. Bolalar predmetining tasvirini tuzish orqali, o‘sha predmet shaklini qirqishga, uning tuzilishini to‘g‘ri tasviriga, qismlarning kattaligini to‘g‘ri berishga o‘rganib boradilar. Bu guruhda qirqish birinchi marta kiritiladi. SHuning uchun eng muhim diqqat-e’tiborni qaychini ushlashga, qirqish usullarini ko‘rsatishga bog‘liq bo‘ladi.
Dastlabki mashg‘ulotlarda tarbiyachi qaychi bilan qanday ishlash kerakligini ko‘rsatib beradi (richagini ochib, yopishni qanday, qaerdan ushlashni ko‘rsatib beradi). Qog‘oz qirqishni bolalarga namoyish qilish orqali qaychini oldingi qanday qilib harakat qilishni ko‘rsatadi. Bolalarni kvadratlardan doiraviy shakllar qirqishda ularning faqat burchaklarini qirqish kerakligini ko‘rsatish kerak va qog‘ozni qo‘lda biroz harakat qildirish kerakligini namoyish qilib beradi.
Bu usulda bolalarga oq qog‘oz, so‘ng rangli qog‘oz berish tavsiya etiladi. Tarbiyachi tanish bo‘lgan qirqish usullarini birorta bolani chaqirib, bolalar uchun namoyish qilib berishni taklif etish mumkin. Har bir harakatni tarbiyachi so‘zi bilan tushuntirib borishi kerak. Agarda murakkab applikatsiyani tuzish kerak bo‘lsa, tarbiyachi flanigrafdan o‘sha narsani illyustrativ rasmlarni ko‘rib chiqishni taklif etish mumkin. Masalan: qo‘ziqorin, uning oyoqchasi va shapkachasi bor, oyoqchasi pastda, shapkasi yuqorida joylashgan.