Mavzu: kichik maktab yoshi davrida psixik rivojlanish xususiyatlar reja



Yüklə 93,3 Kb.
səhifə5/12
tarix11.05.2023
ölçüsü93,3 Kb.
#110997
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Mavzu kichik maktab yoshi davrida psixik rivojlanish xususiyatl-azkurs.org

Nutq turlari
Мулоқот
Оғзаки
Ўз фикрини баён этиш
Ички нутқ
Нутқ
Ташқи нутқ
Ёзма
Оғзаки нутқни идрок
Bu kabi rasmlar orqali kichik maktab Yoshidagi o‘quvchilarning so‘z boyliklarini, jumladan so‘z turkumlaridan qanchalik o‘rinli foydalana olishlarini aniqlash mumkin.
6-11 Yoshli o‘quvchilarning bilish jarayonlaridagi ixtiyoriylik irodaviy zo‘riqish asosidagina, Shuningdek, bola o‘zini atrofdagilarning talabini bajarishga yoki shaxsiy harakat
qilishga intilgandagina yuzaga kelishi mumkin.
Kichik maktab Yoshidagi bola psixikasining sog‘lomligida, uning bilish faolligida tafakkurning ham rivojlanishini ko‘rish mumkin. Bolaning qiziquvchanligi, asosan, atrof- olamni bilish, o‘rganishga qaratilgan bo‘ladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchisi o‘ynab turib, olam sir-sinoatlari, sabab-hodisalari va bog‘liqlaridan xabardor bo‘lishga intiladi. Masalan, u o‘zi mustaqil ravishda qanday predmetlar suvda cho‘kishi, qaysilari esa suzishini tadqiq qila oladi. Bola aqliy munosabatlarda faol bo‘lsa, u shunchalik ko‘p savol beradi va bu savollar, asosan, xilma-xil bo‘ladi. Bolani qor, yomg‘ir qanday yog‘ishi, quYosh kechasi qaerda bo‘lishi, mashina qanday qilib yurishi, erdan osmongacha bo‘lgan masofani bilish juda qiziqtiradi. Bu ularning «Nima uchun?», «Qanday kilib?», «Nima orqali?» kabi savollariga javob olishga qaratilgan bo‘ladi. Bu Yoshdagi bolalar asosan o‘zlari ko‘rib turgan narsalar haqida chuqurroq fikr yurita oladilar. Bu Yoshdagi bolalar tafakkurining asosiy turi obrazli tafakkurdir. Bolalarga beriladigan va asosan maktabda amalga oshiriladigan ta’lim bolalar tafakkurining o‘sishi uchun g‘oyat katta ahamiyatga egadir Masalan, psixolog olim Piaje tadqiqotlarida 6-7 Yoshli bolalardan bir-biri bilan teng bo‘lgan idishlardagi suv miqdori so‘ralgan. Bolalar “Idishlardagi suv miqdori teng”,-deb javob berishgan. Aynan shu miqdordagi suv bolalar ko‘z o‘ngida turli xil balandlikdagi idishlarga quyilib, so‘ngra qaysi idishdagi suv miqdori ko‘pligini so‘ralganida bolalar ingichka, lekin baland idishdagi suvning miqdori ko‘pligini aytishgan. Bolalar aynan o‘sha suv miqdorini yana bir- biri bilan teng bo‘lgan idishlarda ko‘rganlaridan so‘nggina o‘z javoblari noto‘g‘riligini bilganlar. Aynan shunday tajriba bir xil kattalikdagi plastilin shakllari o‘zgartirilganida hamda teng miqdordagi tugmachalar orasi ochiqroq qilib qo‘yilgan qatordagi tugmachalar bilan solishtirilganida ham xuddi shunday javoblar bo‘lgan.
Bu tajriba 6-7 Yoshli bolalar asosan ko‘rganlari bo‘yicha fikrlashlarini isbotlab beradi.
Bolalarga beriladigan va asosan maktabda amalga oshiriladigan ta’lim bolalar tafakkurining o‘sishi uchun g‘oyat katta ahamiyatga egadir. Ta’lim va maktabda beriladigan bilimlarni o‘zlashtirish jarayonida, kuzatuvchanlik, xotira va hayol o‘sib borishi bilan kichik maktab Yoshidagi bolalar tafakkuriga material bo‘ladigan narsalar doirasi kengaya boradi, bolalarda mantiqiy tafakkur va tanqidiy fikrlash o‘sib boradi. Ta’lim jarayonida bolaning tafakkuri katta o‘sish yo‘lni — konkret tafakkurdan abstrakt - nazariy tafakkurga o‘sish yo‘lini bosib o‘tadi.
Kichik maktab Yoshidagi bolalarning tafakkuri hali ham amaliy, qonkret tafakkur bo‘ladi, lekin ta’lim jarayonida bolalarning bunday qonkret tafakkuri, maktabgacha tarbiya Yoshidagi bolalarning qonkret tafakkuriga qaraganda, murakkabrok va mazmunliroq bo‘lib qoladi, ulardagi fikrlash jarayonlarining hammasi takomillasha boradi. Maktabda o‘quvchi bola tobora murakkabroq narsalarni va o‘zi idrok qilayotgan narsalarni hamda hodisalarnigina emas, balki shu bilan birga, tasavvur qilayotgan narsalar va hodisalarni ham bir-biriga takqoslashni, analiz va sintez qilishni o‘rganib oladi.
Bolaning maktabdagi o‘qishi jarayonida unda abstraksiyalash qobiliyati o‘sa boshlaydi. Matematika darslarida amaliy qonkret sanashdan abstrakt hisoblashga o‘tilgan vaqtda, Shuningdek,

Yüklə 93,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin