Mavzu: kichik maktab yoshi davrida psixik rivojlanish xususiyatlar reja



Yüklə 93,3 Kb.
səhifə6/12
tarix11.05.2023
ölçüsü93,3 Kb.
#110997
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Mavzu kichik maktab yoshi davrida psixik rivojlanish xususiyatl-azkurs.org

Ўзгалар нутқини идрок
Ташқи ўқиш
Ёзма нутқни идрок этиш
Ички ўқиш
ona tili darslari davomida bu qobiliyat ayniqsa sezilarli suratda o‘sadi. Boshqa fanlarni o‘qish jarayonida bu qobiliyat yanada o‘sadi. Bola analiz qilish, abstraksiyalash va taqqoslashni, mashq qilish yo‘li bilan narsalarning muhim belgilari bilan ahamiyatsiz belgilarini bir-biridan farq qilishni, predmet, voqea-hodisalarning muhim belgilariga qarab turib xulosalar chiqarishni o‘rganadi. Kichik maktab Yoshidagi o‘quvchilarning tafakkuri mantiqiy fikrlash, mulohaza yuritish, hukm va xulosa chiqarish, taqqoslash tahlil qilishning turli usullarini qo‘llashda o‘ziga xos xususiyatlari bilan maktabgacha Yoshdagi bolalar va o‘smirlardan farq qiladi. Ta’lim jarayonida tafakkur operatsiyalariga, mustaqil fikrlashga o‘rgatish kichik maktab Yoshdagi o‘quvchilarni barkamollikka erishtirishning garovidir. 6-11 Yoshli bola mantiqiy fikrlay oladi, lekin bu Yosh asosan ko‘rganlariga tayanib, ta’lim olishga senzitiv bo‘lgan davr hisoblanadi,
Boshlang‘ich maktabning o‘zidayok bolalar birinchi sinfdan boshlab ko‘p miqdorda xilma-xil tushunchalarni — grammatikaga, arifmetikaga, tabiatga doir, Shuningdek, ijtimoiy-siyosiy tushunchalarni o‘zlashtirib oladilar. O‘quvchilar o‘zlashtirib oladigan tushunchalar doirasi, asosan, har qaysi sinf uchun turli fanlar yuzasidan tuzilgan o‘quv dasturi bilan belgilanadi. Muayyan ilmiy mazmunga ega bo‘lgan tushunchalar o‘quvchilarga mantiqiy ifodalangan shaklda bayon qilib beriladi. O‘quvchilar o‘zlarining ham tushunchalarini mazmunini ta’riflab, ularning jins va turlariga doir belgilarini ko‘rsatib, aytib berishni o‘rganadilar. O‘quvchilar tushuncha va qoidalarni ta’riflab berolmay qolganlarida yoki ta’riflash mumkin bo‘lmagan paytlarda tasvirlab, taqqoslab, xarakterlab, misollar bilan ko‘rsatib beradilar. N. S. Leytes mulohazalariga ko‘ra, inson Yoshi ulg‘aygan sari aqliy rivojlanish darajasi birmuncha ko‘tariladi, uquvchanlik xususiyati esa birmuncha pasayadi. Kichik maktab Yoshidagi bolalarning uquvchanligi, albatta, o‘smir va o‘spirinlarga nisbatan yuqori, lekin o‘smir va o‘spirinlarning aqliy rivojlanganligi boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga nisbatan yuqoridir. Bu holat kichik maktab Yoshidagi o‘quvchilarning etakchi faoliyati – o‘qish bo‘lishi bilan, lekin bilish jarayonlari hali hamma tomonlama rivojlanib bo‘lmaganligi bilan bog‘liq hisoblanadi.
Kichik maktab davridagi bolalarning aqliy rivojlanishi ijtimoiy omillar bilan belgilanadi. Individ ijtimoiy munosabatlar ta’sirida o‘zgaradi. Bolaning maktabda muntazam ravishda o‘qishga o‘tishi uning barcha bilish jarayonlarini rivojlanishiga va o‘z-o‘zidan atrof- hayotdagi narsa-hodisalarga nisbatan fikrini, munosabatlarini o‘zgarishiga olib keladi.

Yüklə 93,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin