REJA: I BOB. TABIATSHUNOSLIK O’QITISH JARAYONIDA BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINING MODDIY DUNYOQARASH ASOSLARINI SHAKLLANTIRISH 1.1. O`quvchilarni tabiatga doir ilmiy tushunchalar berishning o`ziga xos xususiyatlari
I.2. Tabiatshunoslik darslarida pedagogik texnologiyalarni qo`llashning ahamiyati
1.3. Tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi tabiatshunoslikni o’qitishda bolalarni har tomonlama tarbiyalashning mazmuni va metodlarini ochib beravchi pedagogik fan sifatida
1.4. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida tabiatshunoslik haqida tasavvur va tushunchalarni shakllantirish
1.5. Tabiatshunoslikni o’qitishning moddiy bazasi
II BOB. BOSHLANG`ICH SINF O’QUVCHILARIDA TABIATSHUNOSLIKKA DOIR TASAVVUR VA TUSHUNCHALARINI SHAKLLANTIRISHNING METODIK ASOSLARI 2.1. O’quv jarayonida tabiatshunoslik tushunchalarini shakllantirish 2.2. Umumiy tushunchalarni shakllantirishda tabiat vositalarining roli. 2.3. Tabiatshunoslik darslarida yakka tushunchalarni shakllantirish. 2.4. O’quv jarayonida mantiqiy tafakkur va nutqni rivojlantirish. III IBOB. BOSHLANG`ICH SINF O`QUVCHILARINING TABIATGA DOIR ILMIY TUSHUNCHALARINI SHAKLLANTIRISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH 3.1. O`quvchilarni tabiatga doir ilmiy tushunchalarni shakllantirishda pedagogik texnologiyalar qo`llashning samaradorligi
3.2. Pedagogik texnologiyadan foydalangan holda o`quvchilarga tabiatga doir dars ishlanmalari
XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI KIRISH
Mavzuning dolzarbligi Pedogogik texnologiya o`quvchilarning chuqur bilimlar olishlarining qator imkoniyatlar yaratish bilan birga, ularga o`z fikrini himoya qilish ko`nikmasini shakllantiradi, hamkorlikda ishlarga o`rgatib, ularni hayotda uchrab turadigan qiyinchiliklarni birgalikda hal qilish tajribalarini singdiradi. Pedagogik texnologiyani faol tadbiq etish hisobiga ta`lim jarayonining rag`bati kuchayib boradi.
Bugungi kunda pedagogik tizimda didaktik masalalarning o`z yechimlarining topishi Milliy dastur g`oyalarini ro`yobga chiqarishning eng muhim bosqichidir. Shuningdek, ta`lim muassalarida resurs, kadrlar va axborot bazalari yanada mustahkamlandi, o`quv tarbiya jarayoniyangi o`quv uslubiy, majmualar, ilg`or pedogogik texnologiyalar bilan to`liq ta`minlandi. Bunda biz pedagogik texnologiya Milliy dasturni amalga oshirishning muhim vositasi ekanini ko`rishimiz mumkin.
Mustaqil davlatimiz taraqqiyoida hal qiluchi muammolar xalqimizning ming-ming yillik qadriyatlarini, pedrgogik merosini o`rganish va ta`lim –tarbiya jarayonini milliylashtirish, yoshlar ongiga milliy, mafkura, milliy g`oyani singdirish, vatanparvarlik tarbiyasini yangi mazmun va metodikasini ishlab chiqish jahon andozalariga mos bo`lgan ta`lim tizimini yaratish, ilg`or pedagogik tajribaalarni ommalashtirish , pedagogik texnologiya bilan qurollantirish kabilar dolzarb vazifasi bo`lib qoldi.
Shuni ta`kidlash lozimki, jamiyat taraqqiyotida ilm-fan ishlab chiqarish kuchiga aylangan bugungi kunda ta`lim –tarbiya ishida pedogogik texnologiya davri boshlandi. O`lmon olim G`. Xovfman pedogogika fani taraqqiyotida uch davrni: tarbiya haqida donolik, pedogogika ( pedogogik g`oyalar) va pedogogika ilmi rivojlanish bosqichlarini ko`rsatadi. Shundan kelib chiqib pedogogik tkxnologiya davrini to`rtinchi bosqich desa bo`ladi.
Zamonaviy o`qitish texnologiyalari majmuaviy integral (butun uzviy bog`liq) tizim bo`lib, unda ta`lim maqsadlari asosida belgilangan kasbiy ko`nikma va malakalar o`rganuvchilar tomonidan shaxsiy xislatlarni egallash hamda bilimlarni o`zlashtirishga yo`naltirilgan harakatlarning tartiblashtirilgan to`plami aks etadi.
“Pedagogik texnologiya bilimlarni o`rganish yaxlit jarayonida ta`lim shakllarini opimallashtirish, texnikaviy insoniy imkoniyatlar, ularning o`zaro hamkorligi amalga oshirish metodlar tizimidir” Pedagogik texnologiya ta`lim –tarbiya jarayonini optimal loyihalash, modellashtirish tizimi mexanizmi hisoblanadi. ya`ni pedogogik qonuniyatlarga asoslangan ta`lim-tarbiya tizimining samarali ommabop mexanizmidir. Buning uchun ta`lim –tarbiyani tubdan isloh qilish ilg`or pedagogik texnologiyalarni zamonaviy o`quv-uslubiy majmualarni yaratish va o`quv –tarbiya jarayonini didaktik jihatdan ta`minlash zarur ekanini ko`rsatadi.
Malumki, har qanday pedagogik texnologiya ta`limning yangi mazmunini shakllantiruvchi ta`lim tamoyillariga asoslangan bo`lib, u o`quvchi shaxsini tarbiyalashga, ular ongida vatanga muhabbat, insonparvarlik kabi tushunchalarni shakillantiribborishga qaratilmog`i lozim. Ta`lim jarayonini faol subektlari o`qituvchi va o`quvchilar bo`lib, ularni hamkorlikdagi faolyatlari muayyan mavzu bo`yicha kam kuch va vaqt sarflagan holda bilimlarni chuqur o`zlashtirish imkonini beruvchi jarayonning umumiy mohiyatini tavsiflaydi.
Mintaqamizda va butun dunyoda yuzaga kelayotgan murakkab geosiyosiy sharoitda bizning zimmamizda mamlakatimizning xavfsizligi va barqarorligini ta`minlash, shu muqaddas zaminimizda hukm surayotgan tinch osoyishta hayotni saqlash kabi bir-biridan ma`suliyatli va keng ko`lamli bir qator vazifalar borki, yer yurtimizning jondan aziz farzandlarimizning bugungi va ertangi kuni ana shu masalalarni qanchalik muvaffaqiyat bilan hal etishimizga bog`liqdir.
Shu kunlarda hukumatimiz tomonidan ushbu masala yuzasidan qabul qilingan Davlat dasturi ana shu ezgu maqsadda erishish yo`lida, jami davlat va nodavlat manbalarini hisobga olgan holda, mavjud barcha resurs va imkoniyatlarimizni safarbar etishni ko`zda tutadi. Ana shunday buyuk vazifalar va ularni amalga oshirish, kelajagimiz egalari bo`lgan yosh avlodni zamonaviy tkxnologiyalar asosida, ongli, dunyoqarashi keng, ma`naviy yetuk qilib tarbiyalash mamlakatimiz taraqqiyotining asosidir.