1- qism. Kirish.Unda har bir soha bo’yicha qo’yiladigan talablaming umumiy vazifalari ko’rsatilgan. Jumladan, uning 1.3 qismi “tabiat ta'lim sohasi”ga bag’ish-langan va quyidagilar qayd etilgan: bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish, ularda olam tuzilishi va tabiat hodisalari haqida boshlang’ich tasavvur hosil qilish, ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, tabiatga muhabbat uyg’otish va undan oqilona foydalanishni o’rgatish tabiat ta'lim sohasi orqali amalga oshiriladi. Tabiat ta'lim sohasi bo’yicha standart ko’rsatkichlar bolaning tabiat va undagi hodisalar haqidagi tasavvurga ega bo’lishi, ularni farqlash, qisqacha ta'riflab berish hamda amalda qo’llay olishga o’rgatish nuqtayi nazaridan belgilanadi. 2- qism. Ta'lim mazmuni negizini belgilovchi ko’rsatkichlar. Buning 2.3 qismi “tabiat ta'lim sohasi” bo’lib, quyidagilarni o’z ichiga oladi:
Jonli va jonsiz tabiat. Tabiatni o’rganish usullari: kuzatish va tajriba. Jism va moddalar.
Koinot. Quyosh - eng yaqin yulduz. Yerning o’z o’qi va Quyosh atrofida aylanishi, Oy - Yerning yo’ldoshi. Globus. Xarita. Ufq va uning asosiy tomonlari. Yer yuzining asosiy qismlari: tog’, tekislik va okeanlar.
Atrofimizdagi havo. Ob-havo. Yil fasllarida ob-havoning o’zgarishi. Yog’inlar. Tabiatda suv.
Tabiat hodisalari. Jismlarning harakati, issiqlik, tovush, elektr, yorug’lik hodisalari haqida boshlang’ich ma'lumotlar.
O’simliklar. O’simliklarning organlari. Madaniy va yovvoyi o’simliklar. O’simliklardagi mavsumiy o’zgarishlar.
Hayvonlar. Uy va yovvoyi hayvonlar. Hasharotlar. Qushlar. Suvda yashovchi hayvonlar. Yirtqich hayvonlar. Hayvonlarning yashash sharoiti.
Odam va uning salomatligi.
Vatanimiz xaritasi yonida. Mamlakatimiz tabiati, tog’ va tekisliklari, cho'1 va o’rmonlari, ob-havosi, asosiy daryo, ko'l va suv omborlari. Yerosti boyliklari. Mamlakatimiz poytaxti, viloyatlari va Qoraqalpog’iston Respublikasining tabiati.
Inson va tabiat orasidagi munosabat. Tabiatni muhofaza qilish. Ma'lumki, boshlang’ich sinflarda tabiatshunoslik fani 2 qismga bo’lib o’tiladi:
“Atrofimizdagi olam”, (1-2- sinflarda) va “Tabiatshunoslik” (3-4- sinflarda). Boshlang’ich sinflarning (1-2 -sinflar) o’quv rejasiga “Atrofimizdagi olam” nomli yangi o’quv predmeti kiritilgan, uni o’rganishga haftasiga 1 soat ajratiladi. Atrof olam bilan tanishtirish bo’yicha kursning asosiy vazifalari atrofdagi hayot, tabiatning jism va hodisalari to’g’risida bolalar tasavvurlarini to’plash va muntazamlashtirish, ularning axloqiy-odobiy tajribalarini boyitish, to’g’ri xulq-atvor (oilada, maktabda, ko’chada, jamoat joylarida, tabiatda) ko’nikmalarini, oila a'zolariga muhabbat va ular to’g’risida g’amxo’rlikni shakllantirish, atrofdagi odamlarBa (tengdoshlarga, o’qituvchilarga va boshqalarga), tabiatga muruvvatli va e'tiborli bo’lishni, inson mehnati bilan bunyod etilgan narsalarni qadrlash, jonajon yurtga - Vatanga muhabbatni tarbiyalashdir. Odamlar mehnati va bolalarning amaliy faoliyati (ijtimoiy foydali mehnat, o’yin faoliyati)ni tashkil qilish bu ikki yo’nalishni bog’lovchi qism hisoblanadi. O’qitish jarayonida o’quvchilar yigirmadan ortiq tur va tushunchalarni o’rganadilar, bular: mebel, idish-tovoq, transport, maishiy texnika, ish qurollari, o’simliklar, hayvonlar, sog’liqni saqlash, shaxsiy gigiyena va boshqalardir. Predmetni o’rganish jarayonida o’qituvchi dunyoni ekologik idrok etish vositasi bo’lgan maktab yer maydonchasi, tabiat burchagidagi hayvonlar va o’simliklarni parvarish qilish ko’nikmalarini, tabiatga muhabbat va tabiat go’zalligini ko’ra bilish qobiliyatini shakllantirishi, tabiiy hodisalarni tushunish kabilarni ishlab chiqishi kerak. Mantiqiy fikrni rivojlantirish maqsadida xayoliy sayohatlar uchun globus va geografik xarita (garchand ular bilan mukammal tanishish keyingi sinflarda ko’zda tutilgan bo’lsa ham) lardan foydalanish mumkin. Ushbujarayon bolalaming dunyoqarashlari va tasavvurlarining rivojlanishiga olib keladi. Predmetning ikkinchi sinfga mo’ljallangan maqsadi - atrof olam predmetlari haqidagi tushunchalarni kengaytirish va chuqurlashtirish, olamning umumiy ko’rinishi haqidagi tasavvurni shakllantirish, insonparvar, ijodiy, ijtimoiy faol ekologik fikrlay oladigan, jamiyat va tabiatga mas'uliyat bilan qaraydigan shaxsni tarbiyalash. “Tabiatshunoslik” fani 3-4-sinflarda o’rganiladi.Tabiatshunoslik tabiiy-ilmiy o’quv fanlari sirasiga kiradi. Mazkur fan tabiat, tabiiy boyliklardan foydalanish va ularni asrash, odamlarning mehnati haqidagi sodda bilimlar, shuningdek, o’quv-chilarning amaliy, o’quv faoliyati asosida ularda tabiatni chuqur anglash, o’z yurtiga muhabbat uyg’otishni shakllantirish jarayonini davom ettirishga qaratilgan. Tabiatshunoslik 1-2- sinflarda o’qitiladigan “Atrofimizdagi olam” kursining davomi hisoblanadi. Tabiatshunoslikda o’quvchilarga tabiat va jamiyat o’rtasidagi bog’liqlik va ziddiyatlar o’rgatiladi. Tabiatshunoslikni o’qitish bolalarda butun Yer yuzi tabiatini asrab-avaylash hissini shakllantiradi.O’quvchilar tabiatni asrash bo’yicha olib borilayotgan amaliy ishlar yuzasidan alohida ko’nikmaga ega bo’ladilar. Tabiatshunoslik kursini o’qitishning asosiy maqsadi quyidagilar hisoblanadi:
O’quvchilarga o’lkamizning tabiat hodisalari va undagi jismlar haqida boshlang’ich bilimlar berish;
Sodda misollar bilan tabiat, shuningdek, inson va tabiat o’rtasidagi o’zaro aloqalarni ko’rsatish;
Tabiatdan foydalanish va uni asrash bo’yicha inson faoliyati bilan tanishtirish;
Tabiatni asrash uchun zarur bo’lgan amaliy ko’nikmalarni hosil qilish va shu asosda tabiatga nisbatan maqbul dunyoqarashni shakllantirish;
O’quvchilarni Vatan va mehnatga muhabbat, ekologik, etik, estetik ruhda tarbiyalash.
Bolalarni o’quv dasturi bo’limlariga muvofiq yangi bilimlar bilan qurollantirishgina emas, balki 1-va 2-sinflarda olgan tabiat haqidagi bilimlarini chuqurlashtirish tabiatshunoslik kursining vazifasi hisoblanadi. Tabiat va jamiyat hayotini ko’p yoqlama bilish qator aloqalarni tushunish va atrof-muhitga shaxsiy munosabatni shakllantirishga imkon beradi. Ekologik ta'lim maqsadlaridan kelib chiqib, tabiatshunoslik insonni tabiatga ta'sir bilan tanishtirishni o’z oldiga muhim vazifa qilib qo’yadi. O’quvchilarning ilmiy-amaliy dunyoqarashini shakllantirish maqsadida ular faqat dasturda ko’rsatilgan obyekt va voqelik bilangina emas, balki o’qituvchi bilan birgalikda jonli va jonsiz tabiatning sabab-oqibat aloqalari va munosabatlarini belgilaydi, tabiatdagi ma'lum qonuniyatlarni ochishga harakat qiladi.