I.1. O`quvchilarni tabiatga doir ilmiy tushunchalar berishning o`ziga xos xususiyatlari Tabiatshunoslik kursi boshlang`ich sinf o`quvchilarini har tomonlama tarbiyalashda keng imkoniyatlarga egadir. Bu kurs dunyoviy bilimlar asosida o`quvchilarning tafakkur darajasini rivojlantirishda dastlabki zamin bo`la oladi. Bu masalalarni hal qilish ya`ni bola shaxsini kamol toptirishda innovatsion metodlardan foydalanish alohida ahamiyat kasb etadi. O`qituvchi ta`lim jarayonida turli mazmundagi innovatsiyalarni qo`llash asosida o`quvchilarni yangi bilimlar bilan qurollantirishga erishadi.
Turli faoliyatlar orasida o`quv mashg`ulotlarida bolalarni aqliy kuchlarini rivojlantirishda mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini o`stirish markaziy o`rinda turadi. Zero, o`qituvchi tabiiy bilimlarni o`rganishda mashg`ulotlari mazmunini tubandagicha boyitadi:
-turli mazmundagi savollar, savol-topshiriqlar;
-mahalliy materiallarni kengroq o`rganish asosida;
-bolalarni yoshiga mos boshqotirmalarni tavsiya etish;
-tabiat xodisalari va jismlariga doir masalalar yechish orqali;
-zehni o`tkir va past o`zlashtiruvchi bolalar bilan yakka tartibda ishlash;
-tez aytishuvlarni bayon etish orqali;
-tabiat jismlariga doir topishmoqlarni topish;
-amaliy topshiriqlarni bajarish yo`llari vositasida o`quvchilarning mantiqiy tafakkuri rivojlantiriladi:
Bolalarga quyidagi mazmunda savollar havola etiladi:
-Kuz faslining belgilarini sanab bering.
-Qaysi o`simliklar urug`lari va qaysilari piyozchalari yordamida ko`payadilar?
-Nima uchun qish faslida qurbaqa, kaltakesak, ilon singari hayvonlarni uchratmaymiz?
Bolalarning faolligini oshirishda quyidagi boshqotirmalarni yechish taklif etiladi: «Atirgul», «Majnuntol», «Toshbaqa», «Chigirtka». Bu so`zlar vertikal chiziqlarda yoziladi, so`ngra har bir harfning to`g`risida-gorizontal chiziq buylab o`simlik va hayvonlarning nomlari yoziladi.
I. Tabiatga oid masalalar yechish esa bolalarni chuqur fikrlashga odatlantiradi:
1. Gulshunos lolaning 14 ta piyozchasini yerga qadadi. Ularning 11 tasi unib chiqdi va shundan to`qqiztasi gulladi. Keyingi yili esa 7 tupi gulladi. Jami gullamagan lolalar sonini hisoblang.
II. Mahalliy materiallarni o`rganish asosida bolalarning tabiatga oid bilimlari chuqurlashtira boriladi. Shu maqsadda o`quv, sinfdan tashqari mashg`ulotlarda hamda uy vazifalarini bajarish jarayonlarida tubandagi mazmundagi topshiriqli kartochkalarga javob topishlari maqsadga muvofiqdir:
1. Vohamizda o`sadigan o`simlik nomlarini ko`rsating.
A) ozuqabop o`simliklar
B) vitaminli o`simliklar
V) dorivor o`simliklar
G) manzarali o`simliklar
2. Qishloq xo`jaligi hayvonlarning nomlarini yozing:
a) asalarichilik
b) ipakchilik
v) baliqchilik /turlari/
g) parrandachilik
d) chorvachilik
3. Mahalliy sharoitimizda olinadigan tabiiy boyliklar va zahiralarni o`rganish uchun o`quvchilarga quyidagi savollar havola etiladi:
A) O`zbekiston hududida mavjud qazilma boyliklar
B) O`lkamizdagi o`rmonlar
V) Tog` va o`rmonlarda o`sadigan yovvoyi foydali o`simliklar
G) Ovlanadigan hayvon turlari
D) Hayvonlardan olinadigan mahsulotlar
Е) O`zbekiston cho`llarida o`sadigan o`simliklar
III. Bolalar diqqatiga topishmoqlarni havola qilish jiddiy uylashni talab qiladi: Tusi oppoq paxta emas, g`irchillaydi taxta emas /qor/. Usta pustin tikibdi, ignalarin silashni unutibdi /tipratikan/.
Xullas, o`quv jarayonida har bir o`quvchi fikr yuritishi asosida aqliy faoliyat takomillasha boradi. Shu bilan bog`liq holda o`quvchilarni tabiatga oid ilmiy tushunchalarini, bilimini chuqurlashishida o`quvchining mahorati alohida o`rin tutadi.
Tevarak atrofingizdagi barcha narsalarga diqqat bilan qarang.
Kunduzi havo iliq. Moviy osmonda quyosh charaqlab turibdi., oq bulutlar suzib, qushlar charx urib yuribdi. Daraxtlar shox-shabbasi shitirlaydi. Pishgan mevalarining og`irligidan ko`pchilik daraxtlarning shoxlari yerga egilib qolgan. Gullayyotgan o`simliklardan xushbo`y hid taraladi. Ularning guli ustida kapalaklar uchib yuribdi. Uzoqdan cho`qqisini qor qoplagan tog`lar ko`rinib turibdi. Yerda, oyog`ingiz ostida goho-goho toshlar uchraydi. Yo`l bo`yidagi o`tlar orasida temirchak chiqib, yashirinib oldi. Yo`l yoqasidagi ariqda shildirab tiniq suv oqib yotibdi
Kechasi osmon qoronilashganda Oy bilan yulduzlar yaxshi ko`rinadi. Havo salqinlashadi.
Quyosh, Oy, yulduzlar, Yer, havo, toshlar, o`simliklar, hayvonlar, odamlar- bularning hammasi tabiat.
Tabiatni yaxshi bilgan va uni sevgan odamgina uning boyliklaridan oqilona foydalanadi. Ana shunga ko`ra o`qish, o`rganish kerak. Shuning uchun siz tabiatshunoslik darslarida atrofingizdagi tabiat bilan va o`lkamizdagi odamlarning mehnati bilan tanishishda davom etasiz. Nihoyat, atrofingizdagi tabiatda ajoyib va qiziqarli narsalar ko`pligiga undan odamlar naqadar ko`p boyliklar olishiga ishonch hosil qilasiz. Odamlar tabiatning boy in`omlaridan foydalanibgina qolmay uni muhofaza qilish va boyliklarini yanada ko`paytirishga harakat qiladilar. Siz ajoyib o`lkamizning ayrim o`simliklari va hayvonlarining hayoti, odamlarning mehnati haqida ko`p narsalar bilib olasiz.
Tabiatdagi hamma narsa o`zaro bog`liq. Masalan, organizmga yorug`lik, havo zarur. Shuning uchun jonli tabiat jonsiz tabiatsiz yashay olmaydi. O`simliklar havoni tozalaydi. Masalan, terak butun yoz davomida juda ko`p changni tutib qoladi. Qayrog`och bilan sirenning barglariga ham juda ko`p chang o`tiradi. Daraxtlar bilan butalar havoni yaxshilaydi, yozgi issiq kunlarda tagi soya va salqin bo`ladi. Shuning uchun O`zbekistonda ko`chalarni ko`kalamzorlashtirishga, istirohat bog`lari va xiyobonlar barpo etishga katta e`tibor beriladi.
O`simliklar bilan hayvonlar o`zaro chambarchas bog`langan. Hayvonlar o`simliklar bilan oziqlanadi, ko`pchiligi esa o`simliklarning mevasi bilan urug`ini tarqatadi.
Tabiatni asrab - avaylash. O`quvchilar 1-va 2- sinflarda “Atrofimizdagi olam”ni o`rganish jarayonida tabiatda o`zini tuta bilish qoidalari bilan tanishganlar. Shuning uchun gullarni uzish, daraxt va butalar shoxini sindirish, qo`ng`izlar, qurbaqa, baqalarni yo`q qilish mumkin emasligini yaxshi biladilar.
Tabiatga yetkazilagn zararni tuzatish qiyin. Odamlar butun umr yerda xo`jalik ishlari bilan shug`ullanadi. Shaharlar, fabrikalar, zavodlar quradilar. Bular odamlar uchun zarur.Buning uchun yog`och olish maqsadida o`rmonlardagi daraxtlar kesiladi. Shunga ko`ra, Yerda yil sayin o`rmonlar kamaya boradi.
Hozirgi vaqtda havo, suv, tuproq borgan sari ifloslanib bormrqda. Ular esa o`simliklar, hayvonlar hayoti uchun zarurligini yaxshi bilasiz. Biroq zavod va fabrikalar havoni chang va tutun bilan ifloslantiradi, suv havzalariga va tuproqqa esa zararli moddalar tushadi. Shuning uchun ko`p o`simliklar bilan hayvonlar qiynaladi. Odamlar ko`pincha o`simliklarni yulib oladi, mo`yna va go`shti uchun hayvonlarni shafqatsiz qiradi.
Ilgari tez-tez uchraydigan ko`p o`simliklar bilan hayvonlar-lola, chinnigul, tog` echkisi, kapcha ilon,kichik burgut noyob bo`lib qoldi. Ular haqidagi ma`lumotlar O`zbekistonning “Qizil kitob”iga kiritilgan . O`simliklar bilan hayvonlar ham xavf ostida turibdi: ilvirs, ba`zi hasharotlar, qushlar yer yuzidan yo`qolib ketishi mumkin.
O`simliklar va hayvonlar O`zbekistonning “Qizil kitob” iga kiritilgan, chunki ular ham dengiz stellerov sigiri, ba`zi hasharotlar, qushlar, yirtqichlar va o`simliklar kabi Yer yuzasidan yo`qolib ketishi mumkin.