Tadqiqot ishining maqsadi 1. O`quvchilarga tabiatga doir ilmiy tushunchalar shakillantirish borasida o`lkamizning tabiat hodisalari va undagi jismlar haqida boshlang`ich bilimlar berish;
2. Inson va tabiat o`rtasidagi o`zaro aloqalarni ko`rsatish;
3. Tabiatdan foydalanish va uni asrash bo`yicha inson faoliyati bilan tanishtirish;
4. Tabiatdan foydalanish va uni asrash uchun zarur bo`lgan amaliy ko`nikmalarni hosil qilish va shu asosda tabiatga nisbatan maqbul dunyoqarashni shakillantirish hamda Vatan va mehnatga muhabbat, ekologik, estetik ruhda tarbiyalash.
Tadqiqot ishining vazifasiO`quvchilarga jonli va jonsiz tabiat va maktab atrofidagi, viloyatdagi, o`z yurtidagi kishilarning mehnati haqidagi tasavvur va tushunchalarini shakillantirish va rivojlantirish;
tabiatdagi va kishilar mehnatidagi mavsumiy o`zgarishlarni kuzatish;
oddiy ilmiy dunyoqarashni shakillantirish maqsadida jonli va jonsiz tabiatdagi voqelikni o`quvchilar bilan doimiy kuzatib borish;
aniq misollar asosida ashyolar va tabiat hodisalari o`rtasidagi o`zaro aloqalarni ochib berish, tabiatning odamlar mehnatiga ta`sirini ko`rsatish;
tabiatni asrash amaliyoti hg`aqida bilimini rivojlantirish yuzasidan o`tkazilayotgan tarbirlar bilan tanishtirish;
Ishning ilmiy –tadqiqot metodlari.Tadqiqot ishini tayyorlash jarayonida o`quvchilar bilan suhbat, kuzatish, tabiiy va tasviriy ko`rgazmalardan foydalanish, o`yin va sayohatlari htkazish metodlaridan foydalaniladi.
Tadqiqot ishini obekti. Ishning obyekti bo`lib maktabi o`quvchilari ta`lim –tarbiya sohasida olib boriladigan ishlar hisoblanadi.
Tadqiqot ishining manbalari. O`quvchilar tabiatga doir ilmiy bilimlar bilan tanishtirishda ilmiy metodik adabiyotlar. O`quv qo`lanmalari metodik yullanma va tavsiyalardan iborat.
Tadqiqot ishining yangiligi va amaliy ahamiyati Ushbu bitiruv malakaviy ish pedogogik texnologgiya metod va vositalaridan foydalanilgan holda chuqur o`rganildi.
Tabiatshunoslik darslarida qo`llanillayotgan ilg`or pedogogik texnologiyaning o`rin va ahamiyati ilmiy nazariy jihatdan asoslanadi. (tahlil qilinadi)
I BOB. TABIATSHUNOSLIK O’QITISH JARAYONIDA BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINING MODDIY DUNYOQARASH ASOSLARINI SHAKLLANTIRISH