Uyga vazifa. “Ish daftari” ngizga oyning ko`rinishini kuzatib, yozib boring.
Xulosa
Kelajakning vorislari bo`lgan yosh avlodni har tomonlama tarbiyalash xususan tabiat bilimlari bilan qurollantirish, Vatanimiz qudratini yanada mustahkamlashda alohida ahamiyat kasb etadi.
Fan tabiatni bir-biridan ajralib qolgan, bir-biriga bog`lanmagan yakka-yakka jismlar va hodisalarning tasodifiy yig`indisi, deb qaramay, balki bir-biriga uzviy bog`langan, bir-biriga bog`liq bo`lgan, bir-biriga sababchi bo`lgan jism va hodisalardan iborat deb qaraydi.
Tabiat hodisalari o`rtasidagi bu bog`lanishlarni tabiat qonunlari tariqasida ifoda etiladi.
O`quvchilarga tabiatga doir ilmiy tushunchalar bilan tanishtirishda tabiat jonli va jonsiz tabiat, tabiat hodisalari haqida tasavvurlar hosil qilishni amalga oshirishdan iborat.
Bitiruv malakaviy ishning tadqiqot natijalariga asoslanib quyidagi xulosaga keldik.
1. Tabiatshunoslik ta`lim bo`yicha boshlang`ich sinf o`quvchilarini nazariy bilimlar bilan tanishtiribgina qolmay, shu bilan birga amaliy bilimga ko`nikmalar hosil qilish ham tub maqsadimizni amalga oshirishini hal qiluvchi katta ahamiyatga zga.
2. Bizning bitiruv ishimiz oldiga qo`ygan asosiy maqsadi boshlang`ich sinf o`quvchilarda tabiatga doir ilmiy tushunchalarni shakillantirish to`g`risida ilmiy dunyoqarashni shakllantirish tabiat va unda bo`ladigan jarayonlarni tahlil etish, tabiat hodisalari va uning natijalarini tahlil etish, tabiatni e`zozlash, uning boyliklarini ko`paytirishga hissa qo`shish atrof muhitni muhofaza qilish ko`nikmalarini hosil qilish pedagoglar jamoasidan katta kuch talab qiladi.
3. Boshlang`ich sinflarning tabiatshunoslik darslarida o`quvchilarga bilim berishda ilmiy tushunchalarni shakllantirish uchun tabiatdagi mavjud bo`lgan hodisa va jarayonlarni to`g`ri izohlash va to`g`ri talqin etish zarur. Uning sodir bo`lish jarayonini tabiatning rivojlantaruvchi kuchi ta`sirida amalga oshishini tushuntirish shart.
4. Voshlang`ich sinflarda o`quvchilarga o`lkamizning tabiat hodisalari va undagi jismlar, inson va tabiat o`rtasidagi o`zaro aloqalari, tabiatdan foydalanish va uni asrash uchun zarur bo`lgan amaliy ko`nikmalarni hosil qilish va shu asosda tabiatga nisbatan maqbul dunyoqarashni shakillantirishdan iborat.
5. Tabiat qonunlarini o`quvchilar ongiga ilmiy tushuntirish yosh avlodning kelajakda ilmiy bilimlarini takomilashishiga asos bo`lib xizmat qiladi.
Har bir yunalishdagi ta`lim va tarbiyaning o`z oldiga qo`ygan yuksak maqsad, vazifasi bo`ladi. Tabiatdagi bo`ladigan har qanday jarayonlarni bilish va u haqida ilmiy xulosalar chiqarish ta`lim- tarbiya asosida izchil amalga oshiriladi. Tabiatga, unda sodir bo`ladigan jarayonlarga qiziqish, o`zi yashayotgan o`lkasi tabiatiga muhabbat va uni izozlab yondashuvi hissini shakillantiradi.