3.2. Pedagogik texnologiyadan foydalangan holda o`quvchilarga tabiatga doir dars ishlanmalari Qashqadaryo viloyati Xalq ta`limi bo`limiga qarashli Qarshi shaharidagi 29 umumiy o`rta ta`lim maktabining Boshlang`ich sinf o`qituvchisi Abdusamatova Muniraning “Tabiatshunoslik” fanidan 3 sinflarda “Tabiat nima”, “Yer -sayyora ” mavzusida o`tgan dars ishlanmalari.
1- dars Tabiat nima Darsning ta`limiy maqsadi: o`quvchilarda tabiat, jonli va jonsiz tabiat,
tabiat hodisalari haqida tasavvur hosil qilish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: o`quvchilarning tabiat haqidagi
dunyoqarashlarini kengaytirish, mustaqil fikrlashga o`rgatish.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: o`quvchilarning tabiat haqidagi
dunyoqarashlarini kengaytirish, mustaqil fikrlashga o`rgatish.
Darsning jihozlari: jonsiz va jonli tabiat namunalarini, tabiat hodisalari
tasvirlangan rasmlar, darslik.
Darsda qo`llaniladigan metod: suhbatlashish, “Klaster” interfaol metodi.
Darsning borishi 1.Tashkiliy qism. O`quvchilarning darsga tayyorligini va davomatini
tekshirish, jonsiz va jonli tabiat namunalari, tabiat hodisalari tasvirlangan rasmlarni osish.
2. Yangi mavzu bayoni.
1. 2- sinfda “Atrofimizdagi olam” darslarida nimalarni o`rgandingiz?
2. “Tabiat“ deganda nimalarni tushunasiz?
(O`quvchilar bilan ushbu savollar bo`yicha suhbat o`tkaziladi. )
Suhbat natijalariga qarab, o`quvchilarning javobi to`ldirib boriladi.
Yangi mavzu bo`yicha tabiat nima ekanligi, u jonli va jonsiz tabiatga bo`linishi, tabiat hodisalari o`quvchilarga batafsil so`zlab beriladi.
Kunduzi havo ochiq. Moviy osmonda quyosh charaqqlab turibdi, oq bo`litlar suzib qushlar charx urib sirli shivglaydi gullayotgan o`simliklardan yoqimli hid taraladi. Uzoqdan qor qoplagan tog` ko`zga tashlanadi.
Kechasi osmon qorong`ilashganda oy bilan yulduzlar yaxshi ko`rinadi. Havo salqinlashadi. Kuz kunlaridan birida dalaga chiqing. Tevarak atrofdagi barcha narsalarga diqqat bilannazar tashlang.
Quyosh , oy yulduzlar yer, havo, suv, toshlar, o`simliklar, hayvonlar, odamlar-bularning hammasi bir butun tabiatni tashkil qiladi. Tabiatni o`rganadigan fan tabiatshunoslik deb ataladi. Quyosh, oy, yulduzlar, yer, havo, suv, toshlar- bular jonsiz tabiat jismlari. O`simliklar, hayvonlar, odamlar bular jonli tabiat jismlari.
Jonli tabiat oziqlanadi. Ular ana shu jismlarni xususiyatlari bilan jonsiz tabiat jismlaridan farq qiladi. Odamlar o`zining hayoti uchun zarur bo`lgan barcha narsalarni jonli va jonsiz tabiatdan oladi. (Yod oling)
O`quvchilarning mavzuni qay darajada anglab yetganini bilish maqsadida o`qitishning “ Klaster” usulidan foydalanadigan bo`lsa maqsadga muvofiq bo`ladi. Bu mashq o`quvchini mustaqil fikrlashga ifoda etishida yordam beradi. Mashqni o`tkazish uchun o`qituvchi o`quvchilarni ikki guruhga bo`lib oladi. 1- guruh “Jonli tabiat” 2-guruh “Jonsiz tabiat”ga klaster tuzadi va amalda qullaydi. (Mulohaza qilish (Rafleksiya) yuosqichi)
Qiyoslang? Tabiatda bo`ladigan qanday mavsumiy o`zgarishlarni kuzatgansiz?
- Bahorda havolar isiy boshlaydi, muzlar erib, ariqlar suvga to`lib oqadi, dalalar yana yashil bo`ladi, daraxtlar gullaydi, qushlar uchib keladi. Dehqonchilik ishlari boshlanadi.
-Yozda ob-havo issiq bo`ladi mevalar pishadi.
- Kuzda havo bir oz soviydi daraxtlarning barglari sarg`ayib o`kiladi, ayrim qushlar issiq o`lkalarga uchib ketadi.
- Qishda suv muzlaydi, qor yog`adi, havo sovuq bo`ladi, daraxtlar uyquga ketadi.
Jonli va jonsiz tabiatning o`rtasida qanday boyliklar bor. Jonli tabiat suvsiz yashay olmaydi havo bilan nafas oladi, jonsiz tabiat jonli tabiat yashashi uchun makon hisoblanadi. Demak jonli va jonsiz tabiat bir-biri bilan chambarchas bog`liqdir.
Jonli va jonsiz tabiatning o`zaro salbiy ta`sirlari ham bormi?- Jonsiz tabiatning jonli tabiatga salbiy ta`sir omillari tabiiy ofatlar- sel kelishi, to`fonlar, davullar, qor kuchishi, zilzila, vulqon otilishi o`rmon yonginlari kabilar, - jonli tabiatning jonsiz tabiatga salbiy ta`sir omilari: tevarak atrofga e`tiborsizlik bilan qarash, tirik organizmlar, asosan insonlar suvni, havoni, tuproqni turli chiqindilar va zararli moddalar bilan ifloslantirishi ekologiyaga salbiy ta`sir ko`rsatadi.
Jonli va jonsiz tabiatning qanday o`xshashliklari bor?
Masalan, joonsiz tabiatda: havoning harakatidan shamol paydo bo`ladi. Suvlar oqadi, harakatlanadi, shamolda bulutlar suzadi qumlar ko`chadi.
- Jonli tabiatdagi harakat ko`rinishlari: o`simliklar o`sadi, kurtak yozadi, barg chiqaradi, quyoshga qarab harakatlanadi. Hayvonlar (o`rmalaydi, yuradi, yuguradi, sakraydi, uchadi)
Yangi mavzu bo`yicha tabiat nima ekanligi, u jonli va jonsiz tabiatga bo`linishi, tabiat hodisalari o`quvchilarga batafsil so`zlab beriladi.
Tabiat nima uchun o`rganilishini tushuntirishda o`quvchilarni bu fanni o`rganishga qiziqtiriladi. Bu fanni o`rganish yuqori sinflarda biologiya, geografiya, kimyo va fizika fanlarini o`rganishga zamin tayyorlashi, eng muhimi, o`quvchilarning ilmiy-tabiiy dunyoqarashlarini kengaytirishga xizmat qilishi asoslab beriladi.
O`quvchilarga 3-sinf tabiatshunoslik darslarida nimalar o`rganilishi qisqacha tarzda bayon qilib beriladi.