I bob. Tabiatshunoslik o’qitish jarayonida boshlang’ich sinf o’quvchilarining moddiy dunyoqarash asoslarini shakllantirish


III BOB. BOSHLANG`ICH SINF O`QUVCHILARINING TABIATGA DOIR ILMIY TUSHUNCHALARINI SHAKLLANTIRISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH



Yüklə 1,15 Mb.
səhifə11/15
tarix14.06.2023
ölçüsü1,15 Mb.
#130284
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Хабибуллаева М.

III BOB. BOSHLANG`ICH SINF O`QUVCHILARINING TABIATGA DOIR ILMIY TUSHUNCHALARINI SHAKLLANTIRISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
3.1. O`quvchilarni tabiatga doir ilmiy tushunchalarni shakillantirishda pedagogik texnologiyalar qo`llashning samaradorligi
Pedagogik texnologiyalarning tabiatshunoslik darslarida o`qituvchi faoliyatida roli juda kattadir. O`qituvchi pedagogik texnologiyani o`z darslarida qulay bilishi kerak. Pedagogik mahoratni egallashlari shartdir. Shu o`tadigan darsida qanday bilim berishlarini bilishlari lozimdir. Tabiatshunoslik darslarida pedagogik texnologiyani qo`llashdan oldin o`qituvchi texnologiya nima pedagogika nimaligini bilishlari kerakdir. Shu sababli birinchi navbatda ta`lim mazmuni, uning tarkibini kengaytirish va chuqurlashtirish, xususan bu mazmunga nafaqat bilim ko`nikma va malaka, balki, umuminsoniy madaniyatni tashkil qiluvchi va ijodiy faoliyat tajribasi, tevarak-atrofga munosabatini ham shakllantirish kerakligini aytib o`tadilar. Buyuk X1X asr o`rtalarida ilg`or pedagog K. D , Ushinskiy aytganidek bolalarni o`z joyi, o`z o`lkasini o`rganishdan boshlash kerakligini aytib o`tganlar. Shundan ko`rinib turibdiki, pedagogik texnologiya o`qituvchi faoliyatida juda katta rol o`ynaydi. Yangi pedagogik texnologiyani egallash o`qituvchining eng yaxshi mahoratni egallashda muhim tarbiyaviy ta`sir ko`rsata olishini ta`minlaydi. U o`qituvchining kuchini, vaqtini tejab, ijodiy ishlashi uchun sharoit yaratadi. O`qituvchi faoliyatida ijod turli shakllarda va mazmunda namoyon bo`ladi. Hozirgi pedagogik texnologiya tushunchasi keng o`qituvchilar ommasining ijodiy faoliyatining mashhurdir. Pedagogik texnologiya ijodning eng muhim sharti shu sohani bilish, tushunish, uni sevish, unga jonkuyarlik, tashabbus bilan yondashishdir. Shu bilan birga o`qituvchining yuksak faoliyatining umumiy madaniyatidir. U yuksak madaniyat keng tushuncha bo`lib, u eng avvalo o`qituvchining chuqur bilim saviyasi, har tomonlama qiziqishlarini, yuksak aqliy rivojlangangigi, ijtimoiy faoligi kamtarin, mehnatsevarligi, pedagogik odobi, jamoa va o`quvchilar bilan muomalasi, kelajakka ishonchi hamda xushchaqchaqlik kabi xislatlarning majmuasini o`z ichiga oladi. O`qituvchilar har kuni turli dars,tarbiyaviy ishlar o`tkazish, sayohat uyushtirish rejasini tuzib, shu tadbirlarini aniq amalga oshirish tartibini belgilab, ularni aniq maqsadga uyunaltirib, dastlabki, ishlarni amalga oshirish jarayonini begilaydilar. O`qituvchi tabiatshunoslik darsini o`qitish jarayonida tabiat haqida chuqur bilimga ega bo`lishlari, bolalarni tabiatga muhabbatlarini uyg`otish, ularni tabiatni asrab avaylash kerakligini va o`z faoliyatlarini rivojlantirib borishlari kerakligini bilishlari zarur. O`qituvchi o`z faoliyatlari davomida pedagogik texnologiyani qo`llay bo`lishlari kerak. Har bir o`tayotgan darslarda texnologik yondashishilari lozim. Tabiatshunoslik darslarida turli metodlarni og`zaki ko`rgazmali va amaliy metodlarni qo`llay bilish kerakdir. O`qituvchi o`quvchilarni ishini shunday tashkil qilishi kerakki, ular shu darsda o`rganiladiganlarni ilgari o`tilganlar bilan bog`lanishini tushunsinlar, materialni puxta, tushunib o`zlashtirsinlar. Dars o`tishda o`qituvchi o`z faoliyatida o`quvchilarning faol ishlashlari uchun sharoit yaratishlari, darsda qiziqishlarini, uyg`otishga intilishlari kerak. Bundan tashqari o`qituvchi o`z bilim malakalar faoliyatini rivojlantirib borishlari lozim. Bundan tashqari o`qituvchi sinfdan tashqari ekskursiyalarni tashkil qila bilishlari kerak. Unda bolalarni tabiatda bo`ladigan o`zgarishlarni va o`simlik yoki hayvonlarning rivojlanish jarayoni va organizmlarning tabiiy sharoitlarda birgalikda yashashlarini ko`rsatib berishlari kerak. Bolalarni tabiatshunoslik darslarida qiziqtirib borish kerak. Ularni ekskursiyaga olib chiqib har bir tabiatdagi o`zgarishlarni tanishtirib borish zarur. Darsdan tashqari ishlarga uy ishlariga qaraganda murakkabroqdir. Ularni amalga oshirish uchun o`qituvchi o`z faoliyatidan kelib chiqib tegishli o`simliklar, maxsus asboblar va boshqa jihozlar va tirik tabiat burchaglarini, o`quv tajriba maydonchalarini va tabiatda bajariladigan ishlarga oid topshiriqlarni tashkil qilishshshlari kerakdir. Buning uchun o`quvchilar ham o`z o`qituvchilariga yordam berishlari kerakdir. Respublikamiz xalq ta`limi o`ziga xos rivojlanish davrini boshdan kechirmoqda. Bu o`ziga xoslik , eng avvalo, ta`lim –tarbiya mazmunini milliylashtirish, ya`ni o`zimizning juda boy o`tmish tariximiz, madaniyattimiz, fanimiz, tilimiz o`z mohiyati bilanjuda chiroyli, yuksak insoniy, axloqiy mazmunga ega bo`lgan milliy urf-odatlarimiz asosida jamiyatimiz kelajagi bo`lgan yosh avlodni o`qitish baxtiga muyassar bo`lganimizda ko`rinadi. Bu narsa hammamizning qalbimizda g`urur hislarini to`lqinlantiradi. Mana shu sharoit barchamizdan juda katta ko`tarinkilik bilan jamiyatimining yosh avlodini yuksak vatanparvarlik, xalqparvarlik, milliy g`urur ruhida tarbiyalashimizni taqoza etadi. Yuksak axloqiy sifatlarni tarbiyalash, eng avvalo, o`zimizning bu sifatlarni mujassamlashtirishni talab qiladi. Shu bilan birga ta`lim –tarbiyaga yangicha yondashish, yangicha uslub va mazmun, shakl va vositalardan foydalanshni ham taqoza etadi. Bugun eski uslub bilan yangi vazifalarni amalga oshirib bo`lmaydi.
Har kuni talaygina yangilik, yangi texnologiyalar yurtimizga kirib kelmoqda. Yangi texnologiyalar o`z tushunchalari, “tili”bilan kirib kelib, Vatan iqtisodiyoti, fan-texnika taraqqiyotining darajasini asta-sekin yuksaltirmoqda. Vatanmizning pedagogik taraqqiyoti ning darajasini asta-sekin yuksaltirmoqda. Hozirgi milliy pedagogikamizning daraxti ikki hayotbaxsh irmoqdan suv ichadi. Biri-milliyliklar davomida shakillantiri, gavhar zarralaridan hosil bo`lgan milliy tarbiya tajriba bo`lsa, ikkinchisi- jeahonning ilg`or , sinalganpedagogik innovatsiya yutuqlaridir. Fan va amaliyot birligi ta`minlanishi uchun maktab pedagogik faoliyati ham bundan mustasno bo`lmasligi lozim.
Har bir o`quv faniga shu jumladan tabiatshunoslikka oid bilimlarni o`zlashtirib olishdek murakkab va xilma-xil, jarayon davomida o`qituvchi rahbarligida o`quvchilarning diqqat, xayol, tafayeyeur, hissiyot kabi psixik qobiliyatlari rivojlanib boradi, ayni vaqtda ular xarakterining xususiyatlari shakllanadi, tushuncha va e`tiqodlari tarkib topadi. Shunday qilib o`quvchilarning barcha o`quv fanlari, shu jumladan tabiatshunoslikdan bilim, ko`nikma va malakalarni egallab olish jarayonining o`zida ta`lim va tarbiyaning o`zviy birligi obyektiv ravishda ochib beriladi. Tabiatshunoslikning mazmuni hamda mazkur fandan dars beruvchi o`qituvchi faoliyatining tarbiyaviy yo`nalganligi ta`lim –tarbiya birligining belgilovchi asosdir. O`quvchilar birinchi sinfdan boshlab tabiatni va tabiat bilan bog`liq holda mehnat faoliyatini ekuskursiyalar va predmetli darslarda va o`qish kitobidan tabiatshunoslik mazmunidagi maqolalar hamda “Atrofimizdagi olam” darsligini o`qish jarayonida bevosita kuzatishlar yo`li bilan o`rganadilar. Bu mashg`ulotlarda o`quvchilarning fikrlash faoliyatini tashkil qilishga yordam beruvchi har xil jihozlardan va avvalo ko`rgazmali qurollardan foydalaniladi.
Texnika taraqqiy etgan va yangi pedagogik texnologiyalar hayotimizga jadal suratlar bilan kirib kelgan bugungi kunda, har bir o`qituvchidan katta mahoratni talab etmoqda va har bir darsda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanishni talab etmoqda. Chunki bu yangi texnologiyalarni har bir darsda qo`llab, undan foydalanib darslarni tashkil etish va o`tishda o`quvchilar an`anaviy darslarga ko`ra ko`proq va osonroq o`zlashtirishlari amaliyotda o`z samarasini ko`rsatmoqda, o`z isbotini topmoqda. Ko`rgazmali qurollarga tabiiy yoki haqiqiy obyektlar va ularning mulyaji, surati, rasmi, sxemasi kiradi. Hozirgi kunda o`qitishda diafilm va kinofil`mlar, teleko`rsatuvlar va o`qitishning boshqa texnika vositalari tobora keng qo`llanilmoqda. Har faysi kurgazmali qurollar muayyan maqsadni ko`zlab qo`llaniladi. Masalan, tabiiy qurollar–bu tabiat jismlaridir. Ular o`rganilayotgan material to`g`risida ancha haqiqiy tasavvurlar ancha haqiqiy tasavvurlar beradi va o`quvchilarda bevosita qabul qilish asosida tabiatshunoslik tushunchalari hosil bo`lishiga imkon beradi. Shunga ko`ra sinfda yoki tabiatshunoslik kabinetida jonli tabiatni o`rganish uchun har xil xona o`simliklari, shuningdek, o`z joylarining daraxtlari uchun xos bo`lgan shoxchalar, barglar, gullar, meva va urug`lar bo`lishi zarur. Tabiatshunoslik darslarida jonli tabiat burchagida o`stirilayotgan o`simliklardan shuningdek gerbariy va ekskursiyadan olib kelingan o`simliklardan foydalaniladi.
Tabiatdagi elektr hodisalar bevosita kuzatish imkoni bo`lmagan joylarda sodir bo`ladi. Hech bir ko`rgazma qurol tabiatning ana shu buyuk hodisasi to`g`risida to`liq tasavvur bermaydi. “Momaqaldiroq va chaqmoq”degan o`quv kinofil`mi esa o`quvchilarda ancha to`liq va yorqin tasavvurlar paydo qilishi mumkin. Maktabda o`qituvchilar faoliyatida ko`pincha kino-lavhalardan foydalanishi maqsadga muvofiqdir. Ularni ko`rsatish 5-10 daqqiqa davom etadi, bu esa ularni aralash dars tarkibiga kiritishga imkon beradi. O`qituvchi kinolavhalardan foydalanishdan oldin mavzu haqida hikoya qilib beradi. Bu kabi kinolavhalardan, filmlardan foydalanishda o`qituvchi mehnati osonlashadi, o`quvchilarda aniq bilim va tasavvurlar hosil bo`ladi. Kinofilm ko`rsatilgandan keyin uni ko`rish asosida hosil qilingan bilimlar mustahkamlanadi hamda kinofilm materiallari o`qituvchi hikoya qilib berishida egallangan bilimlar bilan bog`liq ravishda umumlashtiriladi. Bugungi kunda dars o`tish jarayonida didaktik o`yinlar, krossvordlardan ham keng foydalanilmoqda. Bu esa o`quvchilarni o`tkir zehinli, o`tilgan mavzularni tez-tez takrorlash natijasida ularni ongli muhrlanishiga erishiladi. Buning uchun o`qituvchi darsga tayyorgarlik ko`rish jarayonida tayyorlab kelishi kerak.


Yüklə 1,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin