Yangi mavzuni mustahkamlash.
O`quvchilarga quyidagi savollar beriladi:
1. Tabiat nima?
2. Jonsiz tabiatga nimalar kiradi?
3. Jonli tabiatga-chi?
4. Jonsiz va jonli tabiat bir-biridan qanday farq qiladi?
4. Darsni yakunlash.
1. Bugungi darsda nimani o`rgandingiz?
2. Nimalarni bilib oldingiz?
( O`quvchilarning javoblari to`ldirib yakunlanadi).
5. Uyga vazifa berish. O`quvchilarga mavzuni o`qish, mavzu yakunida berilgan savollarga javob berish, berilgan topshiriqni bajarish bo`yicha gerbariy tayyorlash uyga vazifa sifatida beriladi. Gerbariyni qanday tayyorlash tushuntiriladi.
Mavzu: Yer -sayyora
Darsning maqsadi.
O`quvchilarga tabiatning inson hayoti va faoliyatidagi o`rni, Yer haqida tushuncha berish. O`quvchilarni qadim zamonda yashagan odamlarning Yer haqidagi fikrlari bilan tanishtirish, tabiatga muhabbatlarini oshirish.
Darsning turi.
Yangi bilim beruvchi.
Darsning jihozlanishi.
Globus, fasllar tasvirlangan rangli rasmlar, Oy, Quyosh, Yer, yulduzlar maketlari.
Atama va tushunchalar: sayyora, yulduz, Yer, Oy, Quyosh.
Darsning borishi.
Tashkiliy qism. O`quvchilarning darsga tayyorligini nazorat qilish.
O`tilganlarni takrorlash maqsadida “Klaster”usulidagi mashq bajariladi.
Bu mashqda insonga tabiatdan nimalar kerakligi aniqlanadi. Tabiat sirlarini, tabiatning inson hayotidagi muhim o`rnini bilgan odamgina uni asrashni, muhofaza qilishni biladi.
Yangi mavzuni bayon etish.”Yer –sayyorasi” nomli yangi mavzu bo`yicha o`quvchilarga savollar beriladi.
1. Yer Quyosh atrofida aylanadimi?
2. Yulduzlar uchib yurganini ko`rganmisiz?
Javoblar to`ldirilib, o`quvchilar rag`batlantiriladi. “Klaster” usulidagi topshiriq bajariladi.
O`quvchilar bevosit tabiatga oid jonli va jonsiz jismlarni aniqlaydilar.
O`tilgan mavzuni mustahkamlash.
Dars yakunida o`quvchilarga quyidagi savollar beriladi.
Sayyoralar yulduzlardan nimasi bilan farq qiladi?
Yer Quyosh atrofida necha kunda bir marta aylanib chiqadi?
Yer o`z o`qi atrofida aylanganda qanday hodisa ro`y beradi?
Oyning har xil ko`rinishi necha kunda bir takrorlannadi?
O`quvchilar bilimini baholash.
Dostları ilə paylaş: |