Kichik yoshdagi o’quvchilarning badiiy asarni idrok etishdagi psixologik xususiyatlari.
Psixolog olimlarning ko’rsatishicha, badiiy asarni idrok etish uchun uni tushunishning o’zigina etarli emas. Asarni idrok etish murakkab jarayon bo’lib, asarga, unda tasvirlangan voqelikka qandaydir munosabatning yuzaga kelishini o’z ichiga oladi. Kichik yoshdagi o’quvchilar adabiy qahramonga ikki xil munosabatda bo’ladi.
Adabiy qahramonga emosional munosabat.
Elementar tahlil qilish.
Asarda qatnashuvchi shaxslarga baho berishda o’quvchilar o’z shaxsiy tushunchalaridan foydalanadilar. Qaxramonning boshqa fazilatlarini baholash uchun ularda so’z boyligi, tajriba yetishmaydi. O’qituvchining vazifasi o’quvchilar payqay olmagan sifatlarni ko’rsatish va o’quvchilar nutqiga kiritishdir. Yana bir narsaga e’tibor berish maqsadga muvofiq:
1.O’quvchilar asar qahramoniga munosabatlarini ifodalashda u harakat qilgan sharoitni hisobga olmaydilar.
2.Qaxramonning nima uchun shunday qilishi kerakligini tushunolmaydilar, uning uchun maqsadga muvofiq ish olib borishlari zarur.
3. Asarni tahlil qilishning ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati.
Badiiy asar ustida ishlash murakkab jarayon bo’lib o’qituvchi o’qish darslarining ta’lim-tarbiyaviy vazifalari badiiy asarning o’ziga xos xususiyatlari va o’quvchilarning tayyorgarligini hisobga olishni taqozo qiladi.
Badiiy asarda barcha komponentlar o’zaro bog’langan bo’ladi. Asarda obrazlar rivojlanib boradi. Voqealar rivojlanib borgan sari qaxramonlarning yangi-yangi tomonlari ochila boradi. Bu xususiyatlari asar ustida ishlashda uni yaxlit o’qishni, idrok etishni, ya’ni sintezni talab qiladi. Asar boshidan oxirigacha o’qilgandan so’ng analiz qilinadi, so’ng yana yuqori sifatli sintezga o’tiladi. Asarni o’qishga kirishishdan oldin o’quvchilarni badiiy asarni o’qishga tayyorlash lozim bo’ladi. Demak, tayyorgarlik davri –analiz-sintez jarayonini beradi.
Dostları ilə paylaş: |