Mavzu: Kichik yoshdagi o‘quvchilarning badiiy idrok etishdagi psixologik xususiyatlari. Reja


Boshlang`ich sinfda badiiy asar ustida ishlash jarayoni



Yüklə 32,69 Kb.
səhifə3/8
tarix24.12.2023
ölçüsü32,69 Kb.
#190881
1   2   3   4   5   6   7   8
Mavzu Kichik yoshdagi o‘quvchilarning badiiy idrok etishdagi ps-fayllar.org

Boshlang`ich sinfda badiiy asar ustida ishlash jarayoni

O’quvchilar asar mazmunini to’g’ri idrok etishlari uchun hayot haqida ma’lum tasavvurga ega bo’lishlari zarur. Buning uchun tayyorgarlik ishlari o’tkaziladi.

Tayyorgarlik ishlarining vazifalari:
1.O’quvchilarning asarda aks ettirilgan voqea-hodisalar haqidagi tasavvurlarini boyitish, matnni ongli idrok qilishga ta’sir etadigan yangi ma’lumotlar berish, badiiy asarda tasvirlangan faktlarni o’quvchilar o’z hayotida kuzatishlari bilan bog’lay olishlariga sharoit yaratish.
2.Yozuvchining hayoti bilan tanishtirish, yozuvchiga, uning hayotiga ijodiga qiziqish uyg’otish.
3.O’quvchilarni asarni emotsional idrok etishga tayyorlash.
4.Asar mazmunini tushunishga halal beradigan so’zlarning lug’aviy ma’nolarini tushuntirishdan iborat.
Tayyorgarlik ishlarining shakllari xilma-xil bo’lib, o’qituvchi asar mazmunini va sharoitga qarab ish turini tanlaydi. Tayyorgarlik davri uchun 2-5 daqiqa ajratiladi.
Ekskursiya. Bu ish turidan tabiat tasviriga bag’ishlangan yoki ishlab chiqarish, qurilish, shahar, qishloq hayotiga doir mavzular o’rganilganda foydalanish mumkin. Chunonchi, 2-sinfda “Metropoliten”, 1-sinfda “Issiqxonada” kabi materiallarni o’rganishdan oldin ekskursiya qilish maqsadga muvofiq. Ekskursiya uchun reja beriladi va matn o’rganilishidan kamida bir hafta oldin o’quvchilarga e’lon qilinadi.
Film namoyish qilish. Inqilobdan oldingi hayot voqealari tasvirlangan matnlardan oldin film namoyish qilinsa, o’quvchilarning asarni idrok qilishlari faollashadi. Albatta, hozir o’quv filmlari etarli emas. Ammo videofilmlardan foydalanish mumkin.
O’qituvchi hikoyasi. Asar muallifi haqida ma’lumot berishda eng samarali metod hisoblanadi. Chunonchi, 4-sinfda Q.Muhammadiyning she’ri o’rganilayotganda shoirning bolalar uchun yozgan asarlari namoyish etilib, ular haqida qisqacha ma’lumot so’zlab berilsa, o’quvchilarning asarni o’qishga qiziqishlari ortadi. Tayyorgarlik davridan so’ng 1-bosqich amalga oshiriladi. Bu bosqichning asosiy matnni yaxlit idrok etish jarayonida asarning aniq mazmuni bilan, uning syujet chizig’i bilan tanishtirish, asarning emosional ta’sirini aniqlashdir.
Matn ifodali o’qib beriladi. (2-sinfda o’rganiladigan “Mehribon qiz” matni magnitafon orqali o’qib eshittiriladi). O’qituvchi o’quvchilarga umumiy taassurotlarini aytishni talab qiladigan savollar beradi.

  1. Hikoyani qaysi o’rni sizga yoqdi?


  2. Qahramonlardan qaysi biri sizga ayniqsa yoqdi?


3.Hikoya o’qilganda siz qaysi o’rinda juda xursand bo’ldingiz? - kabi savollar beriladi.


.

Yüklə 32,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin