Boshlang'ich sinflarda to'g'ri, tez, ongli va ifodali o'qishga o'rgatish
vazifasi o'quvchilarda asami tahlil qilish ko'nikm asini shakllantirish
bilan birga amalga oshiriladi. O'qish malakalarini shakllantirish bilan
m atn ustida ishlashning o'zaro bog'liqligi asam i tahlil qilishga qanday
yondashishni belgilab beradi.
Badiiy asar ustida ishlashning 2-bosqichi asar tahlilidir. Asami
tahlil qilishning asosiy yo'nalishi m atnning aniq mazmuni (voqealar
va uning rivojlanishi)ni, kompozitsiyasini, ishtirok etuvchi shaxslarning axloqi va xarakterli xususiyatlarini, asarning g'oyasini aniqlash
hisoblanadi.
Asami tahlil qilishning metodik shartlaridan biri asar mazmunini
uning tasviriy-ifodaviy vositalari bilan bog'liq holda qarashdir. Yana bir
asosiy qoida asar ustida ishlash jarayonida ta’lim-tarbiyaviy vazifalarni
um umiy ravishda amalga oshirish hisoblanadi. Bu qoidalar asar ustida
www.ziyouz.com kutubxonasi
ishlashning asosiy yo'nalishini belgilaydi, shuningdek, m atnni tahlil
qilish jarayonida o'quvchilar bajaradigan topshiriqlam i va m uhokam a
qilish uchun ularga beriladigan savollarning xarakterini aniqlab olishga
yordam beradi.
Asar tahlili jarayonida m atn ustida ishlashning quyidagi tu rlaridan foydalaniladi:
1. Tanlab o‘qish. Bunda o'quvchi m atnning berilgan vazifaga mos
qismini o'qiydi. Vazifa asaming mazm unini oydinlashtirish, sababnatija bog'lanishini belgilash, badiiy xususiyatini ochish, o'qilgan
matnga o 'z shaxsiy munosabatini ifodalashdan iborat bo'lishi m um
kin. Masalan, 4-sinfda „Oltin kuz“ m atnidan „Tabiatdagi o'zgarishlar
berilgan qismlarni topib o'qing", „Baqa va taqa" ertagidagi „Taqachining nasihati berilgan joyni topib o'qing" kabi topshiriqlar berilishi
mumkin.
Tanlab o'qish m atn ustida ishlashning eng samarali usulidir. Tanlab
o'qishdan matn ustida ishlashning barcha bosqichlarida turli xil qiyinchilikda, murakkablikda foydalaniladi. U o'quvchilarda yaxshi o'qish
sifatlarini o'stirish bilan birga ulaming ijodiy tasaw uri, nutqi va zehnini o'stirishga yordam beradi. Eng oddiy tanlab o'qish asar mazmuni
yuzasidan bo'ladi. Masalan, 4-sinfda „Toshkentnoma"(M .Shayxzoda)
asari yuzasidan tanlab o'qish uchun quyidagi topshiriqlar beriladi:
— She’rdan o'zbek xalqining m ehm ondo'stligi tasvirlangan o'rinni
topib o'qing.
— Yoz faslining zo'rligi tasvirlangan o'rinni topib o'qing.
„D ehqonbobo va o'n uch bolakay qissasi" (A.Oripov) asari matni
yuzasidan „M atndan Dehqonboboning Vatan haqidagi gaplarini topib
o'qing" kabi topshiriq berilishi mumkin.
Tanlab o'qishning yana ham m urakkabroq turlari m atndan
sabab-natija munosabati bilan bog'langan dalillarni taqqoslashni,
um um lashtirishni talab qiladigan o'rinlarini topib o'qish hisoblanadi.
Masalan, „Xarita" (N. Norqobilov) hikoyasi yuzasidan topshiriqlar
quyidagicha bo'lishi mumkin:
— Sinf rahbari Rasulni nima uchun Samadga biriktirib qo'ydi? Shu
o'rinni topib o'qing.
— Samadning Rasuldan arazlash sababi ifodalangan o'rinni topib
o'qing.
Bunda o'quvchi biror qatnashuvchi shaxs o'zini qanday tutishini,
nima uchun u shundayligini tasdiqlash uchun m atndan material tanlab
o'qiydi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Tanlab o ‘qish ongli va ifodali 0‘qish m alakasini shakllantirishni
m atn ustida ishlash ko'nikm asini shakllantirish bilan birga q o ‘shib
olib borishga, bolalam ing ijodiy tasavvurini, nutqi va zehnini
o'stirishga im kon beradi. Shuning uchun undan o ‘qish darslarida
keng foydalaniladi.
Tanlab o'qish m atn rejasini tuzishda (matn qismiga lining m azm unini ifodalaydigan gapni, ya’ni reja qismini topishda) qahramonga
tavsif berish (m atndan qahram onning muayyan bir xususiyatini,
harakatini tavsiflovchi materiallar tanlash)da, asar g'oyasini aniqlash
(g‘oyani anglatgan o'rinni topib o‘qish)da tatbiq etiladi.
2. 0 ‘quvchilarning berilgan savol va topshiriqlarga o‘z so‘zlari bilan
javob berishi. M ashqning bu turi o'quvchilarda o'qilganlar yuzasidan
muhokama yuritish ko'nikmasini o'stirishga, asarda qatnashuvchi
qahram onlarni baholashga, muallif tasvirlagan hayotiy lavhalar bilan
asar g'oyasi o'rtasidagi bog'lanishni aniqlashga imkon beradi. Ishning
bu turida beriladigan savollar m a’lum maqsadga yo'naltirilgan va
muayyan izchillikda bo'lishi, o'quvchilarni mustaqil fikrlashga undashi
lozim. Boshlang'ich sinf o'qish darslarida savol va topshiriqlar qaysi
maqsadga yo'naltirilganiga ko'ra quyidagicha tasnif qilinadi