Kamroq bo‘lsa sol deydi.
Halollkda Baraka
Bunga quloq sol deydi.
Javob o‘quvchilardan olinadi.
O‘quvchilarga doskadagi tarozi surati chizilgan plakat osilib, ularga ko‘rsatiladi.
Tarozi nima uchun kerak bo‘ladi?
Tarozida nimalar tortiladi?
Ularning qanday turlari bor?
Bugun biz sizlar bilan narsa va buyumlarni og`irligini o‘lchaydigan tarozi va og`irlik o‘lchov birligi kilogramm haqidagi misol va masalalar yechamiz.
Kompyuterdagi multimediya orqali tarozi haqidagi topishmoq eshittiriladi.
Tarozi turlari ekranda birma-bir ko‘rsatiladi.
1-misol: Rasmga qarab tuzning va unning og`irligini ayting?
Bu masalani yechishda tarozi surati ko‘rsatiladi. O‘quvchilar og`zaki ishlaydilar.
2-masala: Doskaga masalaning qisqa yozuvi yoziladi.
Qovoqning og`irligi - 9 kg.
Tarvuzning og`irligi - ? 2 kg kam.
Tarvuzning og`irligi qancha?
Bu masalani tushuntirishda qovoq va tarvuz suratlari osib qo‘yiladi.
Yechish: 9 kg 2 kg = 7 kg.
Qovoq va tarvuzning shifobaxsh xususiyatlari tushuntiriladi.
3-misol: Bu misolni o‘qituvchi ertak asosida olib boradi va tushuntiradi.
Doskaga Zumrad rasmi va misollar yozilgan plakat osib qo‘yiladi. Plakatdagi misollarning ayrimlari noto‘g`ri ishlab qo‘yiladi.
O‘qituvchi ertakni boshlaydi:
Bir bor ekan, bir yo‘q ekan bir qishloqda aqlli, mehnatsevar, mehribon zumrad ismli qiz bor ekan. O‘gay onasi unga misollarni to‘g’ri ishlamasa o‘rmonga olib borib tashlashini aytibdi.
10 9 = 1 8 + 11 = 9
7 + 2 = 9 19 2 =5
8 4 = 2 6 + 4 = 13
O‘quvchilarkeling, misollarni ishlashda Zumradxonga yordam beramiz.Agar biz unga yordam bermasak, otasini va o‘zini o‘gay onasi hafa qilishi mumkin. Kim yordam beradi?
O‘quvchilar birin-ketin doskaga chiqib, misollarni yecha boshlaydilar.
Misolni to‘g`ri bajargan o‘quvchilar baholanadilar.
Doskaga “Sehrli bog`ga sayohat” nomli plakat osib qo‘yiladi. O‘qituvchi ertak asosida darsni boshlaydi.
Bir bor ekan, bir yo‘q ekan bir sehrli bog` bor ekan. Bu bog`da qiziqarli mo‘jizalar bor ekan. Kimda kim bu mo‘jizani ko‘rmoqchi bo‘lsa, bog` oldida sehrli olma bor, pishib yotgan olmalar orasidagi misol va savollarga javob bersalar, ularga “Sehrli bog‘” eshigi ochiladi, deb tushuntiriladi.
O‘quvchilar birin-ketin doskaga ochilgan maket oldiga kelib olmadan oladilar va ular orqasidagi misollarga javob topadilar.
Masalan : 10-6= 10-1=
5=1= 10-2=
1=4= 10-7=
7=2= 8-3=
To‘g`ri javob topgan o‘quvchilarning qo‘llariga olmachalar beriladi va darsdan keyin bog`ga sayohat qilishlari aytiladi.
Dostları ilə paylaş: |