Mavzu: “Kilogramm” mavzusidagi dars mashg`ulotini o‘tishda yangi pedagogik texnologiya usullaridan foydalanish. Darsning ta’limiy maqsadi: O‘quvchilarga DTS talablari asosida og`irlik o‘lchovlari kilogramm haqida tushuncha berish, tarozi turlari bilan tanishtirish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: Kundalik hayotda tarozidan foydalanishni o‘rgatish, o‘quvchilarni halol,mehr-oqibatli bo‘lishga undash va estetik ruhda tarbiyalash.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O‘quvchilarning aqliy qobiliyatlarini rivojlantirish orqali barkamol shaxslar bo‘lib yetishishlarida yordam berish,xotira va diqqat faoliyatini o‘stirish.
Darsning turi:yangi bilim beruvchi
Dars metodi: tushuntirish, savol-javob ,ta’limiy o‘yinlar, ertak,
“Sotuvchi va xaridor” o‘yini
Darsning jihozi: Matematika darsligi, kompyuter, tarqatmali savollar, rasmlar, tarozi, tarozi toshlari
Darsning borishi:
Tashkiliy qism
a)Salomlashish -Salom aziz bolalar, Bog’dagi gul lolalar. Ayting ,sog’ va omonmisiz, Bugun darsga tayyormisiz?
-Biz tayyormiz darsga soz, Shiorimiz shu ustoz. b)Davomatni aniqlash. -Qani menga aytingchi, Sinfda kim navbatchi? -Bugun menman navbatchi Hammasidan xabarchi.
-Matematika darsida. Ne qilasiz aslida? -Bellashamiz,bahslashamiz hisob darsida,