Mavzu: Kimyoviy qurol. Zaxarli moddalarning tasnifi. Kimyoviy vaziyatni baholash Kimyoviy qurol



Yüklə 25,12 Kb.
səhifə3/4
tarix25.06.2022
ölçüsü25,12 Kb.
#62279
1   2   3   4
hfx 8 kimyoviy qurol

Kimyoviy qurolni qo‘llash tarixi


Yuqorida sanab o‘tilganlardan tashqari, shuningdek boshqa turdagi kimyoviy qurollar ham mavjud bo‘lib, masalan, Qrim urushida (1854 yil) Sevastopol qamali vaqtida ingliz harbiylari maxsus qo‘lansa moddalar - odorantlardan foydalanishgan (sassiqqo‘zan effekti). Vetnam urushida esa AQSH armiyasi defoliant moddalarni qo‘llagan. Bunda Vetnam ozodlik armiyasi yashiringan qalin changalzorlardagi barglarni to‘kish maqsadi bo‘lgan bo‘lsa ehtimol.
I jahon urushida kimyoviy qurollar qo‘llash boshlanganida, ular jang nuqtai nazaridan kam samarali bo‘lib chiqdi. Kimyoviy qurolning ta'sir samarasi ko‘p jihatdan ob havoga - shamolmimg yo‘nalishi va kuchiga boG‘liq edi. Qo‘llovchi tarafning o‘zi ham o‘z kimyoviy qurolidan jiddiy talofotlar ko‘rardi va ana'naviy artilleriyadan kam foyda keltirardi. Keyingi urushlarda esa I-jahon urushidagidek katta miqiyosda kimyoviy qurollar qo‘llanilmagan bo‘lsa-da baribir alohida holatlarda ulardan foydalanish kuzatilgan. Masalan:
-1920 -1926 yillardagi Rif urushida Ispaniya va Fransiya tomonidan;
-1935-1936 yillardagi ikkinchi Italiya-Efiopiya urushida italyanlar tomonidan;
-1937-1945 yillarda ikkinchi Yapon-Xitoy urushida Yaponiya;
-1938 yil, Xasan ko‘lidagi SSSR va Yaponiya mojarosida Sobiq ittifoq tomonidan;
- 1941-1945 yillar II jahon urushida fashistlar tomonidan (Adjimushkay tosh yomG‘iri);
-Tonkin janjalida (Vetnam urushi) 1957-1975, har ikkala taraf;
-Yaman fuqarolar urushida, 1962-1970 yillar Misr armiyasi;
- 1980-1988 yillardagi Eron-Iroq urushida har ikkala taraf;
-2003 yil Iroq urushida qo‘zG‘olonchilar tomomidan kilmyoviy qurollar qo‘llanilgan.
Bundan tashqari 1995 yili Tokio metrosida «Aum Senrikyo» terrorchi guruhi Zarin gazi bilan qo‘poruvchilik harakatlarini amalga oshirgan. II jahon urushida, fashistlar, bosib olingan hudud aholisini va harbiy asirlarni konslagerlarda ommaviy qirG‘in qilish uchun Tsiklon-B nomli kimyoviy quroldan foydalanishgan.

Yüklə 25,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin