Kimyoviy quroldan foydalanishni bekor qilishga, bir necha xalqaro kelishuvlarga orqali urinib ko‘rilgan.
Ulardan dastlabkisi 1889 yilgi Gaaga konvensiyasi bo‘lib, uning 23 moddasida «Qo‘llanishning yagona maqsadi faqat tirik dushmanni o‘ldirish bo‘lgan harbiy aslahalarni ta'qiqlash»ga xalqaro miqiyosda kelishilgan. Keyinchalik, I jahon urushidagi ayanchli asoratlarni inobatga olgan holatda, 1925 yilda Kimyoviy qurollardan foydalanishni ta'qiqlovchi Jeneva konvensiyasi qabul qilindi. 1993 yilga kelib esa, Kimyoviy qurolni yaratish, ishlab chiqarish, to‘plash va amalda qo‘llashni ta'qiqlash hamda, mavjud kimyoviy qurollarni yo‘q qilish maqsadida yana bir maxsus xalqaro konvensiya qabul qilindi.
Kimyoviy qurollar bugungu kunda:
Aslida ushbu maqolani tayyorlashga sababi I-jahon urushi tarixi emas, balki zamonamizdagi tinchlikka bo‘lgan tahdidlardir. Hozirda jahon bo‘yicha barcha hududlarda kimyoviy ommaviy qirG‘in qurollari maxsus xalqaro rezolyutsiyalar bilan ta'qiqlangan. Urush harakatlarida har qanday turdagi kimyoviy quroldan foydalanish 1993 yildagi xalqaro kelishuvga ko‘ra qat'iy to‘xtatilgan. Biroq, shunga qaramay, so‘nggi vaqtlarda ta'qiqlangan kimyoviy qurollarning jang harakatlarida qo‘llanilayotganligi haqidagi xabarlar ga'rb OAVlari boshchiligida, tobora ko‘p tarqatilmoqda. Xususan, 2011 yilda boshlangan «Arab bahori» inqilobiy to‘lqini ta'sirida, Suriya mamlakatida avj olgan ichki qurolli mojaro jahon afkor ommasining diqqat e'tiborida bo‘lib turibdi. Hukumat kuchlari va qurollngan jangarilar ortasida muttasil davom etayotgan harbiy to‘qnashuvlarda, taraflarning qaysi biri qo‘llagani noma'lum bo‘lsa-da, janglarda kimyoviy qurol - Zarin gazidan foydalanilgani, va bu gazni hukumat kuchlari qo‘llagani haqidagi haqidagi ma'lumotlar jahonning yetakchi OAVlari tomonidan tizimli ravishda bong urib gapirilmoqda. Hozirda xalqaro ekspertlar guruhu Suriyada maxsus tekshiruvlar olib borish uchun ishga kirishgan va tez orada haqiqatga oydinlik kiritilishiga umid bildirilmoqda.