...Kimyoviy qurollarning boshqa harbiy aslahalar - o‘qchi artilleriya, aviatsiya va ho kazolardan katta farqi shundaki, kimyoviy qurollar - ommaviy qirg‘in uyushtirish xususiyatiga ega. Kimyoviy qurol bilan zaharlangan hududdagi har qanday odam - u harbiymi, oddiy aholimi, do‘stmi, dushmanmi farqi yo‘q, u yoki halok bo‘ladi yoki bir umrga mayib bo‘lib qoladi. Kimyoviy qurolni faqat qarama qarshi tarafga qarata qo‘llash imkonsiz. Undan himoyalanmagan barcha birdek zaharlanadi.
Odatda kimyoviy qurol maxsus gaz ko‘rinishida bo‘lib, bunday gaz jang maydonida tarqalganda ma'lum radiusdagi ta'sir doirasida odamlarning nafas olish tizimi, ko‘zi, teri qatlamlarini shikastlaydi, qon aylanish doirasida va miya faoliyatida keskin o‘zgarishlar keltirib chiqaradi.
Har qanday kimyoviy qurolning ta'sir mexanizmi, uni tashkil qiluvchi zaharli moddalarning toksik xususiyatlariga tayanadi. Kimyoviy qurollarni qo‘llash usullari ham turli tuman: shashkalar, aviatsiya bombalari, gazomyotlar, ballonli gaz purkagichlar, va ho kazo. Aytib o‘tilganidek, kimyoviy qurol ham, huddi yadro qurollari va baktereoligik qurollarsingari Ommaviy Qirg‘in Qurollari (OQQ) turkumiga kiradi.
Kimyoviy qurol turlari
Kimyoviy qurollar quyidagi xususiyatlariga ko‘ra farqlanadi:
zaharlovchi moddaning odam fiziologiyasiga ta'siri;
taktik maqsadi;
ta'sir qilish tezligi;
zaharllovchi ta'sirning davomiyligi;
Zahrlovchi moddalarning ta'sir turi ham keng:
- halok qiluvchi - dushman harbiy kuchlarida maksimal sondagi yo‘qotishlar keltirib chiqarishga yo‘naltiriladi. Bunda asosan markaziy nerv tizimnini ishdan chiqaruvchi Zarin, Zoman, Tabun va V-Gaz kabilar ishlatiladi.
- Teri qavatlari va ko‘zga kuchli toksik ta'sir qiluvchi kimyoviy qurollar esa, terida chuqur tsitologik o‘zgarishlar (yiringlar, yaralar, o‘smalar) keltirib chiqarish va ko‘rish qobiliyatidan mosuvo qilishga qaratiladi. Bunday kimyoviy qurollarga Iprit, Lyuzit gazlari misol bo‘la oladi.
-Umumiy zaharlovchi moddalarga asoslangan kimyovviy qurollarda esa, ularning organizmga ta'sir ko‘rsata boshlashi natijasida, qonda kislorod miqdori keskin kamayib ketadi. Bunday moddalarga sinil kislotasi va xlortsian kiradi.
- Bo‘guvchi kimyoviy qurollar birinchi navbatda yuqori nafas yo‘llari va o‘pkani zaharlaydi. Fosgen va difosgen shunday xususiyatga ega.
Shuningdek, yana psixokimyoviy qurollar ham mavjud bo‘lib, ular, odamni o‘limga olib kelmay, balki, vaqtinchalik psixik o‘zgarishlar, masalan behushlik, uyquchanlik, eshitish qobiliyatining yo‘qolishi, vasvasa, vaqtinchalik ko‘rish qobiliyatining yo‘qolishi kabi holatlarni keltirib chiqaradi. Bunday kimyoviy qurollardan ko‘pincha G‘arb mamlakatlari politsiyasi ichki tartibsizliklarni tinchitishda foydalanadi. Bunday moddalar turkumiga xinuklid-3-benzilat (BZ) va lizergin kislotasi dietilamidi kiradi.