Mavzu: Kiriativlik Shaxsining shaxsiy sifatlari reja: Kiriativ Fikitlash nima Kiriativ shaxs tushunchasi


Kiriativlik va Shaxs tushunchalari



Yüklə 22,25 Kb.
səhifə3/3
tarix02.12.2023
ölçüsü22,25 Kb.
#171216
1   2   3
Kiriativlik Shaxsining shaxsiy sifatlari

Kiriativlik va Shaxs tushunchalari
Ma‘lumki, shaxsdagi turli sifatlar va xususiyatlar uning jamiyatdagi o‗rni va uning kamolotiga katta ta‘sir ko‗rsatadi. Yuqori natijali ijodiyotga ahamiyatli darajada ko‗maklashuvch shaxs sifatlari bu – yangi malakaga ochiqligidir. U shaxsning katta beshlik (big five) deb nomlanuvchi shaxsning sifatlari tarkibiga kirib, ko‗plab ijtimoiy madaniy sharoitlarda bajarilgan ko‗p sonli tadqiqotlarda ularning alohida ajratilganligi asoslab berilgan. Bu sifat inson atrofida paydo bo’layotgan yangilikni idrok etishga va o’zlashtirishga tayyor ekanligini yaqqol namoyon etadi, reallik va tasavvurlar tizimi o’rtasida qarama-qarshiliklar vujudga kelganda esa, reallikni idrokini buzmagan holda tasavvurlar tizimini o’zgartirish kerak. Undan tashqari, yangi tajribaga insonlarning ochiqligi qizuquvchanligi va ma‘lum o’yinqaroqlik bilan tavsiflanadi. Badiiy yoki ilmiy ijodda ahamiyatli muvaffaqiyatlarga erishgan insonlar tarjimai hollarini o‗rganganda, atrofdagilar ularni katta bolalar sifatida tasvirlaydilar. Bu yangilikka ochiqlikning yuqori darajasini tashqi ko‗rinishidir. Bunday holat skepsis (shubhalilik), ortiqcha pragmatiklik va jiddiylik bilan uyg‗unlashmaydi. Aynan shuning uchun, kreativlikni rivojlantiruvchi pedogogik-psixologik texnologiyalar o’yin tarzida bo‗lib, faollikni «huddi o‗shanday» holini nazarda tutadi. O‗rganilgan odatiy tafakkur obrazlardan voz kechishdan tashqari, ijodiyot egiluvchanlikni, noan‘anaviy assotsiatsiyalarni qidirish malakasi, noma‘lumlikka nisbatan tolerantlikni (bag’rikenglikni) talab etadi. Kreativ insonlar harakatlarning aniq qoidalari, ma‘lumotlari yetarli bo’lmaganda, vaziyatni rivojlanishi kelajakdagi istiqbollari noaniq bo’lganda ham, o’zlarini qulay va erkin his qiladilar. Kreativlik namoyon bo’lish ko’rsatkichlari sust bo’lgan insonlar bunday vaziyatlardan qochishga urinib, noqulaylik, havotirni his qiladilar Yuqorida aytilganidek, ijodiy insonlarni katta bolalarga qiyosi qilinishi ko’p uchraydi, ularning o’yinqaroqligini ko’rib, hech qachon ulg’ayishmagan «atrofda sodir etilayotganlarni jiddiy qabul qilmasdan, o’zlarining tabiiy o’zligini saqlab qolishlaridir» . Ta‘kidlash lozimki, har qanday kreativlik shaxsiy sifatlar bilan uyg’unlikda uning namoyon bo’lishiga kafolat bo’lmasdan, inson iste‘molchilik xususiyatlariga ega bo’lgan ijodiy faoliyat mahsulotlarini yaratadi. Shunday variantning ham ehtimoli mavjudki, kreativlik «o’zidagi buyum» sifatida qolib, real hayot bilan bog’lanmagan faqatgina orzularda namoyon bo‗ladi. Bu borada psixologlar «sodda» va «madaniy» kreativlik haqida gapiradilar (Yurkevich, 1996). Birinchi holatla bu ma‘lum bir yangilikni yaratishda «hom»lik bo‗lib, aksariyat bolalarda bor, biroq katta bo’lgan sari, bu xususiyat sustlashib boraveradi. Ikkinchisida esa, bu – tajriba va intellektual qobiliyatlarga asoslangan mahsuldor ijodiyot qobiliyati. Aksariyat insonlar tanish va nazorat qila oladigan vaziyatlarda, u yoki bu natijaga erishish uchun qanday hatti-harakatlani amalga oshirish mumkinligini aniq bilsagina, o’zlarini qulay his qiladilar. Bunday insonlar yangi, noodatiy vaziyatlarga tushib qolsalar noqulaylik va havotirni hissini tuyadilar. Ularda ushbu vaziyatda chiqish yoki uni tizimlashtirish, hamda aniq va oldindan ayta olish mumkin bo’lgan holatga olib kelish ehtiyoji paydo bo‗ladi. Bunday tizimlashtirish, ko’p holatlarda vaziyatni o’zgarishiga emas, (ko’p holatlarda tamoyilan mumkin emas) balki uni idrok etish o’zgarishiga olib keladi
Yüklə 22,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin