Mavzu: Kiriativlik Shaxsining shaxsiy sifatlari REJA: 1.Kiriativ Fikitlash nima 2.Kiriativ shaxs tushunchasi 3.Kiriativlik va Shaxs tushunchalari KREATIV FIKRLASH NIMA? Kreativ fikrlash – bu innovatsion (yangi, novator, original, nostandart, noodatiy va hokazo…) va samarali (amaliy, natijaviy, tejamli, optimal va hokazo) yechimlarni topish, yangi bilimlarni egallash, tasavvurni ta’sirchan ifodalashga qaratilgan g‘oyalarni ishlab chiqish, baholash va takomillashtirish jarayonida samarali ishtirok etish qobiliyatidir.
Kreativ fikrlash bizga muammolarni hal qilishda noodatiy yechim topishga yordam beradi. Biroq biz uni tanqidiy fikrlash bilan adashtirib yubormasligimiz, aksincha bizga imkonsiz muammolarni hal qilishda bir-birini to‘ldirib turuvchi yechimlarni topishda yordam beradigan “aka-ukalar”dek qarashimiz kerak.
PISA tadqiqotlarida o‘quvchidan kreativ fikrlashni baholash modeliga ko‘ra ilmiy muammolarni yoki ijtimoiy muammolarni hal qilish, o‘z g‘oyalarini yozma yoki vizual ifodalash talab etiladi.
Kreativ fikrlashni baholashda turli g‘oyalarni ishlab chiqish, kreativ g‘oyalarni ishlab chiqish hamda g‘oyalarni baholash va takomillashtirish kompetentligiga e’tibor qaratiladi.
Agar ibtidoiy odamlarning kreativ fikrlashi bo‘lmaganida edi, ikkita chaqmoqtoshni bir-biriga urib olovni, Tomas Edison elektr lampasini, Leonardo da Vinchi parashyutni ixtiro qilmagan bo‘lar edi.
Har bir o‘quvchida ta’lim olishga bo‘lgan istak bor. Faqatgina biz shu istakni nuqtasini topishimiz kerak va biz bunga 3 “E” EXCITE, EDUCATE, EMPOWER ya’ni ruhlantirish, ta’lim berish va rag‘batlantirish orqali erishamiz.
Quyida Siz PISA xalqaro tadqiqotining kreativ fikrlash yo‘nalishiga oid topshiriq namunalari bilan tanishishingiz hamda tasavvuringizni boyitishingiz mumkin.
Bugun dunyoda yuz berayotgan to‘rtinchi sanoat tamaddunining dvigateli — harakatga keltiruvchi kuchi kreativlikdir. Atrofga boqsangiz, har tomonda inson ijodkorligining beqiyos va hayratlanarli namunalariga duch kelasiz: elektron xizmatlar, virtual reallik, to‘rtburchak tarvuzlar, tuproqsiz hosil olish... Bularning barchasi inson tasavvuri, tafakkuri mahsuli. Bugun biz uchun odatiy tuyulgan kitob, musiqa, bino, samolyot, hatto lampalar ham qachonlar orzu va tasavvurda bo‘lgan, keyinchalik aql-idrok samarasi o‘laroq yaratilgan.
G‘ildirakning kashf etilishidan boshlangan yaratuvchanlik namunalari bugun koinotda kezib yuribdi. Innovatsiyalar kundalik turmushimizda qulayliklar yaratadi, og‘irimizni yengil, uzog‘imizni yaqin qiladi. Shu tarzda kreativlik taraqqiyotning ajralmas bo‘lagiga aylangan. Barcha sohada ijodiy fikrlovchi mutaxassislarga talab katta. Dunyoga mashhur dasturiy mahsulotlar, mobil telefonlar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar mutaxassislaridan har kuni yangi g‘oya so‘raladi. Mehnat bozorida kreativ fikrlovchi mutaxassislarga talab oshib borayotgan ekan, ta’lim jarayonida o‘quvchi-talabalarning noodatiy fikrlash qobiliyatini shakllantirish, rivojlantirish dolzarb vazifadir. Haligacha ta’lim tizimida ko‘plab yondashuv va metodlar ijodiy fikrlash emas, talqin va tahlilga, ya’ni berilgan ma’lumotni tushunib, to‘g‘ri yetkazishga, nari borsa, bir necha axborotni umumiylashtirib, xulosa chiqara olishga yo‘naltirilgan.