Mavzu: Kirish. Biotexnologiya fanining rivojlanishi, ahamiyati, maqsad va vazifalari


Biotexnologiya yo‘nalishlarining vazifalari



Yüklə 22,19 Kb.
səhifə2/2
tarix02.01.2022
ölçüsü22,19 Kb.
#46539
1   2
1-маъруза

Biotexnologiya yo‘nalishlarining vazifalari quyidagilardir:

  • Sog‘liqni saqlash sohasida turli kasalliklarni davolash, diagnostikasi va profilaktikasi uchun yangi biologik aktiv moddalar va dorivor preparatlarni yaratish;

  • Qishloq ho‘jaligi o‘simliklarini kasallik qo‘zg‘atuvchilar va zararkunandalardan himoyalashning biologik vositalarini, bakterial o‘g‘itlar va o‘simlik va hayvonlarning o‘sish regulyatorlarini; noqulay atrof-muhit omillariga chidamli yangi o‘simlik navlarini hamda foydali xususiyatga ega bo‘lgan yangi hayvon zotlarini (transgen hayvonlar)ni yaratish;

  • Qishloq xo‘jaligi hayvonlarining mahsuldorligini oshirish uchun qimmatli ozuqa qo‘shilmalarini (ozuqaviy oqsil, aminokislotalar, vitaminlar, ozuqalarni hazm qilishga yordam beruvchi fermentlar va b.) yaratish;

  • Qishloq ho‘jaligi va veterinariyada turli maqsadlarda qo‘llanadigan yuqori samarali preparatlarni bioinjenerlik metodlari yordamida yaratish;

  • Oziq-ovqat, kimyoviy va mikrobiologik sanoat uchun qimmatli mahsulotlarni yaratish va ularni olishning yangi texnologiyalarini yaratish; 1

.
Qishloq xo’jaligi, xususan dehqonchilik va chorvachilik inson uchun mahsulot va materiallarni yaratish, bularning hammasini biotexnologiya deb nomlash mumkin.

Hozirgi biotexnologiyaning boshlang’ich davri mikroorganizmlar yordamida antibiotiklar, aminokislotalar, vitaminlar,fermentlar, ozuqa oqsillar va boshqa qator moddalarni ishlab chiqish hisoblanadi. Bu moddalarni mikroorganizmlar (bakteriya, achitqi bakteriya va boshqalar) biokonversiya natijasida va o’simliklarning yashil barglari fotosintez jarayonida uglevodlar bilan ozuqlanib sintezlaydi. Biokonversiya natijasida tabiiy resurslar asosida ko’pgina turli moddalar energetika, qishloq xo’jaligi, oziq-ovqat sanoati, sog’liqni saqlash uchun turli tuman mahsulotlar ishlab chiqiladi.

Hozirgi vaqtda insoniyat ko’pgina materiallarni – neft, gaz, toshko’mir kabi qimmatli xom ashyoni qayta ishlash natijasida oladi. Ammo bunday qazilma boyliklar miqdori cheklangandir. Shunga ko’ra tabiiy resurslardan foydalanishni kamaytirish maqsadida biotexnologiya fani yutuqlaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir.

Biotexnologiyaning hozirgi asosiy muammolaridan biri-oziq ovqat muammosini hal etishdir. Er shari aholisining doimiy ravishda o’sib borishi natijasida ocharchilik havfi tug’iladi, ayniqsa rivojlanayotgan davlatlarda.

Biotexnologiya oziq-ovqat muammosini yechishga bevosita ishtirok etadi. Oqsilli moddalarni mikrobli sintezi nafaqat chorvachilikni yuqori sifatli oziq moddalari bilan ta’minlaydi, balki oqsil manbai ham hisoblanadi. O’simliklar va hayvonlar selektsiyasi, o’simliklarni zararkunandalardan, kasalliklar va begona o’tlardan himoya qilishning biologik usullarini qo’llash, dehqonchilik va chorvachilikda garmonal preparatlarni qo’llash qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini o’sishiga olib kelishi zarur.

Biotexnologiyaning vujudga kelishi va rivojlanishining asosiy sabablaridan biri atrof-muhitni muhofaza qilishdir. 1981 yilda bo’lib o’tgan nazariy va amaliy ximiyaning xalqaro anjumanida “biotexnologiya” tushunchasini quyidagicha ta’riflaydi: bu bioximiya, biologiya, mikrobiologiya va ximiyaviy texnologiyani sanoat asosida mahsulot (shuningdek, sog’liqni saqlash, energetika va qishloq xo’jaligidagi mahsulotlar) ishlab chiqarishda va atrof muhitni muhofaza qilishda foydalanishdir. Atrof muhitni muhofaza qilish deganda tuproqdan yaxshi foydalanish, havoni tozaligini ta’minlash, er osti va usti, oqar suvlarni tozalash, qattiq chiqindilardan foydalanish tushuniladi. Atrof muhitni muhofaza qilish biotexnologiyaning mustaqil bo’limi hisoblanadi.

Dunyodagi bir qancha davlatlarda biotexnologiyaga alohida e’tibor qaratilgan. Masalan, Frantsiyada biotexnologiyaga ancha katta davlat mablag’i ajratiladi va biotexnologiya muammolarini echish bilan alohida ilmiy – tekshirish instituti shug’ullanadi, hamda atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari bo’yicha vazirlik bilan hamkorlikda ishlar olib boriladi. Xuddi shunday biotexnologiya va tabiatni muhofaza qilish sohalari bo’yicha hamkorlik Kanada va boshqa mamlakatlarda mavjud.

Yuqorida bayon etilganlardan ma’lumki, biotexnologiya hozirgi zamonning dolzarb masalalarini echishga qaratilgandir.

Bu fanning rivojlanishi biologiyaning qator tarmoqlari, eng avvalo, ba’zi fundamental fanlar (molekulyar biologiya, biologik va bioorganik kimyo, molekulyar genetika) ning yutuqlari hisobiga amalga oshadi.

Turli xil foydali mikroorganizmlarni olishning yangi usullarini genetik injeneriya ochib beradi. Genetik injeneriya usullari bilan yaratilgan mikroorganizmlar ularga xos bo’lmagan moddalar ishlab chiqara boshlaydi. Masalan insulin, interferon kabi biologik aktiv moddalarni ishlab chiqarishda bunday mikroorganizmlardan foydalanish kam xarajat sarflagan holda qimmatbaho preparatlar olish istiqbollarini ochadi.

O’simliklarning yangi nav va shakllarni yaratishda hujayra injeneriyasi katta ahamiyatga ega.

Biotexnologiya mikroorganizmlardan, o’simlik va hujayralardan foydalanish bo’yicha to’plangan tajribalarni sistematikaga solish va boyitishga qaratilgan.

Qator biotexnologik jarayonlardan insonlar ancha qadimdan foydalanganlar. Mesopotomiya va Misrning qadimgi tsivilizatsiya hududlarida o’tkazilgan arxeologik qazilmalarda non yopish va pivo qaynatish joylarining qoldiqlari yaxshi saqlanganligini ko’rsatadi, bular 4-6 ming yillar avval qurilgandir. Qadimgi Gretsiya va Rimda vino iste’mol qilish keng yoyilgan. Besh ming yillar avval qurilgan qadimgi Misr piramidalarida uzum va undan vino ishlab chiqish tasvirlanganligini ko’rish mumkin. Non yopish, pivo pishirish va vino tayyorlash asosida achituvchi bakteriyalarning faoliyati yotadi. Yuqorida ko’rsatilganlar biotexnologik jarayon natijasida amalga oshirilgan.

Odamlar qadimdan oziq-ovqat sifatida nordon sut mahsulotlari - qatiq, tvorog, qaymoqlardan foydalanib kelmoqda. Ularni tayyorlashda sut qandi -laktozani sut kislotasigacha parchalovchi bijg’ituvchi sut bakteriyalari ishtirok etadi, sut kislotalarini yig’ilishidan sut oqsili-kazeinning konservatsiya bo’lishi kuzatiladi. Gomerning ishlarida ham pishloq ishlab chiqarishning turli usullari eslatib o’tilgan.

Sut kislotalari bijg’ishi jarayoni asosida sabzavot va mevalarni kvaslash, ozuqalarni siloslash yotadi.

Yuqorida keltirilgan dalillar biotexnologiyaning yuzaga kelishi qishloq xo’jaligi, jumladan dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash bilan uzviy bog’langanligidan dalolat beradi. Biotexnologiyaning keyingi rivojlanishi agrosfera bilan ham uzviy bog’langan. Chet ellarda XIX asrlarda chorvachilik va o’simlikshunoslik chiqindilaridan mikroorganizmlar ta’sirida metanga aylanuvchi biogaz qurilmalari qurildi, ulardan o’g’it va energiya sifatida foydalaniladi. “Biotexnologiya” termini XX asrning boshlarida non, yopish, pishloq pishirish, vinochilik va ozuqalarni siloslash kabi inson faoliyatlariga nisbatan qo’llanila boshlandi.

XX asrning 40-yillari oxirida antibiotiklarni yirik miqyosda ishlab chiqarishni tashkil etilishi bilan mikrobiologiya sanoati rivojlana boshlandi. Antibiotiklar nafaqat meditsinada, balki qishloq xo’jaligida hayvon va o’simliklarni davolash uchun, chorva mollarining o’sishni jadallashtiruvchi sifatida ishlatiladi.

Biotexnologiya mustaqil amaliy fan sifatida XX asrning 70- yillari o’rtalarida shakllandi. Bu vaqtda kelib insoniyat birinchi navbatda oziq-ovqat muammosini hal etish, energiya va tabiiy muhitni muhofaza qilish zarurligini tushunib etdi.

Hozirgi vaqtda dunyoning ko’pgina mamlakatlarida biotexnologiyaning rivojlanishiga birinchi darajali ahamiyat berilmoqda. Bu biotexnologiyaning boshqa texnologiyalardan, masalan ximiyaviy texnologiyalardan qator ustunlikka ega ekanligi bilan bog’liq. Birinchidan, biotexnologik ishlab chiqarish kam energiya talab qiladi, asosiy biotexnologik jarayonlar normal bosim (740-760 mm.s.u.) va 20-40 S ga yaqin haroratda kechadi

Ikkinchidan biotexnologik ishlab chiqarish standart asboblardan foydalanishga asoslangan. Bir xil tipdagi fermenterlar aminokislotalar, vitaminlar, fermentlar, antibiotiklar ishlab chiqarish uchun qo’llaniladi.

Uchinchidan, biotexnologik jarayonlarni chiqindisiz ishlab chiqarish jarayoniga o’tkazish murakkab emas. Chunki mikroorganizmlar turli xil substratlarni o’zlashtiradilar, shuning uchun birorta ishlab chiqarish chiqindisini tegishli mikroorganizmlar guruhi yoki shtammlari biotexnologik usullar yordamida qimmatli mahsulotga aylantirishi mumkin.

To’rtinchidan, biotexnologik ishlab chiqarish chiqindisiz bo’lganligidan, ularning ximiya sanoatiga nisbatan ekologik tozaligini ko’rsatadi.

Beshinchidan, oqsil ishlab chiqishning biotexnologik usuli ancha foydali, chunki u ob-havo sharoitiga bog’liq emas. Bundan tashqari biotexnologik korxonalar qishloq xo’jalik korxonalariga nisbatan kam maydonni egallaydi.

Oltinchidan, biotexnologik usulda mahsulot ishlab chiqarish mexanik va ximiyaviy texnologiyalarga nisbatan yirik kapital mablag’lar talab qilmaydi. Ularni o’tkazish uchun yirik zamonaviy apparaturalar kerak emas.

Yuqorida aytilganlarning barchasi biotexnologiyaning boshqa texnologiyalardan va an’anaviy ishlab chiqarish usullaridan ustunlik qilishini ko’rsatadi



1Катлинский А.В., Сазыкин Ю.О., Орехов С.Н., Чакалева И.И. КУРС ЛЕКЦИЙПО БИОТЕХНОЛОГИИ


Yüklə 22,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin