Mavzu: kirish. Mikrobiologiya fani va uning vazifasi


Mikroorganizilarning nafas olishi



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə15/89
tarix29.04.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#104627
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   89
MIKROBIOLOGIYA ma\'ruzalar

Mikroorganizilarning nafas olishi
Ma’lumki atmosfera tarkibida taxminan 21% kislorod bor. U muhim rol o’ynaydi. Bakteriyalarning nafas olishi bu murakkab jarayon bo’lib, mikroorganizmlarga turli organik birikmalarni sintezlash kerakli energiya shu tufayli hosil bo’ladi.
Mikroorganizmlar hujayrasining rivojlanishi va o’sishi uchun zarur bo’lgan oziqlanish jarayoni bilan birga bakteriyalar organizmida moddalar almanishuvining nafas olish jarayoni ham sodir bo’lib turadi. Natijada bakteriya hujayrasi o’ziga kerakli energiyani oladi.
Mikroorganizmlarning ko’pchilik qismi qo’yosh energiyasidan foydalanmaydi va energiyani issiqlik ajratib chiqaradigan kimyoviy reaksiyalar natijasida oladi. Bu ajratilgan energiya bakteriya hujayrasini harakatga keltiruvchi kuch hisoblanadi. Shu energiya yordamida bakteriya hujayrasida murakkab organik birikmalar sintezlanadi.
Mikroblar energiyani qushimcha azotsiz moddalardan oladi. Ko’pchilik mikroorganizmlar nafas olish uchun havodagi erkin kisloroddan foydalanadi, ular kislorodni yutadi va CO2 ajratadi. Bu maxsus fermentlar ishtirokida yuz beradi. Ammo ba’zi bir mikroorganizmlar O2 siz muhitda ham yashashlari mumkin. Bu jarayonni Lui Paster isbotlagan.
Mikroorganizmlar O2 ga bo’lgan munosabatiga qarab 2 guruhga bo’lib o’rganiladi.

  1. Aeroblar (aero-havo) - havodagi erkin O2 bilan nafas oluvchi mikroorganizmlar.

  2. Anaeroblar (an-yo’q) - havodagi erkin O2 dan nafas olmaydigan mikroorganizmlar.

Ammo ular orasida keskin chegara yo’q.

  1. Obligat aeroblar – qat’iy aeroblar bo’lib, bular zich yoki ochiq oziq muhitlarining yuzida yashaydi.

  2. Mikroaerofillar – O2 ga kamroq muhtoj, O2 ning yuqori konsentrasiyasi bu guruhli mikroorganizmlarni o’ldirmasada, ularni o’sishi, rivojlanishini susaytiradi. (aktinomisetlar, …..)

  3. Obligat anaeroblar maxsus O2 siz muhitda rivojlanadi va molekulyar O2 ning zaxarli reaksiyasini to’xtatuvchi faktor bo’ladi. ( basilus botilinus)

  4. () anaeroblar molekulyar O2 ning bor yo’qligiga qarab yashaydi va rivojlanadi. ( ko’pchilik patogen va saprofit mikroorganizmlar)

Aerob bakteriyalar nafas olish jarayonida turli organik moddalarni (uglevodlar, yog’lar, oqsillar, organik kislotalar) ni oksidlaydi. To’la oksidlanishda energiya ajralib chiqadi.
Aerob nafas olish jarayonining torligi kulturaning yoshiga, muhitning haroratiga va oziq muhitiga bog’liq.
Aktiv rivojlanib turgan miroblarning kulturasi bir soatning ichida 1mg bakteriyaning quruq moddalari hisobiga 2500-5000 mm3 O2 yutadi. Oziq kam ta’minlansa O2 xam kam sarflanadi.
Yosh mikroblar kulturalari o’zining hayot faoliyatigi kerakli bo’lgan issiqlikni ko’proq hosil qiladi. Ortiqcha hosil bo’lgan energiyaning bir qismi ATFning makroergik aloqalaridan akkumulyasiya bo’lib to’planadi. Ma’lum miqdorda esa tashqi muhitga chiqariladi. Masalan: ichak tayoqchasi umumiy xosil qilgan issiqlikni assimilyasiya jarayonida faqat 31% i sarflanadi.
Protsus vulgaris bakteriyasi esa 20% va qorin tifini qo’zg’atuvchi salmonella umummiy energiyadan faqat 12%ni o’ziga shimib, qolgan qismini atrof-muhitga chiqaradi. Shuning uchun go’ng va chirindilardagi ortiqcha issiqlik mikroorganizmlarning ko’payishiga sarf bo’ladi. Bu bakteriyalar komposit qilishda qo’llaniladi.
Har bir organizmga xos xususiyat nafas olish tipi mavjud bo’lib, bu jarayonga fermentlar yig’indisi bor. Ana shundan biri degedrogenazadir.
Nafas olish etaplari va farqi ham degedrogenaza aralashishi etapi bilan bog’liq.

  1. Anaerob.

R-H2 +degedrogenaza → R+ degedrogenaza - H2;
Degedrogenaza chiqarib yuborilgan vodorod keyinchalik biror akseptorga berilishi kerak. Aks holda oziqlanish jarayoni tugallanmay va energiya foydalanilmay qoladi.

  1. Aerob

Degedrogenaz --H2 + akseptor →degedrogenaza + akseptor – N2



Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin