Mavzu: kirish. Mikrobiologiya fani va uning vazifasi



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə13/89
tarix29.04.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#104627
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   89
MIKROBIOLOGIYA ma\'ruzalar

Denitrifikasiya
Tuproqda nitrifikasiya qiluvchi makroorganizmlarga qarshi ishlatiladigan yana bir guruh mikroorganizmlar borki ular yerda nitrifikasiya jarayonida to’plangan turlarni parchalab nitrit va erkin N 2 ga parchalab havoga chiqarib yuboradi.
Shuning uchun ham nitrit va nitratlarning mikroorganizmlar ta’sirida qaytadan parchalanishi denitrifikasiya deyiladi. Denitrifikasiya jarayonini asosan kislorodsiz sharoitda olib boradi. Kislorodli muhitda ular parchalanmaydi.
Denitrifikasiya bakteriyalari nitratlarni asosan kislorod bo’lmaganda organik moddalarni oksidlashda vodorod oksidlari sifatida oladi. Denitrifikasiya qo’yidagi bosqichlarda o’tadi

  1. faza 2 NN O3 - 2 HNO2 + O2

  2. faza 2 HNO2 – oraliq birikma + O2

  3. faza N2 + N2O + O2erkin azot

Bular asosan 2 tomonlama xarakterga ega. 1. Yerning azotli o’g’itlarini havoga chiqarib, azotga kambag’allashtirsa, 2. Atmosfera azotini normallashtirib turadi
Havodagi azotni mikroorganizmlar tomonidan o’zlashtirilishi.
Havoda azotning miqdori 78 % ni tashkil etadi, bu degan so’z 4/5 qismdir. Havoning tarkibidagi azotning ko’pligiga qaramasdan uning ko’pchilik o’simliklar hayvonlar o’zlashtira olmaydi. Hayvonlar va odamlar azotni faqat murakkab polimerlar shaklida oladi. Agar yuqori hosil yetishtirish uchun o’simliklar har gektar yerdan 100-120 kg azot solish kerak deb hisoblanadigan bo’lsa, atmosferadagi azot bir tomonlama ishlatilganda ham yarim million yilga yetar edi. gaz xolatidagi azot juda ko’payib ketganda ham o’simliklar azotli oziq minimumi bilan ta’minlanmay qolib ekin yaxshi hosil bermaydi. Ana shu azot balansini havoda va tuproqda bir me’yorda tutib turishni va undan foydalanishni faqat ayrim bir gruppa mikroorganizmlar tomonidangina o’zlashtirilishi mumkin. Bular azotni biologik yul bilan fiksasiya qiluvchilardir. Umuman fiksasiyalanuvchi azotning 75 % mikroorganizmlar tomonidan amalga oshirilib ularning asosan qo’yidagilarni amalga oshiradi.
1. Tuproqda erkin yashovchi azotofiksatorlar
2. Tuganak bakteriyalar
3. Ko’k yashil suv o’tlari
Fiksasiyalangan azotning qolgan qismini 25 % texnikaviy fiksasiya deyiladi.
Tuproqda erkin yashovchi azotofiksatorlar
Tuproqda shunday mikroorganizmlar borki, ular tuproqda yashab havodagi molekulyar azotni o’zlashtirib bir qismini o’zlarini tanasini qurish uchun sarflaydi va qolgan azotli tuzlar yerning unumdorligini oshirishda muhim rol uynaydi. Tuprokda ana shunday azot to’plovchi mikroorganizmlar borligini birinchi marta 1882 yilda Jodson (fransuz) ochadi. 1885 yilda boshqa fransz olimi M.Bortlo uning ishlarini tasdiqlaydi. Ammo 1893 yili tuproqdagi erkin yashovchi azotofiksatorlarni sof kulturasini rus olimi Vinogradskiy ajratadi. Hozirgi vaqtda shu aniq bo’ldiki, molekulyar azotni o’zlashtiruvchi, ya’ni erkin yashovchi azotofiksatorlarning 30 dan oshiq turi mavjud.
Fosforli birikmalarning mikroorganizmlar tomonidan tabiatda aylanishi.
Fosfor o’simliklarning oziqlanishida azotdan keyin 2-o’rinda turadi. U asosan tuproqda, o’simlik va mikroorganizmlarda anorganik va organik birikma tarzida uchraydi. Tuproqdagi fosfor 2 xil birikmalar holida uchraydi. 1. Anorganik moddalar – ya’ni turli xil birikmalar kalsiy fosfatlar CaHPO4 , Ca (H2PO4)2, Ca3 (RO4)2
Akatin, oksianotit va boshqalar, ana shu birikmalardan o’simliklar RO4 anionlari holida oladi.

  1. Turli xil tuproqlarda fosfor 25 dan 85 % gacha organik moddalar tarkibiga kiradi. Organik moddalar tarkibida fosfor asosan fitin, nuklein kislotalar, DNK, RNK, nukleotid va turli xil gumusli mahsulotlarning tarkibida uchraydi.

Tuproqda fosforli birikmalar asosan o’simlik va hayvon qoldiqlari orqali hamda turli xil kimyoviy ug’itlar tarzida tushadi. Bundan tashqari fosfor yana hujayra vakuolasida ichki bufer, ya’ni anorganik modda orkofosfat holdida uchraydi. Ana shu katta birikmali fosforli moddalar o’simliklar uchun keraksiz holatda bo’lib, o’zlashtira olmaydi. Uning o’zlashtirilishi uchun mikroorganizmlar ularni turli xil fermentlar ishlab chiqarib turli xil tezlikda parchalaydi. Organik birikmalarning tarkibidagi fosforni fitin nuklein kislotalar glisirofosfatni parchalovchi maxsus mikroorganizmlar bo’lib, ulardan bakteriyalar Pscudomokas, Dacillus mtscutericus, Bac. Megatherium.
Zamburug’lar – Pekiullium, Aspergillus va aktinomisetlarning ayrim turlari va boshqa mikroorganizmlar kiradi.
Bundan tashqari achitqilar ham kiradi.
Avvalo mikroorganizmlar fosforli birikmalarni parchalab o’zini tanasi ko’radi. Mikroorganizmlar organik modda tarkibida fosforni qo’yidagi sxema bo’yicha parchalaydi
Nukleoproteid - nuklein - nuklein kislota - nukleotidlar – N3RO4.
Organik fosforning parchalanishi natijasida fosfat kislota hosil bo’ladi. Bu kislota tuproqdagi asoslar bilan tez birikadi va qiyin eriydigan, ya’ni o’simlik o’zlashtira olmaydigan birikmalarga aylanadi (kalsiy, magniy va temir tuzlari).
Buning uchun ana shu fosforli tuzlarning erishi va aktiv holga o’tishi hamda o’simliklar yaxshi o’zlashtira olishi lozim. Fosfotlarning tuproqda erishi yoki boshqacha aytganda fosfat kislotasining chirib ketishi va kislota hosil bo’lishi bilan birgalikda bir qancha kimyoviy reaksiyalarning sodir bo’lishi bilan birga boradi. Buning uchun asosiy o’rinni bir qancha mikroorganizmlar bajaradi.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin